«T A S D I Q L A Y M A N».
Maktab o’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ________________
_______________________ 9-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Imperiyaning tashqi siyosati.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga imperiyaning tashqi siyosati haqida tushuncha va ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini oshirishga ko’maklashish.
Tayanch kompitensiya.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
11 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
40 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.“Germaniyani prusslashtirish” iborasining mazmunini izohlab bering.
2.Germaniya sotsial-demokratik partiyasi kimlarning manfaatini himoya qilgan?
3.GSDP mehnatkashlar manfaati uchun kurash yo’lida qanday muvaffaqiyatlarga erishdi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Buyuk Britaniya va Fransiya juda katta mustamlakalarga ega bo’lgan holda Germaniya bunday mustamlakalarga ega emas edi. Germaniya hukmron doiralari “quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi” talabi bilan chiqdilar.
Bismark Germaniyaning xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. 1873-yilda Germaniya Rossiya va Avstriya – Vengriya bilan ittifoq to’g’risida shartnoma - “Uch imperator shartnomasi”ni tuzdi. Bismark yangidan tashkil etilgan fransuz qo’shinini qasos oluvchi qo’shin, deb hisoblay boshladi. Shu tufayli Fransiya hali batamom mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush qilishga shoshilmoqda edi. Biroq, Rossiya bilan Buyuk Britaniya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edi.
Bismark esa ikki frontda urush qilishdan qo’rqardi. Shunday sharoitda u o’ziga ittifoqdosh izladi va tez orada uni topdi ham. Bu Avstriya – Vengriya imperiyasi edi. 1879-yilda Germaniya Avstriya – Vengriya bilan ittifoq tuzdi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya – Germaniya ittifoqiga Italiya qo’shildi. Bunga Italiyaning Fransiya bilan munosabati keskinlashishi sabab bo’ldi. Chunonchi, Fransiya 1881-yilda Italiya da’vo qilib yurgan Tunisni bosib olgan edi. Avstriya – Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarimorolida Rossiya bilan raqobatlashmoqda edi. Shunday qilib, uchta maslakdosh kuchlar birlashib, 1882-yili harbiy ittifoq – “Uchlar ittifoqi”ni tuzishga erishdi. Shu tariqa Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalitsiyaga bosh bo’lib oldi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Germaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi nima edi?
2.Germaniya, Avstriya – Vengriya va Italiya harbiy – siyosiy ittifoqi qay tariqa vujudga keldi?
3.Germaniyaning I jahon urushiga zo’r berib ko’rgan tayyorgarligini misollar bilan asoslang.
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
«T A S D I Q L A Y M A N».
Maktab o’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ________________
_______________________ 9-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli haqida tushuncha va ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini oshirishga ko’maklashish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Tarixiy manba va adbiyotlar bilan ishlash kompitensiyasi.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
40 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash:
1.Germaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi nima edi?
2.Germaniya, Avstriya – Vengriya va Italiya harbiy – siyosiy ittifoqi qay tariqa vujudga keldi?
3.Germaniyaning I jahon urushiga zo’r berib ko’rgan tayyorgarligini misollar bilan asoslang.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Buyuk Britaniya bu davrda ham konstitutsiyaviy monarxiya edi. Biroq, Germaniyadan farqli o’laroq, bu davlatda qirol hokimiyati asosiy rol o’ynamasdi. Buyuk Britaniya qirollari davlat boshlig’I edi, xolos. Ular davlatni amalda boshqarmaganlar. Davlatning ichki va tashqi siyosatini boshqarish parlament tuzadigan hukumat qo’lida edi.
Buyuk Britaniyada qaysi partiya parlament saylovida g’olib chiqsa, shu partiya hukumat tuzar edi. Mamlakatda kuchli ikki partiyaviy tizim qaror topgan bo’lib, ularning biri Konservatorlar, ikkinchisi esa Liberallar partiyasi deb atalardi. Konservatorlar partiyasining asosiy tayanchi yirik zamindorlar va anglikan cherkovi, Liberallar partiyasining asosiy tayanchi esa o’rta sinf vakillari edi.
Konservatorlar partiyasi an’analarga sodiqligi bilan ajralib tursa, Liberallar partiyasi zamon ruhiga mos islohotlar o’tkazish tashabbuskorligi bilan ajralib turardi. Ayni paytda, ularni birlashtiruvchi yagona manfaatlar ham mavjud edi. Bu manfaatlar mushtarakligi asosini Buyuk Britaniyaning dunyoda yetakchi davlat maqomini saqlab qolishga intilishi, mustamlaka imperiyani yanada kengaytirish, dunyo bozorlaridan o’z raqiblarini mumkin qadar ko’proq siqib chiqarishga intilish kabi maqsadlar tashkil etgan.
XIX asr o’rtalariga kelib Buyuk Britaniyada fuqarolik jamiyati asoslari qaror topdi. Bular – so’z, namoyishlar o’tkazish, matbuot erkinligi kabilarda o’z ifodasini topdi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.“Siyosiy tuzum” iborasiga izoh bering.
2.“Kuchli ikki partiyaviy tizim” deyilganda nimani tushunasiz?
3.Fuqarolik jamiyati qanday jamiyat ekanligi haqida o’z fikringizni bildiring.
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
9-SINF JAHON TARIXI YILLIK KONSPEKTI BAHOSI 15
MING SO’M. TO’LIQ
SHAKLDA SOTIB OLISH UCHUN +998913982776 ZAFARBEK ADMIN→ 8600042324788099 VA
+998911098909 AKBARJON ADMIN→8600052950196723 KARTA RAQAMIGA KLIK
YOKI PAYME ORQALI TO’LOV QILASIZ VA TELAGRAM ORQALI BOG’LANASIZ.
Do'stlaringiz bilan baham: |