Tinglovchi:
uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlarini;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g’risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g’risidagi nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini;
ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishga doir me’yoriy hujjatlarni;
korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari va uning oldini olishning omillarini;
pedagogik jarayonni amalga oshirish qonuniyatlarini va ta’lim texnologiyalarini;
rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining asosiy masalalarini;
shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishdagi psixologik qonuniyatlarni;
rahbar shaxsining psixologik xususiyatlarini;
til bo‘yicha Yevropa standartlarini;
ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
dars tahlilini, uni kuzatish va ochiq dars mashg’ulotlari tashkil etish tartibini bilish;
shaxslararo munosabatda muloqot madaniyatiga rioya qilish;
pedagogik jamoani samarali boshqarish, istiqbolli boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
amaliy dasturlar yordamida metodik ish hujjatlarini yaratish, saqlash va himoyalash;
internet resurslaridan ta’lim tizimida foydalanish va elektron pochta serverlarida ishlash;
ta’lim-tarbiya sifatini monitoring qilishda ota-onalar qo‘mitasi, vasiylik kengashi va mahalla bilan samarali ishlash;
shaxsni o‘quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish;
jamoada ijobiy psixologik muhitni yaratish;
ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash bo‘yicha faoliyat tahlili, ta’lim sifati monitoringi va tahlili, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda ilg’or horijiy tajribadan foydalanish;
zamonaviy ta’lim muassasasi rahbari qiyofasiga ega bo‘lish;
kompleks monitoring o‘tkazish amaliyoti va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha manzilli boshqaruv qarorlarini qabul qilish malakalariga;
malaka oshirish kursida o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;
ijobiy shaxslararo munosabatlarni qaror toptirishda rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish;
kundalik va ijtimoiy hayotga doir, ta’limga va kasbga yo‘naltirilgan mavzular bo‘yicha xorijiy tilda muloqot qilish;
ta’lim tizimini boshqarishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish;
ta’limni boshqarishda elektron kontentni yaratish;
barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini amalga oshirish;
ma’naviy – ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish kompetentsiyalariga ega bo‘lishi lozim.
Kurs hajmi
Malaka oshirish kursi 144 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasi haftasiga 36 soat etib belgilangan. Malaka oshirish toifasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |