"Tasdiqlayman" "fqg va qi" kafedrasi mudiri



Download 121,94 Kb.
bet7/7
Sana30.11.2022
Hajmi121,94 Kb.
#875225
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tebinbuloq

Teminbuloq temir koni
Prezidentimiz Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish loyihasi bilan tanishdi
|
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 yanvardagi qarorida ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari belgilangan.



Majmuada yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna ugolok, shveller, 22 ming tonna vannadiy shlagi va boshqa metall materiallar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish rejalashtirilgan. Kondagi mavjud rezervlar 1,1 milliard tonnani tashkil etadi.


Loyihani tayyorlash va amalga oshirishga Germaniyaning ““DMT-Group Consulting” va Avstriyaning “Horst Wiesinger Consulting” korxonalari jalb etilgan.


Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko’ra, loyiha to’liq ishga tushganidan keyin yiliga 33 million tonna ruda qazib olinib, undan 1,5 million tonna temir moddasi olish ko’zda tutilgan.


Bu yo’nalishdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” aktsiyadorlik jamiyati tarkibida maxsus direktsiya tashkil etildi. U “O’zbekiston temir yo’llari” AJ mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.



Loyihani amalga oshirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo’yicha ishchi komissiya tuzilgan. Uning zimmasiga loyihani amalga oshirish, qurilish va qurilish-montaj ishlarining sifatli va o’z vaqtida bajarilishi yuzasidan mansabdor vazirliklar bilan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring o’tkazish yuklatilgan.


Prezidentimizga mazkur loyihaning ahamiyati va istiqboli haqida batafsil ma’lumot berildi. Soha mutasaddilari va xorijiy mutaxassislarning fikricha mazkur loyiha to’liq o’zini oqlaydi. Uning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyoti rivojida, jumladan, qora metall ishlab chiqarish va qayta ishlash ko’lamini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shavkat Mirziyoev xorijiy kompaniyalar mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Majmua qurilishiga ilmiy jihatdan puxta yondashish, metalldan mahsulot ishlab chiqarish sohasida o’ziga xos maktab yaratish kerakligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini mukammal ishlab chiqish, uni amalga oshirishga yoshlarni ko’proq jalb etish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Tebinbuloq temir koni - Qoraqalpogʻiston Respublikasining Sulton Uvays togʻlarida, Nukus— Toʻrtkoʻl t.yildan 5–7 km masofada joylashgan. Kon 1937-yil topilgan. Urusoy sinigʻida quyi devon davriga mansub kremniykarbonatliterrigen va vulkanogenterrigen jinslar orasida joylashgan kuyi karbonning piroksenitgabbroli intruziv majmuasi bilan bogʻliq. Temir rudasi tarkibi boʻyicha Uraldagi Kochkanar koniga oʻxshash, unda temir 16,2%, titan oksidi — 2,0%, vanadiy oksidi — 0,15%; farqi titan oksidi 1,5 barobar yuqoriligidir. Asosiy minerali — titanmagnetit, u ilmenitning yupqa plastinkasimon oʻsimtalarini qamrovchi magnetitdan iborat. Rudalar zich xoldor yoki massiv koʻrinishda, asosan, oʻzgaruvchan piroksenitlar bilan bogʻliq. Tarkibida gematit ham uchraydi. Ruda va rudasiz piroksenitlar tarkibida piritxalkopirit minerallashuvi bilan oltin, sof platina, oltin telluridlari va platina arsenidlari uchraydi. Genezisi boʻyicha kon yakunlangan magmatikruda tanalari joylashgan intruziv jinslarning astasekin sovib borish jarayonlari bilan boglik. Tebinbuloq temir konik.da bir necha oʻn ruda tanalari aniklangan. Ularning eng yiriklari konning gʻarbiy va sharqiy uchastkalarida boʻlib, uz. 2400 m, qalinligi 100–400 m, tarqalish chuq. 500 m ga yetadi. Tebinbuloq temir konik.ning resurslari bir necha mlrd. tonnani tashkil etadi.


Yangi temir konining ishga tushirilishi O‘zbekistonga o‘z xom ashyosi hisobiga po‘lat tayyorlash imkonini beradi


O‘zbekistondagi eng yirik titanomagnetik rudalar koni bo‘lmish Tebinbuloqda (Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida joylashgan) ish olib borish texnologiyalari ustida olib borilgan ishlanmalar yakuniga yetmoqda. Konning zaxiralari 3 mlrd tonnani tashkil qiladi.


Ta'kidlanishicha, kondagi rudalar tarkibida, temirdan tashqari, boshqa mineral komponentlar ham mavjud bo‘lib, ular mavjud texnologiyalarni qo‘llashni biroz cheklaydi.

Uzbekistan Today nashrining yozishicha, mavjud loyihaga ko‘ra Tebinbuloqdan yiliga 22 mln tonna ruda qazib olinadi; shuningdek, loyiha 65 foizli temir ruda konsentratini boyitish kombinatining hamda yiliga 1.5 mln cho‘yan ishlab chiqaruvchi metallurgik kompleks qurilishini ko‘zda tutadi. Yangi kon zaxiralarining qayta ishlanishiga O‘zbekistonga o‘z xom ashyosidan po‘lat quyish imkonini beradi.



“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Narimon Umarovning so‘zlariga qaraganda, Finlandiyaning Outotec kompaniyasi konda ishlash texnologiyasini ishlab chiqmoqda.
Ilgari Toshkent viloyatida joylashgan So‘rinota, Jizzax viloyatidagi Chimqo‘rg‘on konlari eng yirik ruda manbalari hisoblanardi. Ammo Tebinbuloq zaxiralari ularnikidan ancha ko‘p.
Xulosa
Mineral resurslar xalq xo’jaligida , sanoat va iqtisodiyotni rivojlantrishi alohida ahamiyatga ega .Shu sabab mustaqillikga erishganimizdan so’ng geologiya sohasiga katta etibor berilmoqda.Xozirda respublikamiz hududida mustaxkam xom-ashyo bazasi vujudga keltrilgan. O’lkamiz zaminidagi oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin , rux, temir ,fosforit, tuz ,rux, ko’mir va boshqa foydali qazilmalarning zahirasi bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi.Zaminimizdagi har bir kon o’z ahamiyatiga ega .
Xususan temir konlari ham alohida o’rin egallaydi.Madanlari,mineral tarkibi, hosil bo’lish sharoitlari, ishlatilish sohasi juda kengligi hamda turli tumanligi bilan ajralib turadi.Shuningdek temir sanoatning asosiy hom ashyolaridan biri bo’lib , ko’plab sohalarda juda keng qo’llaniladi, masalan metallurgiya sanoati,qurilish ,mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va boshqa ko’plab sohalar shular jumlasidan.
Temir hom ashyosi qadim qadimdan aniqlanib odamlar tomonidan foydalanib kelingan,Va asta sekinlik bilan sanoatning asosiy bo’g’inlaridan biriga aylandi.
Yurtimizda temir sanoati , uni qazib olish hamda qayta ishlash sohalari bugungi kunda ancha rivojlanib bormoqda. Shu sababli yurtimizdagi temir konlari jahon reytinglarida yetakchi o’rinlarni egallamoqda.Bularga misol qilib Teminbuloq , Chimqo’rg’on, So’rinota va boshqa ko’plab konlarini keltrishimiz mumkin.
Yurtimiz foydali qazilmalarga juda boy huhdudda joylashgan .Va biz bu imkoniyatdan oqilona va samarali foydalanishimiz kerak,ya’ni kelajak avlodga ham foydali qazilmalarni yetkazib berishimiz kerak .Bunda albatta biz Geologlar muhim ro’l o’ynaymiz.Bu bizga juda katta masuliyat yuklaydi.
Men ushbu kurs ishimni bajarish mobaynida ko’plab bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim va ushbu egallangan bilimlarni kelajakda O’zimni sohamni yetuk mutahasisi bo’lib yetishishimda ishga solaman.
Foydalanilgan adabiyotlar

1).Adilxanov K.X. Mineralogiya . Toshkent mineral resurslar instituti DK,2010

2) Betextin A.G. Mineralogiya kursi . Toshkent 1969.


3) Rudniye mestorojdeniya Uzbekistana .Navoiy 2017.


4) O’zbekistonning ma’danli konlari – Toshkent GIDROGEOLOGIYA ,2001.


5) Wikipedia,va mavzu doirasidagi electron internet resurslari.







Download 121,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish