Tasdiqlayman
307-DIUM rahbari
Bochkaryova S. A ___________ 2015-yil
Mehnat ta’lim o’qituvchisi Avezmuratova Nigoraning ochiq dars mavzusi;
Issiq ichimliklar, ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlar tayyorlash va dasturxonga tortish
Проверено:
Зам директора
Полюдова Н. А________
Issiq ichimliklar, ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlar tayyorlash va dasturxonga tortish
Dars maqsadi:
I. Ta’limiy: o’quvchilarga issiq ichimliklar, ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlar tayyorlash va dasturxonga tortishni o’rgatish.
II. Tarbiyaviy: o’quvchilarga issiq ichimliklar, buterbrodlar tayyorlashda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishni o’rgatish.
III. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarga zamonaviy usulda issiq ichimliklar va buterbrodlar tayyorlashni o’rganish.
Dars tipi: bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish.
Dars turi: nazariy, amaliy.
Dars materiallari: og’zaki, ko’rsatmali.
Moddiy-texnik jihozda jihozlash va ko’rgazmali qurollar: pichoq, taxtakash, non, baton, buterbrod uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qismi: davomatni aniqlash, navbatchi tayinlash, texnik xavfsizlik va sanitariya-gigiena qoidalari bilan tanishtirish.
-
O’tgan mavzu va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash.
-
O’quvchilar bilan oldingi mavzu bo’yich asavol-javob qilinadi.
-
Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar.
Yangi mavzu bo’yicha reja:
-
Issiq ichimliklarni tayyorlash to’g’risida tushuncha berish;
-
Buterbrod turlari haqida tushuncha berish;
-
Buterbrod uchun mahsulotlarni tayyorlashni o’rgatish;
-
Issiq ichimliklar va buterbrodlarni dasturxonga tortishni o’rgatish;
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar bugungi darsimizni mavzusi “Issiq ichimliklar, ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrodlar tayyorlash va dasturxonga tortish”
Ammo avval bilimimizni mustahkamlsh va yodga solish uchun o’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilib olamiz. Shuning uchun darsni guruhlarga bo’lish bilan boshlaymiz. Mehnat faniga moslab guruh nomlar quyidagicha nomlanadi;
-
“Tugmachalar”
-
“Angishvona”
-
“Qaychi”
O’quvchilar kartochka orqali shu guruhlarga bo’linadi.
Javoblarni baholash uchun quyidagi jetonlardan foydalanamiz;
-
Qizil yulduzcha --- “5 ball”
-
Ko’k to’rtburchak---“4 ball”
-
Sariq uchburchak---“3 ball”
Darsimiz oxirida yig’ilgan jetonlar sanaladi va ballar e’lon qilinadi.
Oldingizda guruhlar nomlari bilan yozilgan 2 ta so’rovnoma qo’yilgan: 6 daqiqa vaqt ichida shu savollarga javob berishingiz kerak.
-
Kartoshka, sabzi, tuxum, lavlagi, yog’, mayonez, tuzdan foydalangan holda biror salat tayyorlash ketma-ketligini yozib bering., to’g’rash usullari eslatib o’tilsin???
-
Don mahsulotlariga nimalar kiradi? Don mahsulotlaridan biror taom tayyorlash ketma ketligini yozib tushuntirib boring???
Bu usul o’quvchilarni o’ylashga, o’z fikrini erkin bayon etish, o’zaro faollikka, intizom, o’zga fikrlarni tinglashga undaydi.
Vaqt tugagach guruhlar savollarga javob beradilar va har bir javob uchun jetonlar bilan baholanadilar.
Issiq ichimliklar tayyorlash. Choy va qahvani damlash usullari.
Ovqatlanishda issiq ichimlik sifatida choy, qahva, kakao ichiladi. Choy qadimdan shifobaxsh, tetiklantiruvchi ichimlik sifatida mashhur bo’lib kelgan. Choy tarkibida kofein moddasi bo’lib, u kishi organizmida asab sistemasiga, yurak faoliyatiga ta’sir etib, organizmni tetiklashtiradi, chachoqni yo’q’yadi. Choyning qora va ko’k choy turlari mavjud. Choy tarkibiga kiruvchi moddalar sovuq suvda erimaydi. Shu sababli choy qanchalik qaynoq suvda damlansa, uning chiqishi shunchalik yaxshi, hidi o’tkir bo’ladi. Agar choyni choynakka bir yo’la to’ldirib qqaynoq suv quyib damlansa, quruq choy tarkibidagi moddalarning faqat 10-15% erib suvga o’tadi va choy yaxshi chiqmaydi.
Damlangan choyni +70C dan sovitmay, piyolalarga yoki stakanlarga quyib dasturxonga tortiladi. Choy bilan birga qand, murabbo, asal, sut, limon beriladi. Bulardan tashqari choy bilan birga qandolat mahsulotlari, pirojniy, tort, pecheniylar ham berish mumkiin.
O’zbek xalqi ham boshqa xalqlar singari choyni yaxwi ko’radi. Issiq choy yilning hamma fasllarida ham ko’ngilga tegmaydi. O’zbek dasturxonida ertalabki nonushtaga ko’pincha oq choy, shirchoy ham tayyorlanadi.
Qahva tropic mamlakatlarda o’sadigan qahva daraxti mevasidan olinadi. Qahva o’tkir ichimlik bo’lib, kishining asab va yurak faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Qahva tarkibida kofein moddasidan tashqari, oqsil, uglevod, mineral tuzlar, hushboy hid beruvchi moddalar mavjud. Ular savdoga butun don ko’rinishida yanchilgan va tez eriydigan kukun holida chiqariladi. Qahva ichimligini tayyorlash uchun maxsus qahva qaynatgichlardan foydalaniladidasturxonga tortishda ham maxsus qahva servislaridan foydalaniladi. Qahvani damlashning va dasturxonga tortishning bir necha xil usullari bor.
Kerakli asbob va idishlar:suvni qaynatish uchun “tefal” yoki sirli chovgum, elektr yoki gaz plitasi, 3 l kastrulka, qahva qaynatgich, 1l choynak, piyolalar, qahva servislari, chashka, choy qoshiq.
Choyni damlash tartibi: kerakli massalliqlar; 1 l suv, 20 gr quruq qorq yoki ko’k choy.
-
Choy damlash uchun choynakni qaynoq suv bilan chayib tashlanadi.
-
Choynakka quruq choyni solib, choynak hajmining 1/3 qismicha qaynoq suv quyiladi va 5-7 daqiqa choynak qopqog’Ini yopib damlap qo’yiladi.
-
So’ngra shaqillab qaynab turgan suvni quyib choynak to’ldiriladi va dasturxonga issiqligida tortiladi.
Oq choyni damlash tartibi: kerakli masalliqlar: 2,5 l sut, 1l suv, 2 choy qoshiq quruq qora choy, ta’bga ko’ra sariyog’.
-
Kastrulkada 1 litrcha suv qaynatiladi va unga quruq qora choy solinadi.
-
Choy chiqqandan so’ng sutni qo’shib, 8-10 daqiqa qaynatiladi.
-
Qaynash oxirida azgina tuz solinadi.
-
Tayyor oq choy piyolalarda, yuziga yarim choy qoshiq sariyog’ ta’bga ko’ra solib dasturxonga tortiladi.
Shirchoyni tayyorlash tartibi: kerakli masalliqlar: 1 kosa qaymoq, 3 choy qoshiq quruq choy, 1 choy qoshiq tuz, ta’bga ko’ra murch.
-
Kastrulkaga 1,5-2 suv quyib qaynatiladi. Unga quruq qora choy solib, yana 2-3 daqiqa qaynatiladi.
-
Qaymoqni solib yaxshilab aralashtirilib, ozgina tuz ham solinadi.
-
Shirchoy 3-4 daqiqa qaynagandan keyin pishadi.
-
Shirchoyni katta piyolalarga quyib, har bir piyolaga 0,5 choy qoshiqdan sariyog’, ta’bga ko’ra murch solib dasturxonga tortiladi.
Qora qhvani tayyorlash tarkibi:
-
Qahva qaynatgichdan 1 l suvga 10 g mayda tez eriydigan qahva solib, qaynagunicha isitiladi, lekin qaynatilmaydi.
-
Tayyor qahvani chashkalarga quyib alohida idishda shakae yoki qand bilan birga tortiladi
Sutda qaynatilgan qahvani tayyorlash tarkibi: kerakli masalliqlar: yanchilgan qahva 6 g, shaker 25 g, sut 75 g.
-
Kichikroq kastrulkada quyuqroq qora qahva tayyorlanadi.
-
Sutni qaynatib, unga shaker va qora qhvani qo’shib qaynagunicha isistiladi.
-
Tayyor bo’lgan qahvani stakanlarga yoki chashkalarga solinib dasturxonga tortiladi.
Kakao tayyorlash tartibi: kerakli masalliqlar: 6g kakao kukuni, 25g shaker, 130 ml sut.
-
Kakao kukuni bilan shakarni qo’shib aralashtiriladi.
-
Bu massaga ozgina qaynoq suv quyib, yaxshilab aralashtiriladi
-
So’ngra qolgan sut quyilib qaynagunicha isitiladi
-
Tayyor kakaoni stakanlarga yoki chashkalarga quyib, dasturxonga tortiladi.
Buterbrodlar
Buterbrodlar ko‘p ishlatiladigan gazak turi hisoblanadi. Ular uchun bug‘doy yoki javdar nonlari qobig‘i bilan yoki qobiqsiz holda 1 sm. qalinlikda kesib tayyorlanadi. Buterbrodlar uchun go‘sht, baliq, gastronom mahsulotlari, pazandalik mahsulotlari, pishloqlar, pishloq massalari, povidlo, djyem, tuxum, sariyog‘, yog‘ aralashmalari, har xil sardaklar, sabzavotlar, mevalar va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bu mahsulotlar ta'mi, rangi bilan bir-birining xushxurligini oshiradigan bo‘lishi lozim. Buterbrodlar uchun mahsulot yupqa kesilishi va non ustini tuliq berkitishi kerak. Mahsulot turiga qarab buterbrod ustiga 1-3 bo’lakdan kesilishi mumkin, lekin undan ortiq bo’lakda kesish tavsiya etilmaydi. Buterbrodlarni tayyorlashda mahsulotlar iste'molga tarqatishdan avval kesilishi lozim, agar iste'molga tarqatish jarayoni biroz chuzilib qolsa mahsulot 30-40 daqiqagacha sovuq xonada saqlanishi kerak. Buterbrodlar tayyorlanishi bo‘yicha ochiq, yopiq (sanvich) va gazak uchun (kanape) tayyorla-nadi.
Ochiq buterbrodlar.
Bu buterbrodlar oddiy yoki murakkab bo‘ladi.
Oddiy ochiq buterbrodlar bir turdagi mahsulotdan, ya'ni sariyog‘, pishloq yoki kolbasa va ho‘qazolardan tayyorlanadi. Oq bug‘doy uni batoni yoki javdar nonidan qobiqsiz holda qalinligi 1-1,5 sm, kengligi 10-12 sm qilib to‘rtburchak shaklida, vazni 30-40 g. hisobida kesiladi va ustiga tayyorlangan mahsulot qo‘yiladi. Agar buterbrod yog‘siz mahsulotdan tayyorlanadigan bo’lsa, nonga sariyog‘ surtilishi yoki sariyog‘dan gul yasab mahsulot ustiga quyib berilishi kerak. Ochiq buterbrodlar javdar noni ustiga chuchqa yog‘i (shpig) kilki, keta balig‘i,syeld balig‘i quyib tayyorlanadi. Murakkab buterbrodlarni tayyorlashda, bir necha turdagi mahsulotlar quyib tayyorlanadi.
Ochiq buterburodlar salat bargi, shpinat, ko‘kat (ukrop, petrushka, kashnich) pallacha shaklidagi pomidor yoki bodring, redis, marinovka qilingan yoki yangi qalampirlar bilan bezaladi. Bunda tabiiyki uning vazni uzgaradi.
Sariyog‘li, sho‘qoladli, meva yog‘i yoki margarinli buterbrod. Sariyog‘ va yog‘ turlari kesilgan nonni berkitadigan darajada yupqa kesilib, nonga quyib tarqatiladi.
Pishloqli buterbrod.
Ishlovdan o‘tgan pishloq qalinligi 2-3 mm qilib non usti yopiladigan miqdorda kesilib tayyorlanadi. Tayyorlangan non ustiga sariyog‘ yoki margarin yupqa surtilib, ustiga tayyorlangan pishloq quyib beriladi. Pishloq non yuzasnni tuliq koplashi kerak.
Kolbasali buterbrod.
Kolbasa qalinlari ko‘ndalangiga bir bo’lak hisobida, ingichkalari burchak ostida 2 yoki 3 bo’lakdan qilib kesib tayyorlanadi. Nonga sariyog‘, yog‘li grechka yoki margarin surtilib kolbasa quyib beriladi.
Murakkab buterbrodlar
(assorti yoki markazcha).
Ta'mi va rangi uzaro uyushadigan va xushxurligini oshiradigan bir necha xil mahsulotlardan tayyorlanadi. Kesilgan go‘sht mahsulotlari, dudlangan mahsulotlar, syemga, syeld filelari va boshqa mahsulotlarni yupqa kesib, konus shaklida urab, ichiga salat yoki mayonyez sardagi yoki kuk nuxat, pishirib chopilgan tuxum solib tayyorlanadi. Ularni bezashda yangi pomidor, bodring, qizil qalampir, redis, sabzi, pishirib chopilgan tu xum, ko‘kat va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bezash oxirida yumshatilgan sariyog‘, xar xil mahsulotli yog‘ bilan qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib nozik bezak beriladi.
Yopiq buterbrodlar (sandvichlar).
Oq baton non qobig‘i tozalanib, ko‘ndalangiga 2 bo‘linib, uzunasiga 0,5 sm. qalinlikda yupqa kesiladi. Non ustidan sariyog‘ surtilib ustidan yupqa kesilgan mahsulot (go‘sht, baliq, baliq, pishlo‘q, va xo‘qazo) quyib, ustidan sariyog‘ surtilgan ikkinchi non bulagi bilan berkitilib yengil bosib qo‘yiladi va kengligi 7-8 sm qilib kesiladi.
Sandvichlar 2 yoki 3 qavatli yoki aralash mahsulotli qilib tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlangan buterbrodlarga bug‘doy uni bulochka - nonchalari bilan tayyorlanadigan dorojniy buterbrodlari kiradi. Buning uchun noncha ko‘ndalangiga o‘rtasidan kesilib, bir cheti uzaro ilinadigan holda qoldirilib kesilgan yuzaga yupqa sariyog‘ surtilib, noncha orasiga yupqa kesilgan mahsulot qo‘yiladi. Mahsulot bilan birga yangi yoki konservalangan achchiq bulmagan qalampir, kuk piyoz va boshqalar yupqa kesib qo‘yilishi mumkin. Mahsulot sifatida pishloq, kolbasa, qovurilgan yoki pishirilgan go‘sht, kotlet va boshqalar ishlatiladi.
Gazak uchun buterbrodlar (kanapelar).
Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar uchun suvi qochgan oq burg‘doy noni yoki qora javdar noni yoki qatlama xamirdan tayyorlangan mahsulot ishlatiladi.
Bir oz suvi qochgan bug‘doy yoki javdar noni qobig‘idan tozalanib qalinligi 1-1,5 sm, kengligi 5-6 sm qilib kesiladi, sariyog‘ yoki margarinda yuzaki qovurilib sovitiladi va yuziga yupqa sariyog‘ surtiladi.
Go‘sht, baliq, pishloq, qolbasa yoki boshqa mahsulotlar kengligi 0,5-1 sm. dan, qalinligi 2-3 mm dan lenta shaklida kesilib tayyorlangan non ustiga qo‘yiladi va ularni orasi ko‘kat, kuk piyoz, pishirib chopilgan tuxum bilan tuldirib bezaladi.
Yana bezash uchun qandolatchilik qopchig‘idan foydalanib sariyog‘, qaymoqlar syetka yoki jimjimador bezaklar ko‘rinishida ham bezaladi.
Buterbrodlarni tayyerlashda bir xil yoki bir necha xil mahsulotlardan foydalanish mumkin. Tarqatishdan avval tayyorlangan buterbrodlar kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak yoki romb shaklida portsiyasiga 2-6 dona hisobida kesiladi. Diametri 4 sm qilib doira shaklida kesilishi ham mumkin. Dobra chetlari syeld. bilan yoki jimjimador kilib, o‘rtasi kuk piyoz, sariyor, chopilgan tuxum, zaytun mevasi va boshqa mahsulotlar bilan bezaladi.
Dars yakuni:
-
Yangi mavzuni mustahkamlash.
-
Uyga vazifa berish.
-
Ish o’rnini yig’ishtirish.
Nazorat savollari:
-
Issiq ichimliklar qanday tayyorlanadi?
-
Ochiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
-
Yopiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
-
Gazak uchun buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
Uyga vazifa:
Uyda o’zlaringiz har xil buterbrodlar va issiq ichimliklar tayyorlab ko’rish.
Shu mavzu yuzasidan referat tayyorlab kelish.
Dars yakunida o’z o’rnini yig’ishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |