XI. JAMIYATNING IJROIYA ORGANI
11.1. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning kollegial ijroiya organi-Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.
Jamiyat boshqaruvi tarkibiga boshqruv raisi, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi ijro organi mas’ul xodimlari kiradi.
Jamiyat boshqaruvi a’zolarining soni 7 (etti) kishidan iborat.
Jamiyat boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizom asosida ish yuritadi.
11.2. Jamiyat boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari Kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi va lavozimga O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.
Jamiyatning boshqaruv raisini saylash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida Kuzatuv kengashi tomonidan saylanishi mumkin.
11.3. Jamiyat Boshqaruvining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Jamiyat Boshqaruvi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
11.4. Jamiyat Boshqaruvining majburiyatlari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishalari loyihasini ishlab chiqish;
Jamiyatni faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Jamiyatning biznes-rejalarini ishlab chiqish;
Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Jamiyat Ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Jamiyat ichki hujjatlarini ishlab chiqish;
Homiylik to‘g‘risida qaror qabul qilish. Jamiyatning homiylik va boshqa beg‘araz yordamlar uchun yillik xarajatlari miqdori o‘tgan yil davomida olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi lozim hamda jamiyatning oldingi hisobot yili uchun biznes-rejaning sof foyda ko‘rsatkichi bajarilgan taqdirda homiylik amalga oshiriladi. Homiylik haqida ijroiya organi va homiylik oluvchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilishi lozim.
Jamiyatning Boshqaruvi qonunchilik, ushbu ustav va “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq boshqa xuquq va vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11.5. Boshqaruv a’zolari quyidagilarga haqli:
Jamiyat boshqaruv yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etish, yig‘ilishda muhokama etilayotgan xar qanday masala muhokamasi bo‘yicha so‘zga chiqish;
Zimmasiga yuklatilgan masalalarni bajarish uchun jamiyat faoliyatiga taalluqli hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish;
Jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Jamiyat faoliyatining yetakchi yo‘nalishlarini aniqlash buyicha takliflar kiritish;
Jamiyat Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish va jamiyatning ichki hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;
Boshqaruv a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11.6. Boshqaruv a’zolarining majburiyatlari:
Jamiyat manfaatini ko‘zlab ish tutish;
O‘z majburiyatlarini u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq tegishli tarzda bajarish;
har oyda Boshqaruv yig‘ilishlarida o‘zlariga yuklatilgan topshiriqlar holati bo‘yicha axborotlar tayyorlash;
Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkora qilmaslik;
Jamiyat tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning saqlanishini ta’minlash;
Jamiyat faoliyatida qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizom va jamiyatning boshqa ichki hujjatlari talablariga rioya etish;
Boshqaruv a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;
11.7. Jamiyat Boshqaruv raisi Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va davlat muassasalarida, mulkchilikning turli shakldagi korxona va tashkilotlarda Jamiyat huquqlarini himoya qiladi.
Jamiyat Boshqaru raisi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining ijro etilishini tashkil etadi;
Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi;
Jamiyat Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun Jamiyat vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda kiritadi;
Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarniJamiyatning Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi yoki Jamiyat auditori talabiga ko‘ra taqdim etilishini ta’minlaydi;
Aksiyadorlarning amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan axborot olish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish, dividentlar to‘lovi bo‘yicha barcha huquqlarga amal qilinishini ta’minlaydi;
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tegishli tarzda oshkora qilishni tashkil etadi;
Jamiyat molg‘mulki va pul mablag‘larini qonun hujjatlarida va Jamiyat ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tasarruf etadi;
Jamiyat nomidan shartnomalar, kontraktlar va boshqa bitimlar tuzadi;
Jamiyat nomidan ishonchnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqami va boshqa hisoblarni ochadi, Jamiyatning hisob-kitob hujjatlari va hisobotlarini imzolaydi;
Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek Jamiyatning rasmity veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga jamiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat statistika va buxgalteriya hisobotini tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;
Shtatlarni tasdiqlaydi, ularni malakali kadrlar bilan to‘liqligini ta’minlaydi;
Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va ularni bekor qiladi;
Rais o‘rinbosarlari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Jamiyat faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ularning vakolatlarini belgilaydi;
Jamiyatning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqaradi, shuningdek o‘z vakolati doirasida yo‘riqnomalar va boshqa ichki hujjatlari tasdiqlaydi;
Jamiyat boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini tasdiqlaydi;
Jamiyat xodimlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaydi;
Xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, lavozim ish haqlari, ularga ustamalarni, turli qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi, Jamiyat xodimlarini rag‘batlantiradi, xodimlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kompensatsiya to‘lovlarini o‘rnatadi;
qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq boshqaruv vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni hal etadi;
11.8. Boshqaruv raisi quyidagilarga haqli:
O‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi;
Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, boshqa tashkilot va organlar bilan o‘zaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi;
Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlarida lavozimga ega bo‘lishi mumkin;
Boshqaruv raisi boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11.9. Boshqaruv raisining majburiyatlari:
Jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish tutadi;
O‘z majburiyatlarini u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq tegishli tarzda bajarish;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishi nazorat qili;
Jamiyatning yillik bizneg‘reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta’minlash;
Jamiyat Kuzatuv kengashi va Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobot berish;
Aksiyadorlarning amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan axborotlarni olish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishilarida ishtirok etish, dividentlar hisoblash va to‘lash bo‘yicha barcha huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tegishli tarzda oshkora etilishini nazorat qilish;
Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarniJamiyatning Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi yoki Jamiyat auditori talabiga ko‘ra taqdim etilishini ta’minlaydi;
Boshqaruv yig‘ilishlarini o‘tkazishni tashkil etadi;
Jamiyat tarkibiy tuzilmalarining samarali hamkorlik yuritishini ta’minlash;
Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati, ishonchliligi, tegishli organlarga yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Davlat statistika va buxgalteriya hisobotini tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning saqlanishini ta’minlash;
Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor etmaslik;
Jamiyatni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimi, tajribasi, malakasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish choralarini ko‘rish;
Mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarni qonuniy hal etilishini ta’minlash;
Qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizom va Jamiyatning boshqa ichki hujjatlari talablariga rioya qilish;
Boshqaruv raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11.10. Boshqaruv raisi har chorakda Jamiyat kuzatuv kengashi oldida Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan hisobot beradi;
Boshqaruv raisi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida moliya yili yakunlarga ko‘ra, Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot beradi.
11.11. Jamiyat Boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat Boshqaruvi majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining a’zolari talabiga ko‘ra ularga beriladi;
Jamiyat Boshqaruvi majlislarini o‘tkazishni Boshqaruv raisi tashkil etadi. Jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda Jamiyat Boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi. Jamiyat Boshqaruvi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.
11.12. Boshqaruv a’zolarining huquq va majburiyatlari tegishincha qonun hujjatlarida, Jamiyat ustavida hamda ularning har biri Jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma Jamiyat nomidan kuzatuv kengashining raisi bilan tuzilgan shartnomada uning Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi oldida berdigan hisobotlarning davriyligi nazarda tutilishi kerak.
11.13. Jamiyat Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisi va boshqa a’zolari bilan tuzilgan shartnomani, jamoa shartnomasini, agar ular jamiyat Ustavini qo‘pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar utkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
11.14. Jamiyatning boshqaruv raisiga, boshqaruv a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori Jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi va shartnomada belgilanadi.
11.15. Homiylik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Jamiyatning homiylik va boshqa beg‘araz yordamlar uchun yillik xarajatlari miqdori o‘tgan yil davomida olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi lozim hamda jamiyatning oldingi hisobot yili uchun biznes-rejaning sof foyda ko‘rsatkichi bajarilgan taqdirda homiylik amalga oshiriladi. Homiylik haqida ijroiya organi va homiylik oluvchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |