II. JAMIYATNING FAOLIYAT SOHASI (ASOSIY YO‘NALISHLARI) VA MAQSADLARI
-
Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliya-ho‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.Jamiyatning asosiy daromadlari divident, ho‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha daromadlardan va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar hisobidan tashkil topadi.
Jamiyat tarkibiga oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar uyushgan a’zo maqomida kirishi mumkin.
Jamiya davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab, yuridik shaxs maqomiga, o‘zining mustaqil balansiga, hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhrga, burchak tamg‘asiga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
-
Quyidagilar Jamiyat faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari hisoblanadi:
meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini
marketing jihatdan tadqiq etish va bu asosda sohani kelgusida rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorda talabgor bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida soha korxonalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar, tayyorlov va savdo tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida tayyorlash, saqlash, chuqur qayta ishlash va savdoni o‘z ichiga olgan hamda qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat xom ashyosini sotuvga qaratilgan zamonaviy logistikani keng joriy etish;
ilg‘or xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
go‘sht, sut, meva-sabzavot va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yuqori samarali inovatsiya texnologiyalarini joriy etish va bu maqsadlarda, strategik xorijiy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
qayta ishlangan meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksportini tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning xalqaro zamonaviy tizimlarini joriy etish;
soha korxonalariga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishini tashkil etishda ko‘maklashish, korxonalarga axborot xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
-
Jamiyat yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatining qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.
-
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
-
Jamiyatning tashqi iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |