Tasdiqlangan



Download 82 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi82 Kb.
#45488
Bog'liq
tanlash

O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
1999-yil 27-iyulda, 59-son bilan
“TASDIQLANGAN”

AUDITORLIK TANLOVI”

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDITNING MILLIY STANDARTI 14-SONLI AMS

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda ro‘yxatidan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 815]

UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.



STANDARTNING MAQSADI

2. Mazkur standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshirilayotgan ma’lumotlar jamlanmasidan tanlash qoidalarini belgilash va bu tarzda olingan ma’lumotlar natijalarini baholash hisoblanadi.



AMAL QILISh SOHASI

3. Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutuvchi auditni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi, bundan tavsiyaviy tusga ega ekanligi to‘g‘ridan to‘g‘riko‘rsatilgan qoidalar mustasno.

4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.

TANLASh TURLARI

5. Tanlash reprezentativ, ya’ni ishonchli bo‘lishi lozim. Bu talab, o‘rganilayotgan jamlanmaning barcha elementlari tanlashda bir xil asosdagi ehtimollikka ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Reprezentativlikni ta’minlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagi usullarning biridan foydalanishi mumkin:

5.1. Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

5.2. Muntazam tanlash. Elementlarni tasodifiy tanlangan sondan boshlab muntazam oraliqda tanlanishini ko‘zda tutadi. Oraliq masofa yo jamlanma elementlarining muayyan sonida yoki qiymatni baholash asosida quriladi.

5.3. Aralash tanlash. Tasodifiy va muntazam tanlashning turli usullari uyg‘unligini ifodalaydi.

6. Auditorlik tashkiloti, tanlash o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha auditorning professional mulohazasi butun jamlanmaga daxldor bo‘lmagan hollarda noreprezentativ, ya’ni ishonchli bo‘lmagan jamlanmani qo‘llashga haqli. Auditor alohida olingan operatsiyalar guruhini yoki tegishli ravishda ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda noreprezentativ tanlashni qo‘llanishi mumkin.

7. Auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha saldo va operatsiyalarning to‘g‘ri aks ettirilganini tekshirishi yoki tekshirilayotgan jamlanmaning elementlari soni juda ham kamligidan statistik usullarning qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli yoki agarda auditorlik tanlashning qo‘llanishi yoppasiga tekshiruv o‘tkazishdan ko‘ra samarasizroq bo‘lganda, nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshirishi mumkin.

8. Mazkur standart, shuningdek statistik usulda tuzilgan tanlashlarga nisbatan ham qo‘llanadi. U auditorlik dalillarini to‘plash uchun ishonchli imkoniyatlarini namoyon etishi lozim.



TANLAShNING TUZILIShI

9. Auditorlik tanlash tekshirilayotgan jamlanmaning 100 foizdan kam bo‘lgan obyektlariga nisbatan auditorlik tartib-taomillari qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday obyektlar deganda schyotlar saldosini tashkil etuvchi elementlar yoki butun tekshirilayotgan jamlanma haqida bir fikrga kelishga imkon beruvchi auditorlik dalillarini yig‘ish uchun schyotlar bo‘yicha aylanmalarni tashkil etuvchi operatsiyalar tushuniladi. Tanlashni tuzish uchun auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobotining aniq bir bo‘limini tekshirish tartibini, tanlash amalga oshiriladigan tekshirilayotgan jamlanmani va tanlash hajmini belgilab olishi kerak.

10. Buxgalteriya hisobotining aniq bir bo‘limi tekshiruvini o‘tkazishni ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshirish maqsadini va bu maqsadlarga erishishga yordam beruvchi auditorlik tartib-taomillarni belgilab olishi kerak. Shundan so‘ng auditor yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlashi, unga zarur bo‘lgan, to‘plash kerak bo‘lgan dalillarni baholashi va shuning asosida ko‘rilayotgan ma’lumotlar jamlanmasini belgilashi kerak.

11. Auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani shu tarzda aniqlashi kerakki, u auditning maqsadiga muvofiq kelsin. Jamlanma muayyan tarzda identifikatsiya qilinadigan birliklar to‘plamidan tashkil topishi kerak. Auditorlik tashkiloti jamlanma elementlarini tanlashni o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi samarali va tejamkorlik tarzida o‘tkazadi.

12. Tanlashni o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganilayotgan jamlanmani, har birining elementlari o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan, alohida guruhlarga (“jamlanma bo‘laklari”ga) ajratishi mumkin. Jamlanmani bo‘lish (ajratish) mezonlari shunday bo‘lishi kerakki, har qanday element bo‘yicha, u qanday jamlanma bo‘lagiga tegishli ekanligini aniq ko‘rsatish mumkin bo‘lsin. Stratifikatsiya deb nomlanuvchi mazkur tartib-taomil, ma’lumotlar tarqoqligini (variatsiyani) kamaytirib, auditorlik tashkilotining ishini yengillashtirishga imkon beradi.

TANLASh RISKI

13. Tanlashning hajmi (o‘lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash riskini, yo‘l qo‘yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak.

14. Tanlash riski shundan iborat bo‘ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida tuzilgan, muayyan masalalar bo‘yicha fikri, xuddi shu masalalar bo‘yicha butun jamlanmani o‘rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan o‘tkazishda ham, buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha aylanmalarni va saldolarning to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Auditorlik amaliyotida nazorat tizimi testlari va schyotlar bo‘yicha aylanmalar hamda saldo to‘g‘riligini tekshirishda birinchi va ikkinchi tur risklari farqlanadi.

14.1. Nazorat vositalarini testdan o‘tkazishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi:

14.1.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa tizim haqiqatda ishonchli bo‘lgan holda, to‘g‘ri farazni rad etish riski.

14.1.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tizimning ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa nazorat tizimi zaruriy ishonchlilikka ega bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski.

14.2. Schyotlar bo‘yicha aylanmalar va saldoning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks etganligini sinchiklab tekshirishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi:

14.2.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega ekanligidan dalolat berib, aslida esa jamlanmada bunday xatolar bo‘lmagan holda, to‘g‘ri farazni rad etish;

14.2.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega emasligidan dalolat bersa, aslida esa jamlanma jiddiy xatoga ega bo‘lgan holda noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski.

15. To‘g‘ri farazni rad etish riski auditorlik tashkiloti tomonidan yoki tanlash o‘tkazish natijasida uning hisob-kitobida xato borligi aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha ishlarni bajarishni talab etadi. Noto‘g‘ri farazni qabul qilish riski auditorlik tashkiloti ishi natijalarini shubha ostiga oladi.

16. Tanlashning o‘lchami auditor tomonidan ruxsat etiladigan deb hisoblanadigan xato miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik bo‘lsa, tanlashning zaruriy o‘lchami shunchalik katta bo‘ladi.

17. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. Yo‘l qo‘yiladigan xatoning miqdori qancha kam bo‘lsa, auditorlik tanlashning hajmi shuncha katta bo‘lishi kerak.

17.1. Nazorat tizimi vositalarini testdan o‘tkazishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish bosqichida aniqlagan nazorat tartib-taomillaridan maksimal darajadagi chetlanish hisoblanadi.

17.2. Schyotlar bo‘yicha saldo va aylanmalar to‘g‘riligini tekshirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato deb saldoda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi maksimal xato hisoblanadi va bunga auditorlik tashkiloti yo‘l qo‘yilishiga rozi bo‘ladi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma ta’siri, auditorlik tashkiloti uchun buxgalteriya hisobotlari muhim xatolardan xoli ekanligini yetarlicha ishonchli darajasida tasdiqlash imkonini beradi.

18. Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday xatolarning umumiy miqdori yo‘l qo‘yiladigan xatoning o‘lchamidan oshmasligini tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi kerak. Agar auditor jamlanma xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik o‘lchamdagi tanlashdan foydalanadi.

TANLASh NATIJALARINI BAHOLASh

19. Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkilotining quyidagilarga majbur:

19.1. Tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil etish;

19.2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga tatbiq etish;

19.3. Tanlash risklarini baholash.

20. Tanlashga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim.

20.1. Tanlashni shakllantirishda u qanday aniq maqsadlarni ko‘zlab o‘tkazilayotganini ta’riflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga muvofiq ravishda baholash lozim. Agar ko‘zlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan bo‘lsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil auditorlik tartib-taomillarini o‘tkazishi mumkin.

20.2. Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, ya’ni ularning mohiyati va ularni yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa uchastkalariga ta’sirini aniqlashi mumkin.

Aniqlangan xatolarni tahlil qilayotganda auditorlik tashkiloti, ular operatsiya turlari, ishlab chiqarish birliklari va bo‘linmalari bilan, ular uchun topilgan xatolarning kelib chiqish vaqti va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy belgilarga egaligi to‘g‘risida xulosaga kelishi mumkin. Bu holda auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan jamlanmani, tegishli belgilariga ko‘ra jamlanmani guruhlarga bo‘lishi va har birini alohida tekshirishi mumkin, bu esa aniqroq natijalarga erishishga imkon beradi.

21. Auditorlik tashkiloti tanlashlar bo‘yicha olingan natijalarni butun tekshiriladigan jamlanmalarga tatbiq etishi shart. Tanlash natijalarini butun jamlanmalarga tatbiq etish usullari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ular doimo tanlashni tuzish usullariga muvofiq kelishi lozim. Agar jamlanma tegishli ravishda jamlanma bo‘laklariga ajratilgan bo‘lsa, uni tatbiq etish ham ularning har biriga nisbatan amalga oshirilishi kerak.

22. Auditor tekshiriladigan jamlanmadagi xato yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun auditor tatbiq etish vositasida olingan jamlanma xatolarini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xato bilan solishtiradi. Agar birinchi xato yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgandan ortiq bo‘lsa, auditorlik tashkiloti tanlash xatolarini takroran baholashi lozim. Agar ularni nomaqbul deb topsa, u holda auditorlik tartib-taomillari doirasini kengaytirishi yoki o‘tkazilganlariga muqobil bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarini qo‘llashi kerak.

23. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalarini tahlilini majburiy tartibda ishchi hujjatlarida aks ettirishi kerak.



KUChGA KIRISh SANASI

24. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yil 1-yanvaridan kuchga kiradi.


Auditorlik tanlash tushunchasi.

Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvoli-ning auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. CHunki, agar auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.

Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.

Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qilishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.

Agar tekshiriladigan to’plam elementlarining soni statistik tanlash usullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.

Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linmalari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.

Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.

Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir.

Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.

O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Тanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:



  1. Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish

  2. Mohiyatan tanlab tekshirish.

Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Тekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralarni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.

Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mo-hiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.

Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga erishishni ta’-minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.

Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  • tanlash ko’lami;

  • kuzatish birligi;

  • tanlash birligi;

  • tanlash uslublari;

  • saylab olish hajmi;

  • salmoqli (reprezentativ) tanlash;

  • tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.

Тekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. CHunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi.

Тekshiriladigan toplam – bu ma’lum elementlar yig’in-disidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.

Тekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilarhujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yilgan) sum-madan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami tekshiriladigan toplam bo’lib hisoblanadi.

Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Тanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Тanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.
9. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini

shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash.

Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Хususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mo-hiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Ularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.

Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Тekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi.

Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Тekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.

Тanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o’xshaydi. Тo’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z navbatida auditor ishini yengillashtirishi mumkin.

Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri - reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:



  1. Тasodifiy tanlash. Тasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.

  2. Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy – intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.

  3. Uyg’unlashgan tanlash. Тasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.

Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.

Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda qo’llanilishi mumkin. CHunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol yetkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol yetkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqam-lari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida).

Тekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Тanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.

Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:



  • tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;

  • tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);

  • tanlash risklarini baholash.

Тanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.

Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga oshiriladi.

Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.

Тanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Тanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.

Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi turlari mavjud:

a) birinchi toifa risklar -tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash riski;

b) ikkinchi toifa risklar -tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish ehtimoli.

Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:



a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;

b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.

Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish