“tasdiqlayman ” Bulung’ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori N. Mamadiyarova


-Mavzu: Tirnoqqa tasvir tushurish



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/67
Sana19.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#457129
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Bog'liq
Manikur va pedikyur ishlari texnologiyasi

 
5-Mavzu: Tirnoqqa tasvir tushurish. 
Reja: 
1.
Tirnoqlarga tasvir tushurish
 
qoidasi

2. Tirnoqlarga tasvir tushurish usuli. 

Tirnoqlarga tasvir tushurishda
 
bezaydigan lak surtishdan oldin rangsiz lak 
surtilsa tirnoqning bezagi yaxshi yopishib, uzoq muddatga etadi va tirnoq sarg‘ayib 
qolmaydi. Lakni avval bosh barmoqqa, keyin jimjiloq barmoqdan boshlab boshqa 
barmoqlarga surtib chiqilsa, rangli lak surtilgunga qadar asosiy lak qotib turadi. 
Asosiy lak biroz qot- ganda keyin, o‘sha tartibda rangli lak surtiladi. Lekin 
avvalambor tirnoqning o‘rtasiga, so‘ngra ikki yoniga surtish kerak. 
Lakni tirnoqqa surtishda mo‘yqalamni uzunasiga tez harakat qildirish lozim. 
Uni iloji boricha yupqaroq surtish kerak. Quyuq lakni ishlatmagan yaxshi. Chunki 
qalin qilib surtilgan lak tezda yorilib, parchalanadi va to‘kilib ketadi. 
Endigina surtib qo‘yilgan lak panjalarga tegib ketmasligi uchun barmoqlar 
orasini ochib turish kerak. Lak surtishdan oldin barmoqlar orasiga paxta yoki paralon 
qo‘yib, lak qurigan- dan so‘ng olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Agar lozim bo‘lsa yana bir 
marta lak surtib qo‘yish mumkin. 
Undan so‘ng lakni qotiradigan suyuqlikni qotirib qo‘ymas- dan chaqqonlik bilan 
surtish kerak. 
Agar lak chaplashib ketsa, uni ketkazib, quritib, birozdan so‘ng takroran surtsa 
ham bo‘ladi. 
Tirnoq atrofidagi teriga lak tegib ketsa, tayoqchaning uchiga paxta o‘rab, lak 
ketkazadigan suyuqlikka botirib olib, artib qo‘yish kerak. 
Lak surtilgandan keyin fen bilan quritish, issiq batareyaga tutib turish, shamolda 
ushlab turish mumkin emas. U o‘z- o‘zidan qurib qoladi. Aks holda, pufakchalar va 
g‘adir-budirlar paydo bo‘lib qolishi yoki oqib ketishi mumkin. 
Tirnoqqa rang tanlashda ham ba’zi narsalarni hisobga olish lozim. U mijozning 
kiyimi yoki lab bo‘yog‘iga mos kelishi kerak. Tantanali kechalarda esa tirnoqni 
xohlagan rangga bo‘yasa bo‘ladi. Kumushrang, tillarang, qora, qizil va hokazo. 
Manikur qilishda tirnoqqa yopishtirib qo‘yiladigan turli shakllaridan foydalanish yoki 


mo‘yqalam bilan har xil gullarning rasmini chizib qo‘ysa ham bo‘ladi. 
Har kuni foydalanish uchun rangsiz, sarg‘ish yoki och qizil rangli laklar to‘g‘ri 
keladi. Ustalar mijozga turli xil zamonaviy shakl va ranglarni tavsiya etishlari 
mumkin. 
Agar mijozning tirnog‘i to‘rtburchak shaklida bo‘lsa, uni aylantirib kesib, 
chetlarini egovlab, o‘rtasiga rangli lak surtib, ikki chekka qismiga oq lak surtib, so‘ng 
lak qotiradigan suyuqlikni surtsa bo‘ladi. 
Uchli bo‘lib qolgan tirnoqlarni oval shaklida egovlab, o‘r- tasiga lak surtib 
qo‘yish ham mumkin. 
Cho‘zinchoq, bodomga o‘xshab ketadigan tirnoqlarning o‘zi yaxshi ko‘rinadi. 
Unga o‘zgartirish kiritmasdan lak surtib qo‘ysa ham bo‘laveradi. 
To‘rtburchak tirnoqlar uzun yoki kalta bo‘lishi ham mumkin. Ularni tekis qilib 
kesib, chetlarini egovlamasdan, tirnoqning butun yuzasiga, yoki faqat o‘rta qismiga 
lak surtsa ham bo‘ladi. 
Agar mijozning tirnog‘i dumaloq shaklida bo‘lsa, uning faqat o‘rtasiga lak 
surtib qo‘yish kerak. 
Surtilgan lak tirnoqning ko‘rishini to‘g‘rilab yuborish mum- kinligini 
unutmaslik zarur. Agar tirnoqning boshidan oxirigacha lak surtilsa, u juda uzun 
bo‘lib ko‘rinadi. Tirnoqning oysimon joyidan ozroq qoldirib bo‘yalsa, tirnoq kaltaroq 
ko‘rinadi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish