Tasdiqlayman” Angren tibbiyot kolleji direktori G’. A. Tojiyev



Download 4,02 Mb.
bet31/134
Sana12.06.2022
Hajmi4,02 Mb.
#657001
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
KATTALARDA PARVARISH XUSUSIYATLARI

PAY CHO’ZILISHI


Pay cho’zilishi — eng keng tarqalgan jarohatlardan biri bo’lib, odatda to’piq va tizzada kuzatiladi va pay amplitudasidan oshuvchi keskin harakatlar natijasida yuzaga keladi. Pay mushaklarni suyak bilan bog’laydi, boylamlar esa faqat suyaklarni birlashtiradi. Bu ikki tushuncha ko’pincha adashtiriladi. Boylamning cho’zilishi aslida juda kichik bo’lgan uzilishlardan iborat, jarohat o’rtacha bo’lsa, alohida kollagen tolalar uzilishi sodir bo’lishi, jarohat jiddiy bo’lsa, butun boylam uzilib ketishi mumkin.
Yuqori regeneratsiya qobiliyatga ega bo’lgan boylamlar har qanday jarohatlar darajasidan keyin ham qayta tiklanadi. Insonning eng kuchli mushaklari oyoqlarda joylashgan. Bu, shuningdek, pay oyoqlar mushagiga tushadigan jiddiy yuklarga bardosh bera olishi kerakligini ham anglatadi. Ammo, afsuski, muvaffaqiyatsiz harakatlar tufayli oyoqlarda pay cho’zilishi yuz beradi.
Axill paylarining cho’zilishi mashg’ulotlardan oldin qizinib olmaslik, noqulay poyabzal kiyish, notekis, toshli yuzalarda yurganda oyoqning qayrilib ketishi natijasida yuz beradi. Pay cho’zilishini uch darajadagi murakkablikka bo’lish mumkin:

  • Birinchi daraja — jarohatdan so’ng yengil og’riqlar sezilib, u jismoniy ta’sir natijasida kuchayadi.

  • Ikkinchi daraja — kuchli og’riq, jarohatlangan pay ustida terining shishishi. Mushaklarning zaifligi va jismoniy faoliyat natijasida kuchayib boradigan og’riq.

  • Uchinchi daraja — payning to’liq yoki qisman uzilishi, mushaklarning tortilib qolishi. Uzlish paytida o’ziga xos qarsillash eshitiladi, keskin va o’tkir og’riq va shish kuzatiladi.

Odatda pay cho’zilishining uchinchi darajasi jarrohlik usuli bilan tiklanadi. Birinchi va ikkinchi darajali jarohatlarga ko’plab kishilar e’tibor bermaydi va noto’g’ri qilishadi. Buning oqibatida mushak kuchsizligi, pay va pay xaltachalarida yallig’lanish jarayonlari paydo bo’lishi mumkin. Asosan bu hodisa oyoq mushaklarining paylarida kuzatiladi va tenosinovit deb ataladi.
Surunkali yallig’lanish pay tolasining ingichkalashishiga ta’sir qiluvchi atrofik jarayon bilan murakkablashadi, bunda pay osonlikcha, kichik kuch ta’sirida ham uzilishi mumkin. Oyoqdagi paylar cho’zilganda birinchi yordam ko’rsatishda oyoqlarni qimirlamaydigan qilib qotirish va tana sathidan baland qilib o’rnatish kerak. So’ngra jarohatlangan sohaga 20-30 daqiqa muz qo’yish (kuniga 4-5 marta takrorlanadi), muz olingach, shish tarqalishini cheklash uchun har safar elastik bint bilan bosib turadigan bog’lam qo’yish kerak.Muz shuningdek shikastlangan qon tomirlaridan qon ketishini to’xtatadi. Qattiq og’riqni to’xtatish uchun diklofenak, analgin, keton kabi dorilar berish mumkin. Ikkinchi kuni, yallig’lanish va shish ketgach, gematoma (ko’karish) kuzatilmasa, issiqlik qo’yish samarali bo’ladi. Issiqlik ta’sirida qon aylanishi normallashadi va jarohat tiklanishi tezlashadi. Shuningdek yallig’lanishga qarshi malhamlardan foydalanish ham samarali bo’ladi.Hayvon va o’simlik oqsillariga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida pay yanada tezroq tiklanadi. Bir hafta o’tgach, mutaxassis nazorati ostida bir qator mashqlarni bajarish orqali asta-sekin mushaklar mashq qildiriladi. Mexanik jarohatlar shikastlantiruvchi omilning bevosita yoki bilvosita ta’siri tufayli kelib chiqadi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish