Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning alohida bosqichlari yakunlanganda yoki ish butunlay yakunlanganda Ijrochi tomonidan qabul – topshirish dalolatnomasi taqdim etiladi.
Ishning bajarish tartibi, uni rasmiylashtirish va natijalarni taqdim etish quyidagi standartlar va rahbarlik hujjatlari asosida reglamentlanadi:
O‘z DSt 1985:2018 «Axborot texnologiyalari. Axborot tizimlarini ishlab chiqishdagi hujjatlarning turlari, komplektliligi va belgilanishi»;
O‘z DSt 1986:2018 «Axborot texnologiyalari. Axborot tizimlari.
Yaratish bosqichlari» Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti;
O‘zDSt 1987:2018 «Axborot texnologiyalari. Axborot tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriq» Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti;
“Czone” Misgarchilikni,milliy hunarmand mahsulotlarini rivojlantirish platformasini ishlab chiqish, ushbu texnik topshiriqning 5-bandida koʻrsatilgan tartib asosida amalga oshirilishi lozim.
Natijalarni qabul qilish ushbu texnik topshiriqning 6-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim. Ishning natijasi qabul komissiyasi tomonidan baholanadi.
Ishni topshirish-qabul qilish sanasi qabul komissiyasi tomonidan dalolatnoma imzolangan sana hisoblanadi.
Tizimni yaratishdan maqsad va uning vazifalari Dasturiy ta’minot vazifalari va uni ishlab chiqishdan ko‘zlangan maqsad :
“Czone” platformasini yaratishdan asosiy maqsad respublikaning barcha hududlarida milliy hunarmadchilik va mis va mis kandakor mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni sotish bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi va yuridik shaxslarga qulaylik yaratuchi elektron savdo maydonchasini ishlab chishdan iborat . Ushbu loyiha asosiy maqsadi hunarmandchilik mahsulotlarini internet orqali sotish yoki sotib olish faoliyatini avtomatizatsiyalashtirish va tadbirkorlarga o’z mahsulotlarini sotishga yordamlashish asosiy maqsad tariqasida qamrab olinadi. Arzon reklama xizmati orqali, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining mahsulot va brendlarini rivojlantirishga ko’maklashish va o’z bizneslari rivojini oshirishda ko’maklashish.
Czone – platforma qamrovini doimiy tarzda kengaytirib boradi. Ko’rsatilayotgan xizmatlar orqali savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarni o’ziga jalb qilib boradi. Tadbirkorlar o’z mahsulotlari sotuvining 99% daromadlarini doimiy tarzda o’z bank hisob raqamlariga o’tkazish imkoniyatiga egadirlar. Tadbirkorlaga mahsulot xaridlaridan tushugan daromadlari tizim tomonidan belgilangan minimal o’tkazma summasidan oshgandan so’ng o’z hisob raqamlariga pulni o’tkazishga so’rov yuborishadi va tizim administratsiyasi tomonidan ko’rib chiqilgacha so’ralgan summa tadbirkor bank hisob raqamiga o’tkaziladi.
Loyihani amalga oshirishda foydalanuvchilarga tizimdan foydalanish qulay va sodda ko’rinishda gavdalanishi uchun, loyiha web va mobil versiyada taqdim etiladi. Tizim bir vaqtning o’zida ham brouzerlar (Google Chrome, Microsoft Edge, Safari, Firefox va boshqalar) va mobil (IOS va Android operatsion tizimlari ostida) qurilmalarda ishlay olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Loyiha o’z ichida juda ko’plab qulayliklarni qamrab oladi.
Jumladan:
Hunarmandchilik biznesi bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarni internet orqali qamrab olishni rivojlantirish
Hunarmandchilik va mis kandakor mahsiulotlarini bozordadi takliflar miqdori va sifatini oshirish(B2C segmenti)
Oson va qulay tarzda mahsulot uchun yangi mijozlarni jalb qilish.
Tadbirkorlarga mahsulotlari sotuvi uchun arizalar va hadirlar sonining ko’payishi.
Tadbirkorlar va haridorlar uchun onlayn savdoni tashkil etish.
Haridorlar uchun optimal narxlar.
Kerakli mahsulotlarni izlash vaqtini tejash.
Harid qilinayotgan mahsulot uchun keng tanlov.
Mahsulotni harid qilishda ortiqcha muammolarga duch kelmagan holda haridlarni amalga oshirish.
- Tadbirkorlarga oldi-sotdi jarayonlarida cheklanmagan miqdorda ishlab chiqargan hamda tayyor mahsulotlarini ommaga taklif etishlari mumkin;
- Bozor tamoyillari va erkin raqobat muhitini to’liq ta’minlaydi;
- Xaridorlarga sifatli va ishonchli mahsulotlarni sotib olishga sharoit yaratadi;
- Savdo platformasi orqali real vaqt rejimida sotuvchi va xaridorlarning oldi-sotdi muzokaralarini olib borish uchun o’zaro muloqotni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlaydi;
- Mahsulotlar xaridi va to’lov jarayonini ishonchli va har tomonlama xavfsizligini ta’minlaydi.