Trafaretda turli rangnibosish. Bu holda ranglarning qancha bo'lishi nazarda tutilgan bo'lsa, shuncha miqdorda bir hil varaqlar olinadi. Hamma qog'oz orasiga nusxa — qog'oz qo'yib chiqiladi. Eng ustidagisiga asl rasmni qo'yib qora qalam bilan chiziladi. Natijada ayni bir rasmning bir xildagi nusxalariga ega bo'linadi. Har bir qog'ozga qaysi rang berilishini yozib, rasmning shu rang beriladigan qismi qirqib olinadi. So'ngra trafaretni navbati bilan qog'ozning ustiga qo'yib unga tegishli bo'yoq beriladi. Trafaretni qo'yishdan oldin berilgan bo'yoqning quriganligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhlarida ko'ngilochar soatlarini mazmunli o'tkazish uchun shablon yordamida ertak qahramonlari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |