Ushbu maqolani ham o‘qing: Bo’yin qiyshiqligi sababi, turlari va davolash
Paylar cho’zilishida jarrohlik aralashuvi
Paylar cho’zilishida jarrohlik davolash faqat paylar to’liq yorilganda talab qilinadi. Bunday jiddiy shikastlanishda jarroh oyoqning yumshoq to’qimalarida kesma qilib, yirtilgan tolalarni qo’l bilan bog’lashi kerak bo’ladi. Odatda, bunday operatsiya uzoq muddatli reabilitatsiyani talab qiladi (10 xafta va undan ko’p vaqtgacha) va har doim ham to’piqdagi harakatlanish funksiyasini to’liq tiklanishi bilan tugamaydi.
Pay cho’zilishida xalq tabobati
Konservativ davo bilan parallel ravishda xalq tabobati yordamida tiklanishni tezlashtirishga harakat qilishingiz mumkin:
Kartoshkadan kompresslar. Yupqa qirg’ichdan o’tkazilgan kartoshkani to’g’ralgan piyoz va bir osh qoshiq shakar bilan aralashtirib, dokaga o’rab, shikastlangan joyga kompress kabi qo’yish kerak.
Sarimsoq-limonli kompresslar. Maydalangan sarimsoq boshchalarini (2-3 dona) ustiga iliq suv quyib, uni bir soat davomida tindirib, so’ngra 1 limon sharbati bilan aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan suyuqlik yordamida dokani ho’llab, jarohatlangan joyga 1-2 soat davomida kompress kabi qo’yish kerak.
Mutaxassis bilan malakali maslahat va keng qamrovli davolanish paylar cho’zilganda oyoqning harakatchanligini tezda tiklashga va og’riqli travmalarning qaytalanishidan saqlanishingizga imkon beradi!
O‘pka abssessi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanishiga moyil bo‘lgan yiringli chirishiga aytiladi.O‘pka gangrenasi deb, o‘pka to‘qimasining chegaralanmay yiringli chirishiga aytiladi.
Etiologiyasi. O‘pka abssessini, asosan, streptokokklar, stafilokokklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, Fridlender tayoqchasi, ichak tayoqchasi, viruslar, bakteriyalar keltirib chiqargan o‘choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi.O‘pka gangrenasi esa, anaerob flora: spirallar, anerob streptokokklar tufayli rivojlanadi. Sovuq qotish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kasallik rivojlanishiga moyil qilib qo‘yadi.
O‘pka abssessi bilan gangrenasi kelib chiqishida o‘tkir krupoz pnevmoniyalar, yuqumli narsalarning — shilimshiq yiring, qusuq massalari va shu kabilarni mayda bronxlarga tushib qolishi katta rol o‘ynaydi. Bu kasalliklar qon oqimi bilan o‘pkaga infeksiyalar tushganda hamda ko‘krak qafasi jarohatlanganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Abssess keltirib chiqaruvchi sabablarga va infeksiyaning o‘pka to‘qimasiga kirish yo‘llariga qarab aspiratsion, obturatsion, metapnevmonik, gemotogen, embolik, limfogen va travmatik abssesslarni farqlaydilar.
Aspiratsion abssessning rivojlanishiga yordam beruvchi omillarga hushsiz holat, masalan, og‘ir yuqumli kasalligi bo‘lgan bemorlar, spirtli ichimliklar ichib mast bo‘lish, ba’zan umumiy narkoz ostida o‘tkazilgan operatsiyalar kiradi. Metapnevmonik abssesslar keyingi yillarda ancha kam uchraydi, chunki pnevmoniyalar sulfanilamid preparatlar va antibiotiklar bilan yaxshi davolanmoqda.Gemotogen-embolik abssesslar ko‘pincha septikopiyemiya bilan birgalikda kechadigan kasalliklarda kuzatiladi. Ko‘pincha o‘pkaning embolik yiringlanishi tromboflebitda, septik endokarditda, osteo- miyelitda, tug‘ishdan keyingi sepsisda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |