Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
Nutq,muloqot,o’qish va yozish malakalari;
Bilish jarayonining rivojlanishi;
Ijodiy rivojlanish bo’yicha tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berib borilmoqda.Yillik namunaviy (tematik) reja asosida oylarda belgilangan mavzular bo’yicha tarbiyalanuvchilar bilan mashg’ulotlar olib borildi. Menga
Sentyabr, Oktyabr, Noyabr oyining birinchi xaftasida mehnat ta’tili berilgan edi.7 noyabrdan mehnat faoliyatimni boshladim.
Noyabr oyida: Mavzu:«Tpansport», «YHQ», «HXA»
1-hafta. „Havo, suv va yer osti transporti“
2-hafta. „Ehtiyotkor piyoda haftaligi“
3-hafta. „Shoshilinch (tezkor) harakat tizimlari“
4-hafta. „Bizning yaxshi ishlarimiz“.
Dekabr oyida:: Mavzu:«Zumrad qish»
1-hafta. „Zumrad qish“, „Konstitutsiya kuni“
2-hafta. „Sog’lom tanda-sog’ aql“
3-hafta. „Mavsumiy kiyimlar va poyafzallar“
4-hafta. „Yangi yil nima?“.
Noyabr oyida „Tpansport“,„YHQ“, „HXA“ oylik mavzusi bo’yicha turli xil transport turlari va bu sohaga oid bir qancha kasb turlari to’g’risidagi tushunchalari mustahkamlandi. Mavzuga oid so’z boyliklari oshirildi. Tarbiyalanuvchilarga piyodalar yo’l harakati qoidalari tushuntirildi va loy ishi mashg’ulotida plastilindan namuna asosida yo’l harakati belgilari yasaldi.
Tarbiyalanuvchilarga tezkor yordam xizmatlarining telefon raqamlari o’rgatildi.
Kasblar, kattalar mehnatiga hurmatlari shakllandi. Oshxona, savdo do’koni, tibbiyot burchakgi, oshpaz, sotuvchi va shifokor,qo’g’irchoq teatr,avto turargoh burchaklari amaliy tarzda tarbiyalanuvchilarga ko’rsatildi.
Dekabr oyida „Zumrad qish“ oylik mavzusi bo’yicha tarbiyalanuvchilarning davlatimiz bayrami bo’lgan „Konstitutsiya kuni“ haqidagi tasavvurlari kengaytirildi. Qish fasli va uning belgilari, qish oylari haqidagi bilimlari mustahkamlandi. Tarbiyalanuvchilarga sog’lom turmush tarzi va sport turlari bilan tanishtirildi. To’g’ri qaddi-qomatni saqlashga, tashqi orastalikga, o’z-o’ziga xizmat qilish va gigiyena qoidalariga rioya etishga o’rgatildi. Mavsumiy kiyim bosh va oyoq kiyimlar haqida bir haftalik mashg’ulotlar olib borildi.Yangi yil bayrami haqidagi tasavvurlari mustahkamlandi.
Mashg’ulotlarda Murudova Xazina,Nuriddinova Yasmin,Xalimov Damir o’zlarining zukkoligi va bilimdonligi bilan faol ishtirok etdilar.Axtamqulov Ruslan,Toliboev Muhammad,Muhiddinova Gulsevarlar esa imkon qadar yaxshi ishtirok etishga harakat qildilar.
2019-yil 28-dekabr sanasida o’tkazilgan “Yangi yil bayrami“ tadbirida tarbiyalanuvchilar o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
3-guruh tarbiyalanuvchilari Axtamqulov Ruslan, Muhiddinova Gulsevar va Toliboev Muhammadlar bilan mehribonlik uyi logopedi Sultonova Gulshan tomonidan muntazam ravishda mashgulotlar olib borilmoqda.
Tarbiyalanuvchilarni sog’lomlashtirish darajasi malakali shifokor va hamshiralar tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Guruhdagi tozalik ishlari kunduzgi va kechgi yordamchi tarbiyachilar tomonidan„Sanpin 03-11“ yo’riqnomasi bo’yicha olib boriladi.
Tarbiyalanuvchilar doim tarbiyachilar nazorati ostida bo’ldilar.
Kelgusida mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning ta’lim tarbiyasiga,ularning kelajakda barkamol inson bo’lib yetishishlariga hamda yetuk kasb egalari bo’lishida,ularning bilim samaradorligini oshirishda o’z hissamni qo’shishga harakat qilaman.
Tarbiyachi: Urunova Muqaddas
Do'stlaringiz bilan baham: |