Tasdiqlayman” Angren tibbiyot kolleji direktori G’. A. Tojiyev


INGICHKA ICHAK KASALLIKLARI



Download 4,02 Mb.
bet51/134
Sana12.06.2022
Hajmi4,02 Mb.
#657001
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
KATTALARDA PARVARISH XUSUSIYATLARI

INGICHKA ICHAK KASALLIKLARI Anatomik-fiziologik ma’lumotlar Ingichka ichak me’da-ichak sistemasining eng uzun, tor va xarakatchan qismidir. U me’daning pilorik qisqichi sohasidan boshlanadi va ko’r ichakka quyilib, ileotsekal burchak hosil qiladi. Distal qismida ingichka ichakning chegarasi Baugin to’sig’i bo’lib, u erda ingichka ichak uchi ko’r ichak bilan tutashgan bo’ladi. Ushbu bo’limda och ichak va yonbosh ichakning anatomikfiziologik xususiyatlari va kasalliklari haqida so’z yuritiladi. Bu ikkala ichakning uzunligi umuman olganda 5-7 m ga yaqin bo’lib, ular o’rtasida aniq chegara bo’lmaydi. Ingichka va yo’g’on ichak topografiyasi. 1 – katta charvi, 2 – ko’ndalang chambar ichak, 3 – ingichka ichak, 4 – pastga tushuvchi chambar ichak, 5 – sigmasimon ichak, 6 – ko’r ichak, 7 – yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak. Ingichka ichak asosan mezo- va gipogastriy sohasini egallab turadi, o’z shakli va vaziyatini doimo o’zgartiradi, intraperitoneal joylashgan bo’ladi, qorin pardasining ikkita varag’idan tashkil topgan uzun o’z ichak tutqichi bo’lib, u ichakni qorin orqa devoriga taqab turadi. Ichak tutkich bag’rida yog’ kletchatkasida limfatik va qon tomirlar, nervlar o’tadi. Ingichka ichak yuqori ichak tutqich arteriyasining birinchi yarim doirasidan chiqadigan 16-22 ta intestinal tarmoqlar orqali qon bilan ta’minlanib, bu arteriyalar o’zaro birinchi va ikkinchi tartibdagi arterial ravoqlarini hosil qiladi. Keyingilaridan ichak devoriga to’g’ri kalta arteriyalar chiqadi. Qon qopka (darvoza) vena shakllanishida qatnashadigan yuqori ichak tutkich venasi sistemasiga qarab oqib ketadi. Innervatsiyasi yuqori ichak tutqich chigalidan chiqadigan simpatik va parasimpatik nervlar hisobiga amalga oshiriladi. Ingichka ichak funktsiyasi murakkab – bu sekretor, motor, endokrin, shira ajratish va so’rish faoliyatlaridir. Ingichka ichak devori uchta qavatdan iborat bo’lib: seroz, mushak va shiliq qavatlarni tashkil etadi. Shilliq va mushak qavatlar orasida rovoq biriktiruvchi to’qima bo’ladi. Shilliq parda bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan va qo’shimcha ravishda biriktiruvchi plastinka va mushak qatlamidan iborat. Shilliq pardaning boshidan oxirigacha ko’p sonli doirasimon o’ziga xos ko’rinish beradigan burmalari bo’ladi. Shillik pardaning butun yuzasi balandligi 0,5 dan 1,5 mm gacha bo’lgan (soni 4 mln dan ortiq) tukchalar bilan qoplangan. Tukchalar orasida ichak shirasi ajratadigan ichak kriptalari bo’ladi. Ichak shilliq pardasining so’radigan yuzasi 10 m2 dan ortiq bo’ladi va inson tanasining yuzasidan bir necha baravar oshadi. Ingichka ichakning shiliq pardasi bir kecha-kunduzda turli-tuman fermentlarni saqlaydigan 2 l gacha shira ishlab chiqaradi. Bular: ovqat ximusini monosaxaridlar, yog’ kislotalar va aminokislotalargacha parchalaydigan enterokinaza, ishqoriy fosfataza, nukleaza, pepsinlar, lipaza, saxarozalar bo’lib, ichak shiliq pardasidan parchalangan ovqat tarkibida yana so’riladi. Ingichka ichak suv, elektrolitlarning so’rilish jarayonida muhim ahamiyatga ega va uning bu faoliyati gomeostazni quvvatlab turishda jiddiy ahamiyatga ega. Bu funktsiyalarni turli patologik holatlarda (yallig’lanish, tutilib qolish, ichak oqmalari, katta rezektsiyalar va hazm qilishda ayrim qismlarning chiqib qolishi va hokazo) buzilishlari suv-elektrolit balansi, metabolizmning jiddiy izdan chiqishiga olib keladi. Rivojlanish nuqsonlari (tug’ma kasalliklari) Tug’ma patologiyaning mazkur guruhiga embriogenezning tug’ma buzilishlari natijasida paydo bo’lgan jarayonlarni – tug’ma torayishlar, stenozlar yoki atreziyalar, embrional davrda ichak aylanishi anomaliyasi, o’t yo’lining bitmay qolishi kabilarni kiritish mumkin. Ichak stenozida uning bo’shlig’i bir yoki bir necha joylarida, hatto anchagina masofada toraygan bo’lishi mumkin, biroq hamisha bo’shliqning bir qismi qoladi va kasallik aksariyat operatsiyalarda yoki tekshirish vaqtida tasodifiy topilma sifatida aniqlanadi. Ichak atreziyasida kattaroq, yoki kichikroq masofada stenoz bo’lmaydi, ichakning o’zi esa tortma ko’rinishida bo’ladi. Bunda ingichka ichakning boshidan oxirigacha shunday sohalardan bir nechtasi bo’lishi mumkin. Bunday tug’ma kasallik chaqaloqlarda dastlabki kunlardayoq ichak tutilishi xodisalari bilan birga uchraydi, o’z vaqtida diagnostika va operatsiya qilishni talab etadi. Aylanish anomaliyasi (burilish buzilishi: tugallanmagan burilish, ichak malrotatsiyasi) ichakning embrional davrda normal burilishi jarayonining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, burilish to’liq tugallanmaydi yoki teskari yo’nalishda yoinki noto’g’ri o’tadi. Bu hol, ichak turli qismlarining embrional tortmalardan anomal fiksatsiyada bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. Ichakning tugallanmagan burilishi, ko’r ichakning yuqori joylashuvi (jigar ostida yoki epigastriyda) bilan bog’liq bo’lib, ichak tutilib qolishi, ba’zan esa ichak tutqichi qon tomirlari trombozi rivojlanishi bilan kechadi. O’n ikki barmoqli ichak burilishi surunkali duodenal tutilish (duodenostaz) bilan birga o’tishi mumkin. Aksariyat hollarda, harakatchan ko’r ichak (cecum mobile) borligi qayd qilinadi. Bu klinik jihatdan o’tkir yoki surunkali ichak tutilishi belgilari, ba’zan esa qorin bo’shlig’i a’zolarining boshqa patologiyasi belgilari bilan o’tadi. Bosh diagnostik usul rentgenologik usul hisoblanadi. Bolaning ona qornidagi rivojlanish davrida, ichak naychasini o’t pufagi bilan tutashtirib turadigan o’t yo’lining o’sib etilmaganligi embriogenez buzilishlari natijasida shunga olib keladiki, bu yo’l boshidan oxirigacha ochiq qoladi va bu holda ichak bilan kindik o’rtasida muayyan sohada oqma bo’ladi, bu esa o’z navbatida yopiq bo’shliq hosil bo’lishiga olib keladi. Ingichka ichak devori oldida joylashgan o’t yo’lining bir qismigina o’sib etilmagan hollarda (qolgan xamma joyda to’liq obliteratsiya bo’lganda) divertikul hosil bo’ladi. Uni tasvirlab bergan muallif Mekkel (1811) sharafiga, Mekkel divertikuli deb yuritiladi. Odatda bu divertikul ileotsekal burchakdan 1- 1,5 m masofada joylashadi, uning diametri 0,5-1 sm, uzunligi 1 dan 12 sm gacha etadi va bu holat aholining 2% da qayd qilinadi. Ularning 95% da esa divertikulning yallig’lanishi, yaralar paydo bo’lishi yoki uning perforatsiyasi, qon oqishi kabi asoratlarda o’zini namoyon qilmaydi. Divertikulning o’tkir yallig’lanishi (divertikulit) kataral, flegmonoz, gangrenoz (perforatsiyali yoki perforatsiyasiz) bo’lishi mumkin. Bunda qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, tana haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, peritoneal simptomlar bo’lishi kuzatiladi. Ob’ektiv tekshirganda – mushak tarangligi va o’tkir appenditsitga xos boshqa belgilar kuzatiladi. Diagnostik xatolarga ko’pincha shu sababli yo’l qo’yiladi. Divertikul shiliq pardasining yarasi, yallig’lanish natijasi sifatida yoki me’da shiliq pardasining ektopirlangan sohasi ajratadigan xlorid kislotasining ta’siri ostida paydo bo’ladi. Klinik belgilari – o’rtacha og’riqlar, aksariyat qon ketish, hatto profuz qon ketish bilan kuzatiladi. Divertikul perforatsiyasi (yallig’lanish, yara, gangrena, axlat yoki o’t suyuqligi toshidan yoki yot jismdan yotoq yara natijasi) sababli amalda hech qachon operatsiyaga qadar aniqlanmaydigan peritonit bilan o’tadi. Mekkel surunkali divertikuli qorin bo’shlig’ida bitishma jarayoni avj olishiga, ichak tutilib qolishi hodisalariga olib keladi (ichak buralishi, invaginatsiyasi). Qon ketishi, perforatsiya, yallig’lanish, ichak tutilib qolishi sababli qilinadigan operatsiya vaqtida tasodifan topilgan divertikulni davolash divertikulni kesib, keyin teshikni ikki qatorli choklar bilan tikishdan iborat. Kron kasalligi (terminal ileit, granulematoz enterit). Bu surunkali nospetsifik kasallik bo’lib, ovqat hazm qilish naychasining har qaysi qismini zararlantira oladi (qizilo’ngachdan to to’g’ri ichakkacha). 1932 yilda Kron yonbosh ichakning terminal qismidagi shunday yallig’lanishni birinchi bor tasvirlab, uni terminal ileit deb atagan. Kasallik odatda 20-40 yoshdagi erkaklarda ham, ayollarda ham bir xilda uchraydi. Kasallikning uchrashi 0,004- 0,006% ni tashkil etadi. Kasallikning paydo bo’lish sababi bugungi kungacha unchalik aniq emas: taklif etilgan infektsion-allergik, autoimmun nazariyalari isbotlangan emas. Bu kasallikning kelib chiqishida viruslar muayyan ahamiyatga ega deb hisoblashadi, biroq mineralokortikoidlar bilan davolashning musbat natija berishi immun sistemasining aloqadorligidan dalolat beradi. Patogenetik jihatdan kasallik limfatik sistemaning zararlanishi, keyinchalik esa ichak devorining zararlanishi, granulematoz yallig’lanish avj olishi bilan bog’lanadi. Patologoanatomik jihatdan ichak devorlarining zararlanishi – limfoid infiltratsiya oqibatida shishishi, qalinlashuvi (ba’zan o’tkir ichak tutilishigacha sabab bo’ladi), yaralar paydo bo’lishi (ba’zan qon qetish bilan), hamda chandiqli o’zgarishlar qayd qilinadi. Granulematoz yallig’lanish ichakning ko’p qismlarini egallab, ko’p segmentar yoki tarqalgan turlarda bo’lishi mumkin. Ichak devorining hamma qatlamlarning zararlanishi intramural abstsesslar, bitishmalar jarayoni, ichki oqmalar, qovuzloqaro yiringlikning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Diagnoz quyidagi klinik manzaralarga: dispeptik xodisalar, qorinda to’satdan paydo bo’lgan og’riq, tana haroratining sababsiz ko’tarilishi, paypaslab ko’rilganda og’riq va infiltrat borligini sezish, qisman ichak tutilishi belgilari, qon ketishi, steatorreya (ichki oqmalar rivojlanganda), tashqi oqmalar xosil bo’lishi kabi belgilarga asoslanib qo’yiladi. Kasallikning nospetsifik belgilaridan poliartrit, teri eritemasi, jigar yog’ distrofiyasi, sklerozlaydigan xolangit, iridotsiklitni ko’rsatib o’tish mumkin. Ko’pincha diagnoz o’tkir qorin kasalligi sababli qorin bo’shlig’i ochilganda, ya’ni operatsiya vaqtida tasodifiy topilma hisoblanadi. Bunda uni ba’zan xavfli limfoma (limfosarkoma), ichak flegmonasi bilan differentsial diagnostika qilish zarur bo’ladi. Davolash. Kasallik barvaqt topilganda – muolaja (konservativ terapiya): parhez, sulfasalazin qatoridagi preparatlar, steroid gormonlar, immunodepressantlar, parenteral ovqatlanish va boshqalardan iborat. Asoratlar yuzaga kelganda va ingichka ichakning bir sohasi chegaralanib zararlanganda, o’tkir ichhak tutilishi bo’lganda, perforatsiya yoki oqmalar paydo bo’lganda ichakning shu qismi rezektsiya qilinib, ichaklararo (entero-enteroanastomoz) qo’yiladi

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish