Disketlar va disk o`rnatish
qurilmalari.
Disket (uning sinonimlari – floppi –disk, egiluv-chan magnit disk, qattiq disk, kompakt disk)- uzoq vaqt ma`lumotlarni saqlashga mo`ljallangan qo`shimcha xotira qurilmasidir. Unga yozilgan ma`lumotlar operativ xotiradagi ma`lumotlardan farqli o`laroq kompyuter o`chirilganda ham saqlanib qoladi. Disket ferromagnit qatlam qoplangan dumaloq shakildagi plastinkadan iborat bo`lib ximoya qobig`iga joylangan bo`ladi. Qobiq -da esa magnit kallak uchun tirqish qoldirilgan.
IBM PC kompyuterlarida asosan diametric 3,5 dyumli magnit disketlar va kompapt disklar ishlati-ladi. Disketlar ishlatilmayotgan paytda plastmassa yoki qog`oz konverta changdan magnit maydonidan va quyosh nuridan ximoya qilingan tarzda ko`rsatilgan ma`lum xarorat va namlikda saqlanishi kerak. Disketni egish, magnit yuzasiga tegish , qattiq siltish mumkun emas. Unga yopishtirilgan qog`ozga extiyot bo`lib oxista yozish kerak.
Binchester (qattiq disk).
Qattiq disk- kompyuterdav ishlash jarayonida ishlatiladigan malumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun ishlatiladi.qattiq disk ham ishlash prinsipi va tuzilishi bilan disketdan kam farq qila-di. Lekin u oddiy disketga nisbatan katta sig`imga
(20, 30, 50, 80, 120, 210, 540 va unda ortiq megabayt yoki gigabayt) ega bo`lib , disketdan farqli o`laroq , yaxshi ximoyanlangan metall qobiqqa joylashtirilib asosiy blok korpusi ichiga o`rnatilgandir.Uning ishlash tezligi va ishonchliligi disketga nisbatan yuqori bo`lib , lekin u kompyuter ishlagan paytda doim ishlagani uchun unda saqlanayotgan ma`lumotlarinig buzilish ehtimolligi yuqoriroq hisoblanadi(foydaluvchan hatosi “viruslar hujumi”dir).
Kompyuterda bir necha vinchester bo`lishi ham mumkin. Vinchesterga yozilgan malumotga kompyuter ishlayotgan paytda xam doim murojat qilish mumkin bo`lgani uchun uni birinchi navbatda operatsiya sistemani, doim ishlatadigan amaliy programmalar paketini, yani programmalash tillarining translyatorlarini, matinni qayta ishlash muxarrirlarini ma`lumotlarini bazasini boshqarish sstemalarini va tez-tez ishlatiladigan ma`lumotlarni saqlas ishlatish uchun zarur. Hozirgi zamonda texnologiyalar asosida ma`lumot saqlaydigan disklarning yangi turlari9, masalan flesh- disklar ham yaratilganki, ular kompyuterga uning orqa tomonidagi USB porti orqali ulanadi va juda katta miqdordagi malumotlarini saqlashga imkon beradi ( 64 megabaytdan 1 gigobaytgacha). Demak, ular orqa-li foydalanuvchilar uchun katta hajimdagi malumotlarni.bemalol olish yurish va oson foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Klaviatura.
Klaviatura- kompyuterga har xil belgilarni kiritishni ta`minlaydi va foydalanuvchi kompyuter ishini boshqarishda ishlatiladi. Klaviatura tugmalari oddiy, boshqaruvchi va vazifali bo`ladi.
Sichqoncha.
Sichqoncha –kiritish qurilmasi bo`lib klaviaturaga qo`shimcha bo`lib hizmat qiladi va foydalanuvchi-ning kompyuter bilan dialogini asoslantirish, ish unimdorligini oshiradi.
“Sichqon” uncha katat bo`lmaganquti bo`lib, ustida ikki yoki ucta klavi-
shasi va ostiga o`rnatilgan sharcha bor. Stol usida xarakatlanganda sharcha bemalol aylanadi va uning xarakati haqidagi axborat datchiklari yordamida protsesorga uzatiladi. Shunday qilib , sichqonning stol ustida xarakati ekrandagi maxsus kursorning harakatiga mos keladi. Kursorni kerakli nuqtaga keltirib , sichqonning biror klavi-shasi bosiladi.
Printer
Printer ( chop qilish qurilmasi )- har xil ( matinli, garfik yoki rasm) ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma`lumotlar qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin. Shu bois printerlar bir- biridfan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud bo`lib, ularning odatda matritsali ( nuqtali matrit-sa) purgagichli (stro`ynoy) va lazerli turlari bo`ladi.
IBM PC kompyuteri uchun matritsali printerlar chop etiladigan ma`lumotlarni nuqtalardan yasaydi, shu bois uning chop qilish sifati zikr etilgan boshqa turdagi printerlardan nisbatan past bo`ladi.
Purkagichli printerlarda- ma`lumotlar maxsus siyoxdonlar yordamida siyoq tomchilarini purkash orqali chop qilinadi.
Lazerli printerlar - chop qilish sifati yuqori bo`lgan ma`lumotlarni oq-qora yoki ayrimlarini rangli chop qilish imkoniyatiga ega.
Modem yoki faks-modemlar- Telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lumot almashishi uchun maxsus qurilma modemdan foydalinadi.
Faks-modem –shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlararo almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik mademlar faks – modemlar bo`lib , ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki ( electron platali ) va tashqi ( alxida turdagi qurilma ) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi balan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 betgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
Mdemlar turlari: Usrabatik, Genius, Genirik va boshqaturdagi modemlar bor.
Multimediya
Multimediya- tasvirli ma`lumotlar bilan ishlashga qodir bo`lgan vosita xisoblanadi. “Multimediya”
So`zi lotincha media so`zidan olingan bo`lib malumot tuzuvchi vosita “ degan manoni anglatadi.
Multimediya kompyuterlari so`z, musiqa va boshqa ovozli malumotlar, video ma`lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimediya kompyuterlari albatta kompakt disklar uchun maxsus disk yurituvchilar, ovozli haritalarga ega bo`lishi, hamda kamida Pentium 75Mgs yoki 486Sx
25 Gs tezlikdagi mikroprotsesor, joriy 4 megaby qattiq disk 160mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |