O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI
“TASDIQLAYMAN”
_______ direktor T.Eshmetov
"___"____________ 2022 yil
MALAKAVIY AMALIYOTiNING
dasturi
(5.33.01.11 “Yuridik xizmat faoliyati”
yo‘nalishi o‘quvchilari uchun)
Urganch - 2022
KIRISH
O‘quvchilar tanishtiruv va malakaviy amaliyotini o‘tash dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi
PQ–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom va Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining o‘quvchilarini bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan izchil islohotlar yoshlarni har tomonlama etuk, bilimli, ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan o‘quvchi yoshlarga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. SHuning uchun ham malakali, etuk o‘rta maxsus professional huquqshunos kadrlar tayyorlashga bo‘lgan munosabat davlatimizning diqqat e’tiboridagi masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mamlakatimizda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish, huquqiy amaliyotni yanada takomillashtirish zaruriyati huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimi oldiga jiddiy vazifalarni quymoqda.
Bugungi kunda malakali huquqshunos mutaxassislarga ehtiyojning ortib borishi natijasida o‘quvchilarning huquqni muhofaza qilish organlari va huquqshunos mutaxassislar zarur bo‘ladigan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarda amaliyotni o‘tashlari kelgusida yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni samarali hal qilish imkonini beradi. Zero, o‘quvchi o‘qish davomida olgan nazariy bilimlarini amaliyot davrida sinab ko‘rmas ekan, har tomonlama etuk, malakali huquqshunos tayyorlab bo‘lmaydi.
Malakali huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib borishi munosabati bilan o‘quvchilarning amaliyotni o‘qishdan ajralgan holda o‘tashi davr talabi bo‘lib qolmoqda.
SHuning uchun ham o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash o‘quvchilarning amaliyotga oid bilimlarini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Zero, jamiyatning barcha sohalarida malakali huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning tobora oshib borayotganligi huquqshunos kadrlarning malakasi yanada yuqori bo‘lishini taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |