5-Savol: Zahiriddin ortga bir qara
Ortga bir boq, toki sen omon-
Axir, keyin tushlaringda ham
Bu tuproqni ko’rmog’ing gumon!
Boburning hasrati, armoni ifodalangan she’riy parcha muallifi kim?
Javob: O’zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron
6-Savol: Qaysi ijodkorlar Bobur haqida asar yozgan?
Javob: 1.P.Qodirov 2.B.Boyqobilov 3. X.Sulton.
7- savol: Bobur devonlaridan qaysi biri topilmagan?
Javob: “Kobul devoni”
8-Savol: “Boburnomada” Andijonning qaysi mevalari yaxshi bo’lishi aytiladi?
Javob: Uzum , noshvoti, qovun
9- Savol: Bobur Samarqandni zabt etganda necha yoshda edi?
Javob: 15 yoshda edi.
1-boshlovchi: Bu asarlarni o’qigan sari adibning ibrati, Boburga madad bergan yoqimli tuyg’ular ruhiyatimizda ham ulg’ayotganini his qila boshlaymiz.
2-boshlovchi: Aziz ustozlar, o’quvchilar! Ushbu tadbirimizdan maqsadimiz Bobur asarlaridan olgan taassurotlarimizni bahom ko’rishdir.
1-boshlovchi: Ushbu tadbirimizni ko’rib, sizda ham bobokalonimiz ijodiga qiziqish uyg’onsa, o’ylaymizki, biz o’z niyatimizga yetibmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |