OYOQ PANJASI PAYLARI CHO’ZILISHI VA UZILISHLARI
Oyoq paylarining jarohatlanish darajasi:
Birinchi daraja — biroz og’riqlar, to’piqda yengil shishish. Qadam bossa bo’ladi. Og’riq va boshqa noqulayliklar maxsus malham va kompresslar qo’llash natijasida bir necha kun o’tgach yo’qoladi.
Ikkinchi daraja — shikastlangan bo’g’imning o’rtacha shishishi, oyoqni harakatlantirganda o’tkir og’riq yuzaga kelishi.
Uchinchi daraja — payning uzilishi, kuchli va tinmaydigan og’riq, bo’g’imning jiddiy shishishi.
To’piq va axill paylari to’piq do’mboqchasiga birkkan va juda qalin bo’ladi, ular faqat juda kuchli zo’riqish natijasida jarohatlanadi. Odatda ushbu hududdagi uzilish to’liq bo’ladi. Jarohat sabablariga qattiq jism bilan kuchli zarba berish va boldir uch boshli mushagining keskin qisqarishini kiritish mumkin.
Oyoq payi jarohatlari — axillaning uzilishi tasviri
Xavf guruhiga asosan sportchilar kiradi, masalan yengil atlikada joyidan birdan tezlikda yugurib ketish, balandlikdan sakraganda oyoqqa yuk tushishi. Axill payining qisman jarohatlanishi to’g’ridan-to’g’ri kesuvchi jarohat ta’sirida yuz beradi. Jabrlangan kishida o’tkir og’riq, payga zarba tushgani kabi tuyg’ular seziladi.Boldirning pastki orqa qismida shish va qon ketishi kuzatiladi. Uzilish sohasida chuqurcha ko’rinadi. Bemor barmoqlari uchida tura olmaydi, oyoq panjasini qimirlatib bo’lmaydi. Bunday holatda birinchi yordam bemorga og’riq qoldiruvchi berish va travmatologiya bo’limiga yetkazishdan iborat.
Yangi jarohatlarni (ikki haftadan ko’p bo’lmagan) davolash — teridan o’tib yopiq chok qo’yish yordamida amalga oshiriladi. Jarohatlangan sohaga 4 hafta muddatga gips bog’lam qo’yiladi, oyoq bir holatda qotiriladi. Chok olingach, oyoq boshqa holatda yana 4 hafta davomida gipslanib qo’yiladi.
Agar jarohat eski bo’lsa (2 haftadan ortiq), odatda, pay uchlarida chandiq to’qima hosil bo’lgan bo’ladi. Bunda jarrohlik o’tkazilishi talab qilinadi, teri kesilib, chandiq to’qima olib tashlanadi va payning ikki uchlari Tkachenko usulida chok qo’yish orqali tikib qo’yiladi. Agar to’qimada nuqson mavjud bo’lsa, plastik jarrohlik o’tkaziladi va 6 xaftaga gips bog’lam qo’yiladi. Maxsus mashqlar va fizioterapiya yordamida to’liq tiklanish kafolatlanadi.Axill payi juda mustahkam pay bo’lib, u barmoq uchida turish va sakrash imkonini beradi. Jarohatlarni tashxislash uchun oshiq-boldir bo’g’imining yon tomondan rentgenografiyasi, magnit-rezonans tomografiya (MRT) va UT tekshiruvidan foydalaniladi. Jarohatni shuningdek an’anaviy palpatsiya bilan ham aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |