Aksiz solig’ini to’lovchilar Aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chikaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi.
Aksiz solig’i solinadigan obyekt Aksiz solig’i obyekti Soliq kodeksining 230-moddasida aks ettirilgan, Ushbu moddaga ko’ra quyidagi operasiyalar aksiz solig’i solinadigan obyekt bo’lib hisoblanadi:
1) aksiz to’lanadigan tovarlarni realizasiya qilish;
2) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) xissa yoki pay badali tariqasida topshirish;
3) aksiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda topshirish;
4) aksiz to’lanadigan tovarlarni ulush qo’shish asosida qayta ishlashga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) kazib olingan aksiz to’lanadigan tovarlarni o’z ehtiyojlari uchun topshirish;
6) aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga import qilish.
qaysi aksiz to’lanadigan tovarlarga aksiz solig’i solinmaydi? Aksiz solig’i to’lanmaydigan tovarlarga quyidagi lar kiradi7:
1) aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chikaruvchilari tomonidan eksportga realizasiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona xududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona xududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash maxsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) tabiiy ofatlar, kurolli mojarolar, baxtsiz xodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko’rsatish uchun, insonparvarlik yordami va begaraz texnik ko’mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aksiz to’lanadigan tovarlarni davlatlar, xukumatlar, Xalqaro tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga import qilishga;
4) aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga aksiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish me’yorlari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig’i mavjud bo’lgan tagdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-kidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-kidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.