Kerakli asboblar.1.Shtativ probirkalari bilan.2.Voronka. 3.Kimyoviy stakan 4.Shisha tayoqcha 5.Filtr va lakmus qog’ozi.
Reaktivlar:1.Sirka kislotasining 1 %li eritmasi 2.Azot kislotasining 50 % li eritmasi 3.Natriy iishqorining 10 % li eritmasi 4.Yodning kaliy yoddagi eritmasi. 5.Konsentrlangan xlorid kislota. 6.Kaliy permanganatning 2 % li eritmasi. 7.Mis sulfat tuzining 1 % li eritmasi. 8.Pektin kislotasioning to’yingan eritmasi. 9.Xloroform. 10.Siydik.
Siydik tarkibidagi oqsilga xos reaksiyalar
Normal hayvonlarning siydigi tarklbida oqsil juda oz miqdorda bo’lib, asosan qon zardobi tarkibida uchraydigan albumin va globulinlardan iboratdir.
Lekin buyrak Shamollashi, yurak ish faoliyatining buzilishi kabi patologik jarayonlarda siydik tarkibida oqsilning miqdori ancha ortadi. Buni ayrim oddiy oqsil-larga xos reaksiyalar yordamida ham aniqlash mumkin. Tarkibida qon tutuvchi siydiklar ham oqsillarga xos reaksiyani beradi. Normal holatda siydik tarkibidagi oqsilning miqdori ko’pincha 1 % dan oshmaydi, lekin patologik, jarayonlarda 4-5% ga qadar ortishi kuzatilgan.
a)Siydik oqsilini qayhatish yo’li bilan aniqlash .
Ishning bajarilishi: Probirkaga 4-5 ml siydik quyilib, lakmus qog’ozi yordamida uning muhiti aniqlanadi. Agarda siydik kislota munitli bo’lsa,uni to’g’ridan to’g’ri qaynatiladi. Agarda siydik iishqoriy muhitli bo’lsa, unga 1 % li sirka kislotasining eritmasidan kislotali muhit hosil bo’lguncha qo’shib yaxshilab aralashtirilib,so’ngra qaynaguncha qizdiriladi. Agarda siydik tarkibida oqsil bo’lsa, uning miqdoriga qarab aralashmaning sizdirilgan qismida oq bulutsimon cho’kmalar paydo bo’la boshlaydi. Bu oqsilning koagulyasiyaga uchrashi natijasida hosil bo’ladi.
b) Siydik oqsilini azot kislotasi ta’sirida aniqlash.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 2-3 ml azot kislotasining 50 % li eritmasidan olib,ustiga juda sekinlik bilan probirkaning devori orqali filtrlangan siydik quyiladi. Ular bir-biriga aralashib ketmasdan chegara hosil qilishi kerak. Agarda siydik tarkibida oqsil moddalar bo’lsa,ikkala suyuqlik, chegarasida oq rangli oqsilning bulutsimon cho’qmasi yoki halhasi hosil bo’ladi.
Siydik normal holatda bo’lsa, (oqsil juda oz bo’lsa) ikkala suyuqlik chegarasida azot qislotasining siydik pigmentlariga ta’sir etishi hatijasida qizil halqa hosil bo’ladi.
Takrorlash uchun savollar.
1.Buyrakda siydik hosil bo’lishining nechta fazasi bor?
2.Buyrakning asosiy ish tuzilmasi nima?
3.Siydikning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganishning ahamiyati nimada?
4.Organizmda hosil bo’ladigan ammiakning zaharsizlanish yo’li qanday?
5.Qaysi modda almashinuvining buzilishi natijasida siydikda glyukoza hosil bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |