“tasdiqlayman ” Bulung’ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori N. Mamadiyarova


-Mavzu: Pedikyur haqida umumiy ma’lumot



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/67
Sana19.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#457129
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Bog'liq
Manikur va pedikyur ishlari texnologiyasi

17-Mavzu: Pedikyur haqida umumiy ma’lumot. 
Reja: 
1.Pedikyur haqida tushuncha
2.Eski lakni ko’chirib tashlash va tirnoqqa shakl berish
3.Oyoq terisini yumshatish. 
Odatda, odamlar qo‘llariga ko‘proq e’tibor berib, oyoqlariga kam e’tibor berishadi. 
Oyoqlarni parvarish qilish, uning ko‘- rinishini yaxshilash bilan birga mijozning 
salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Manikur singari pedikyur ham faqat sog‘lom tirnoqlarda bajariladi. Shuni e’tiborga 
olib, oyoq tirnoqlarida birorta kasallik alomatlari sezilsa, avval ularni davolash zarur. 
Pedikyur deganda oyoqni parvarish qilish tushuniladi, ya’ni barmoqlarni va 
tovonlardagi qavariqlarni ketkazish, tozalash, tirnoqlarni kesib sayqal berish, tirnoq 
atrofida qotib qolgan ortiqcha teri qatlamlarini olib tashlash, teriga kirib qolgan 
tirnoqlarni qirqib olish, uqalash, iliq suvda tutib turish amallari va boshqalar. 
Pedikyurda ham manikur uchun ishlatiladigan asbob-usku- nalar ishlatiladi. Lekin 
oyoq tirnoqlariga ishlatiladigan qisqich baquvvatroq bo‘lishi kerak. Qavariqlarni 
ketkazish uchun maxsus qirgichlar ham ishlatiladi. 
Pedikyur bir nechta bosqichda bajariladi. 
1.
Avvalambor, oyoq terisi va tirnoqlar yumshatib olinadi. Buning uchun maxsus 
vannachaga issiq suv solib, unga sovun kukuni, choy sodasi yoki nashatir spirti 
qo‘shiladi. So‘ngra unga oyoqlarni botirib turish lozim. 15 — 20 minutlardan keyin 
oyoqni yaxshilab sochiq bilan artib quritiladi. Ayniqsa, barmoqlar orasini yaxshi artishni 
unutmaslik kerak. 
2.
Oyoq uchi, tovon va barmoqlar atrofiga krem surtib, qavariqlar yumshatib 
olinadi. So‘ngra maxsus qirgich, pemza yoki maxsus ustara bilan qavariqlar asta-sekin 
qiriladi. Agar qavariqlar yaxshi yumshagan bo‘lsa, ularni ketkazish oson bo‘la- di. 
Qavariqni ketkazish qiyin bo‘lsa, unga 2-3 kunga plastir yopishtirib qo‘yish kerak. 
Tirnoqda lak qoldiqlari qolib ketgan bo‘lsa, ularni ham suyuqlik bilan ketkazish lozim 
bo‘ladi. 
3.
Keyin tirnoqni kirlardan tozalash zarur. Uni uchliroq kurakchada amalga 
oshirish kerak. So‘ngra tirnoq uchlari qis- kich yoki kichkina to‘g‘ri qaychicha bilan 


qisqartiriladi. Agar tirnoq bilan teri yaxshi yumshagan bo‘lsa, bu amal osonlik bilan 
amalga oshiriladi. Mijozning tirnoqlari qalin bo‘lib juda qattiqlik qilsa, ularni yana bir 
marta issiqroq suvda yumshatib, qaychi o‘rniga keskich ishlatish kerak bo‘ladi. 
Tirnoq olganda uchlarini ozroq qoldirib so‘ngra egovcha bilan egovlab yuborib 
qirralari tekislansa, tirnoqlarning etga o‘sib kirishining oldi olinadi. 
Ko‘pincha shunday holat oyoqning asosiy, katta barmog‘ida uchraydi. Katta 
barmoqning tirnoqlari bosim ostida poyafzal uchining qarshiligiga uchrab, barmoqning 
terisiga qayrilib kirib qolishi mumkin. Ba’zan bunday holat terida yiring paydo 
bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. 
4.
Tirnoq teriga kirib qolgan bo‘lsa oyoq terisini yana yumshatish kerak bo‘ladi. 
Buning uchun vannachaga issiq suv solib avval bitta oyoqni, so‘ngra ikkinchi oyoqni 
botirib turiladi. Birozdan so‘ng oyoqlar yaxshilab artilib, barmoqlar atrofiga yog‘li krem 
surtiladi, barmoqning usti va tirnoqlar yaxshilab uqalanadi. So‘ngra tirnoq o‘sishi 
boshlanadigan joydagi yopishib turgan terini kurakcha bilan ko‘tarib, maxsus manikur 
pichoq- chasi bilan kesib olinadi. Tirnoq atroflari, oralari va qavargan joylar pemza bilan 
tozalanadi. 
5.
Beshinchi bosqichda oziqlantiruvchi krem bilan oyoqni uqalab chiqish kerak. 
6.
Tirnoq ustini bezash uchun eski lak qoldiqlarini ketkazib olib, oyoq 
barmoqlari orasiga paxta tiqib qo‘yiladi. Shunday qilinsa barmoqlar bir-biriga tegmay, 
ishlashga qulay bo‘ladi. So‘ngra asosiy, rangsiz lakni surtib, keyin esa xohlagan 
rangdagi bezakli lak surtiladi va maxsus suyuqlik bilan qotiriladi. Tirnoq atrofidagi 
teriga tegib ketgan laklarni ketkazish uchun maxsus tayoqcha uchiga paxta o‘rab, uni lak 
ketkazadigan suyuqlikka botirib olib artib tashlanadi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish