Kursning maqsadi va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining maqsadi – zamonaviy ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- tinglovchilarga ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini singdirish;
- ta’lim muassasalarini boshqarishning ilg‘or texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
- ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik jarayonini tashkil etish masalalariga doir bilimlar bilan qurollantirish;
- tinglovchilarni ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy usullari bilan tanishtirish;
- amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlarni tashkil etishda innovatsion yondashuvlarni shakllantirish;
- murakkab mavzularni yoritishda zamonaviy metodlardan foydalanishni o‘rgatish;
- o‘quvchilar kompetensiyalarini xolis baholash texnologiyalarini rivojlantirish;
- fanni o‘qitishda axborot-dasturiy vositalar va qo‘shimcha manbalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- informatika va axborot texnologiya fani o‘qituvchilarining malaka talablariga mos holda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Malaka oshirish kursi o‘quv rejasining “Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish”, ‘‘АКТ va media savodxonlik”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari”, “Pedagog mas‘uliyati va moslashuvchanligi”, “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari”, “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari”, “O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talabari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika va axborot texnologiya fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” kursining bir yillik hajmi 36 soatni tashkil etadi. Kursning ishchi o‘quv dasturi tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv modulini muvaffaqiyatli o‘zlahtirgan va qo‘shimcha (agar mavjud bo‘lsa) nazorat topshiriqlarini bajargan tinglovchining barcha kredit ballari jamlanadi va unga kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqida hujjat (SERTIFIKAT) beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari matematika fani o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanish kursi o‘quv rejasidagi modullarning mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |