“Tasdiqlayman”
21-DMTT direktori
_____Niyazova S. I.
XALQARO OLAMNI ASRASH KUNI
Har yili 19aprel kunida ko’plab mamlakatlarda an'anaga aylangan go’zal bahor bayrami - boychechaklar kuni (The Day ofSnowdrop) nishonlanadi. Tarixi Angliyadan olingan bo’lib, 1984-yildan nishonlana boshlandi. Iqlim zonalarga muvofiq, dunyo bo’yicha boychechaklar yanvar oyidan aprelga qadar gullaydi. Buyuk Britaniyada boychechaklar ochilishi apreloyining o’rtalariga to’g’ri kelganligi sababli bayram shu vaqtga - bahor va issiq quyoshli kunlar boshlanishida, o’tkaziladi. Bu boshqa mamlakatlarda ham sevimli va ommabop bayramga aylandi. Angliyada boychechaklar ommabop gul bo’lib, unga hayajon bilan munosabatda bo’ladilar. Qadimiy ingliz rivoyatiga ko’ra, uy atrofida ekilgan boychechaklaryashovchilarni yovuz ruxlardan asraydi. Boychechaklar - qishki sovuq kunlardan keyin ochilgan ilk gullar bo’lib, kelganbahor ramzi, issiqlikni sovuqlik ustidan qilgan g’alabasini bildiradi, yaxshilikka ishonchni taqdim etadi. Bu gullarshaharga ko’rk qo’shadi, Qo’shma Qirollikda, masalan, Gollandiyada lolalarni ko’paytirish kabi, gullarni qo’paytirish vaparvarishiga alohida e'tibor beriladi. Boychechak lotinchadan tarjima qilinganda - «galyantus» (Galanthus) "sutli gul”ni anglatadi. Bu o’simlik 1 mingyillikdan tanilgan, XIX asrdan boshlab xamma yerlarda o’stira boshlashdi. Bugungi kunda boychechaklar Yer sharini juda ko’p joylarida o’sadi, ularni 20 xili mavjud, ammo xammasi Qizil kitobga kiritilgan. Eng tarqalgan xili qor kabi oppoq boychechak, yana grekcha, vizantiycha va kavkazcha turlari bor Ular shakli, iffori, rangi bo’yicha farq qilsada, barchasi sevimlidir. Har bir mamlakatda u turlicha nomlanadi. Inglizlar uni qor parchasi yoki qor sirg’asi, chexlar - snejinka, nemislar - qor qo’ng’iroqchasi, russlar-podsnejnik deb atashadi. Ruscha nomlanishi gulni qor tagida unib chiqishi, va birinchi issiq kunlar boshlanishi bilan bog’liq. BOYCHECHAK (Gageastipitata) - piyoz-doshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 7-20 sm. Ildiz bo’g’zi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi o’simlikning bo’yiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalami nashtarsimon, poyani bir ozi o’rab turadi. Gul qo’rg’oni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sarg’ish, 5-7 mm uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Changchisi 6 ta, gulqo’rg’oniga nisbatan sal qisqa. Tugunchasi 3 uyali. Ko’sakchasi bandchali, gulqo’rg’ondan 1,5 baravar qisqa. B. bahor darakchilaridan biri. Fevral-mart oylarida gullab, meva beradi. Cho’l va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuprokli yerlarida o’sadi. Boychechaklar Afg’oniston va Eronda ham uchraydi. O’zbekistonning ayrim joylarida za'faron (Crocus alatavicus) va savrinjon (Colchicum liteum) ham Boychechak deb atashadi. Rivoyatlarga ko’ra, qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, afsonalar qaxramoniga aylangan. Afsuski xozirda boychechaklar juda xam kamayib ketmoqda, bunga sabab odamlar gullarni vaxshiylarcha ildizi bilan terishadi. Tabiatda chiroyli bo’lgan gullar, uzulgandan so’ng ko’p yashamaydi. Shu sabab xam boychechaklar Qizil kitobdan joy olgan. Tabiatni asrab, kelajak avlod ham bu boychechaklarni ko’rishi uchun biz ularni asrab-avaylashimiz zarur. Boychechakni faqat ertak va afsonalardan emas, balki hayotimizda ham ko’rishimiz lozim. Mana shuning uchun - Boychechaklar kuni bayrami doim esimizda bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |