Egovni ishlatganda uni tirnoqning chetidan o‘rtasiga qarab ishqalash
maqsadga muvofiqdir, shunda tirnoq uchlari titilib ketmaydi. Tirnoq burchaklarini
qattiq egovlamaslik kerak. Aks holda, teriga shikast yetishi mumkin. Tirnoqni
judayam kalta qilib yuborish ham tavsiya etilmaydi. Uning uchini 2-3 mm qilib
qoldirgan ma’qul.
Tirnoqlarga ishlov berishni chap qo‘ldan boshlagan maqsadga muvofiq.
Chunki o‘ng barmoqlar yumshashi uchun suvda ko‘proq
ushlab turishni talab
qiladi. Tirnoq olishda qaychi o‘rniga keskichning o‘zini ishlatsa ham bo‘ladi.
Tirnoqqa shakl berish va uning qanday uzunlikda bo‘lishini aniqlab olishga
to‘g‘ri keladi. Birinchidan, barmoqning shakli hisobiga olinadi. Tirnoq uzun
bo‘lib, uchi tuxum(oval) shaklda bo‘lsa, kalta va yo‘g‘on barmoqlar ingichkaroq
va uzunroq bo‘lib ko‘rinadi, barmoqlar ingichka va uzun bo‘lsa,
tirnoq uchiga
aylana shakl bergan ma’qul.
Agar mijoz xizmat yuzasidan yoki kundalik faoliyatida bar- moqlarini ko‘p
ishlatadigan bo‘lsa, tirnog‘ini ko‘p o‘stirmagani ma’qul. Usta mijozning tirnog‘iga
shakl berishda tabiiylik va estetik talablardan chetga chiqib ketmaslikni va oval
shaklining afzalliklarini unutmasligi hamda mijozlarga tegishli maslahatlar berish
ustaning burchidir
1.Tirnoqqa tegishili shakl berilgandan keyin “kutikula” deb ataladigan o‘smalarni
olib tashlash lozim. Bu amalni ham chap qo‘ldan boshlagan ma’qul.
2. Tirnoqqa lak surtishda bezaydigan lak surtishdan oldin rangsiz lak surtilsa
tirnoqning bezagi yaxshi yopishib, uzoq muddatga etadi va tirnoq sarg‘ayib
qolmaydi. Lakni avval bosh barmoqqa, keyin jimjiloq barmoqdan boshlab boshqa
barmoqlarga
surtib chiqilsa, rangli lak surtilgunga qadar asosiy lak qotib turadi.
Asosiy lak biroz qotganda keyin, o‘sha tartibda rangli lak surtiladi. Lekin
avvalambor tirnoqning o‘rtasiga, so‘ngra ikki yoniga surtish kerak.
3.Lakni tirnoqqa surtishda mo‘yqalamni uzunasiga tez harakat qildirish lozim. Uni
iloji boricha yupqaroq surtish kerak. Quyuq lakni ishlatmagan yaxshi. Chunki
qalin qilib surtilgan lak tezda yorilib, parchalanadi va to‘kilib ketadi.
4.Endigina surtib qo‘yilgan lak panjalarga tegib
ketmasligi uchun barmoqlar
orasini ochib turish kerak. Lak surtishdan oldin barmoqlar orasiga paxta yoki
paralon qo‘yib, lak qurigan- dan so‘ng olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Agar lozim bo‘lsa
yana bir marta lak surtib qo‘yish mumkin.
5.Undan so‘ng lakni qotiradigan suyuqlikni qotirib qo‘ymas- dan chaqqonlik bilan
surtish kerak.
6.Agar lak chaplashib ketsa, uni ketkazib, quritib, birozdan so‘ng
takroran surtsa
ham bo‘ladi.
7.Tirnoq atrofidagi teriga lak tegib ketsa, tayoqchaning uchiga paxta o‘rab, lak
ketkazadigan suyuqlikka botirib olib, artib qo‘yish kerak.
8.Lak surtilgandan keyin fen bilan quritish, issiq batareyaga tutib turish, shamolda
ushlab turish mumkin emas. U o‘z- o‘zidan qurib qoladi. Aks holda, pufakchalar
va g‘adir-budirlar paydo bo‘lib qolishi yoki oqib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: