Payni keskin xarakatlar va zo’riqishlar vaqtida yorilishi va uzilishidan pay to’qimasining uzunasiga bo’lgan elastiklikligi himoya qiladi. Shuning uchun pay jarohatini oldini olish uchun ularni faollashtirish, rivojlantirish va mustahkamlash kerak, maxsus mashqlar muntazam sport bilan shug’ullanish paylarga mustahkamlik va elastiklik bag’sh etadi.Mushaklarni rivojlantirish uchun jismoniy kuch talab etilsa, paylarni rivojlantirish uchun statik mashqlar talab qilinadi. Jismoniy mashqlar tufayli pay kislorodga to’yinadi, elastikligi, chidamliligi va mustahkamligi ortadi.Paylar elastik bo’lishi kerak, bu xususiyatning yo’qilishi natijasida ichki organlar siljishi, tabiiy shakllarining o’zgarishi, tugun va zichlanishlar hosil bo’lishi kuzatiladi.Pay patologiyasini aniqlash palpatsiya, termografiya, ultrasonografiya, biopsiya, rentgenografiya usullarii yordamida amalga oshiriladi.Bo’g’im ichidagi pay jarohatlarida artroskopiyani qo’llash samarali bo’ladi. Paylarning anomal shakllanishi tayanch-harakat tizimi nuqsonlari, ularning noto’g’ri birikishi yoki atipik yurish oqibatida yuz beradi. PAYLARNING YALLIG’LANISHI
Tayanch-harakat tizimidagi buzilishlar bilan kechadigan pay yallig’lanishining bir necha turlari bor.
1. Tendinit — bu yallig’lanish jarayoni tez-tez uchraydi. Uning rivojlanish sabablari har doim bir xil va shuning uchun bu kasallikni tashxislash nisbatan osondir. Tendinit uzoq muddat surunkali zo’riqish natijasida payda degenerativ o’zgarishlar va uzilishlar hosil bo’lishi tufayli rivojlanadi. Bunday yallig’lanish payni mustahkamligini kamaytiradi va uning uzilish xavfini oshiradi.
Tendinit shuningdek infektsion tabiatli bo’lishi mumkin. Distrofik turidan asosan mushaklar, bo’g’imlar va paylariga doimiy yuk tushadigan sportchilar aziyat chekadi. Bunday yallig’lanish turli revmatik kasalliklar oqibatida ham rivojlanishi mumkin.
2. Paratenonit — bu pay atrofi kletchatkasining aseptik yallig’lanishi. Bu bo’g’imning qaytalnagan jarohatlanishi bilan yuzaga keladi. Bu holatda fastsiya va pay orasidagi biriktiruvchi to’qimada qon ketish va shish paydo bo’lishi natijasida fibroz to’qima paydo bo’ladi. Ushbu tugunchali zichlanishlar og’riq paydo bo’lishiga, harakatni cheklanishi va faollikning pasayishiga olib keladi.
Kasallik axill payi, bilakni yozuvchi va boldirning pastki qismiga ta’sir qiladi. Paratenonit o’tkir va surunkali shaklda kechishi mumkin. Pay yallig’lanishini davolash qo’l yoki oyoqning immobilizatsiyasi (qimirlamaydigan qilib qotirib qo’yish) hisoblanadi. Bundan tashqari an’anaviy fizioterapevtik muolajalar ham samara beradi.
Pay o’tkir yallig’lanishini (tendinit) davolash antibakterial va umummustahkamlovchi usullarni qo’llashni nazarda tutadi. Aseptik tendinit holatida nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qo’llaniladi.
Mahalliy davolash kasallangan tana qismini immobilizatsiya qilishni o’z ichiga oladi. Kasallikning o’tkir alomatlari bartaraf bo’lganidan keyin fizioterapiya tayinlanishi mumkin. Issiq qo’yish kasallikning o’tkir shakli o’tib ketganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
Bunday muolajalarga UVCH-terapiya (to’liq tarjima qilinganda — ultrayuqori chastotali terapiya), mikroto’lqinli terapiya, ultratovush, ultrabinafsha nurlar ta’siri kiradi. Shuningdek maxsus terapevtik mashqlar ham foydalidir. Biroz issiqlik va magnit maydon ta’siri ostida qon aylanishi yaxshilanadi, yallig’lanish, shishlar kamayadi va payning shikastlangan sohalari tezroq tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |