avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) ― tadbirkorlik subyektlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa
kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlash tizimi.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha
xususiyatlari belgilanishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son)
4. Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, ularning yuridik shaxs
hisoblanadigan alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek, xalqaro va xorijiy
nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo‘lgan tijorat tashkilotlarini
tugatishda qo‘llanmaydi.
5. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari),
vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi,
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta
manzili);
tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish bo‘yicha
barcha vakolatlar unga o‘tadi.
7. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning qaroriga
(arizasiga) ko‘ra amalga oshiriladi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning davlat reyestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin
tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan
hisoblanadi.
9. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy
shaxs esa to‘xtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish
huquqiga ega.
Bunda, tadbirkorlik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha boshlangan tekshiruv
(taftish) belgilangan tartibda yakuniga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |