Tasdiqlash haqida



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana25.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#409820
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
704-сон 21.08.2019

Oldingi

 tahrirga qarang.

Tekshirish  ushbu  bandning

  birinchi  xatboshida 

belgilangan  muddatda  tugallanmagan

taqdirda,  tijorat  tashkilotining  soliqlar  va  yig‘imlar  bo‘yicha  qarzi  tugatuvchi  taqdim  etgan  hisob-

kitoblarga binoan aniqlanadi.



(21-bandning  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi 1-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-

son)

Tekshirish  yakuniga  ko‘ra  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilishi  holatlari  aniqlangan

taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan

hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilmaydi.

22.  Kreditorlar  tomonidan  talablar  taqdim  etilishi  uchun  belgilangan  muddat  tugagach

tugatuvchi  davlat  soliq  xizmati  organi  tomonidan  o‘tkazilgan  tekshirish  natijalarini,  shuningdek,

tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.




Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.

23.  Tugatuvchi  oraliq  tugatish  balansi  tasdiqlangandan  keyin  besh  ish  kuni  mobaynida

tasdiqnomani  olgan  holda  har  qaysi  kreditorlarni  ularning  talablari  e’tirof  etilganligi  yoki  rad

qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan

holda xabardor qiladi.

24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan

kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:

birinchi  navbatda  ―  fuqarolarning  mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib

chiqadigan,  alimentlarni  undirishga  va  mualliflik  shartnomalari  bo‘yicha  pul  to‘lovlariga  doir

talablarini,  shuningdek,  fuqarolarning  hayoti  va  salomatligiga  yetkazilgan  zarar  uchun  tijorat

tashkiloti tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;

ikkinchi navbatda ― Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar;

uchinchi navbatda ― boshqa kreditorlarning talablari.

25.  Kreditorlarning  garov  (ipoteka)  bilan  ta’minlangan  talablarini  qondirish  tijorat

tashkilotining  garovga  qo‘yilgan  mol-mulkini  (garov  predmetini)  belgilangan  tartibda  sotishdan

keyin  tushgan  mablag‘lar  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Ushbu  mablag‘lar  qoldig‘i  kreditorlar

talablarini Nizomning 

24-bandida 

ko‘rsatilgan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.

Agar  garov  (ipoteka)  predmetini  sotishdan  tushgan  summa  kreditorlarning  garov  bilan

ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi

Nizomning 

24-bandida 

belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.

26.  Kreditorlar  bilan  hisob-kitob  qilish  uchun  pul  mablag‘lari  yetarli  bo‘lmagan  taqdirda

tugatuvchi tomonidan:

mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;

tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.

Muomaladagi  cheklangan  mol-mulkni  sotish  yopiq  savdolarda  qonunchilikka  muvofiq

ko‘rsatib  o‘tilgan  mulkka  nisbatan  mulk  egasi  huquqiga  yoki  boshqacha  buyum  egasi  huquqiga

ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.

27. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga

baholash summasida ushbu Nizomning 

24-bandida 

belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk

etib qabul qilish taklif etiladi.

28.  Garovga  qo‘yilgan  mulkni  garov  saqlovchiga  mulk  qilib  berish  “Garov  to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 

29-moddasiga 

hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 

43-

moddasiga 



muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash

summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori

o‘rtasida  tijorat  tashkiloti  foydasiga  hosil  bo‘lgan  tafovut  besh  ish  kuni  muddatida  kreditor

tomonidan to‘lanadi.

29.  Kreditorlar  talablarini  qondirish  muassislar  (qatnashchilar)  tomonidan  tugatilayotgan

tijorat  tashkilotining  bankdagi  hisobvaraqlariga  yo‘naltiriladigan  mablag‘lar  hisobidan  amalga

oshirilishi mumkin.

30.  Kreditorlarning  talablarini  to‘liq  hajmda  qondirishning  mumkin  emasligi  aniqlangan

taqdirda,  tugatuvchi  tijorat  tashkilotini  to‘lovga  qodir  emas  (bankrot)  deb  e’tirof  etish  to‘g‘risidagi

ariza  bilan  iqtisodiy  sudga  murojaat  qilishi  shart.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  to‘lovga  qodir  emas

(bankrot)  deb  e’tirof  etilgan  vaqtdan  boshlab  ixtiyoriy  tugatish  to‘xtatiladi  va  bundan  keyingi

tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

31. Tugatuvchi:

kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida

ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish