342
Guruh faoliyatining samaradorligi uchun har ikkala liderlik shakli mavjud
bo`lishi kerak.
Xususiyatlar nazariyasiga
ko`ra liderlikning asosiy determinanti noyob
liderlik sifatlariga ega bo`lishdir. Bu nazariyaga ko`ra ayrim odamlar tug`ma liderlik
sifatlariga ega bo`ladilar. Shuning uchun ham bu nazariyaning
yana bir nomi -
harizmatik nazariya
deb ataladi.
Interaktiv nazariyaga
binoan har qanday guruhda liderlikni kim zimmasiga
olishini bashorat qilish mumkin. Buning uchun guruh ag’zolari harakteristikasi,
vujudga
kelgan vaziyat, bajarilayotgan vazifa, shuningdek liderlikka nomzodning
individual-psixologik xususiyatlarini o`rganib, hisobga olish kerak.
Vaziyat nazariyasi
tadqiqotchilari (amerikalik tadqiqotchi F.Fidler)
fikriga
ko`ra «vazifaga mo`ljal olgan» yoki «odamlarga mo`ljal olgan» lider faoliyatining
samaradorligi guruhdagi sharoitga bog`liqdir. Liderlik funksiyasini amalga oshirish
uchun o`ta qulay va o`ta noqulay sharoitlarda «vazifaga mo`ljal olgan» lider katta
natijalarga erishadi. O`rtacha qulay vaziyatlarda esa «odamlarga mo`ljal olgan» lider
ustunlikqiladi.
Liderlik - guruh funksiyasidir, uni guruh maqsadlari va vazifalarini
hisobga olgan holda o`rganish kerak.
Quyidagi namunalarga e’tibor bering. Ushbu misollarda boshqariluvchi
ko’nikma tez-tez takrorlanuvchi jarayon bo’lib qolishiga moyilligi yuqoridir:
Yetti yoshli bola yonida o’tirgan qizga qarab beg’ubor tabassum qiladi
(boshqariluvchi). Ular atrofida o’tirgan sinfdoshlari javob tariqasida qiqirlab
kulishadi (kuchaytiruvchi).
Bog’cha bolasi o’qituvchining hikoya haqidagi savoliga javob berish
uchun qo’lini ko’taradi (boshqariluvchi). O’qituvchi javoban uni chaqiradi va javob
berishiga ruxsat beradi (kuchaytiruvchi).
Bolalardan yana biri ruxsat olmasdan javob bera boshlaydi
(boshqariluvchi). O’qituvchi qovog’ini solidi, uning javobini inobatga olmaydi, lekin
o’qituvchi boshqa o’quvchilardan yana so’rashidan oldin, ular o’sha bolaning
javobini diqqat bilan eshitayotgan bo’lishadi qo’lini ko’tarmagan bo’lsa ham
(kuchaytiruvchi).
O’n ikkinchi darajali, yengil atletika jamoasining a’zosi mashg’ulotlar
davomida 1 mil yuguradi (boshqariluvchi). So’ngra u tezligidagi o’zgarishni –
jamoaga qo’shilgan paytidagi tezligi va hozirgi paytdagi tezligidagi o’zgarishlarni
yozib yuradi (kuchaytiruvchi).
Doim tashvishi bor o’quvchi nazorat ishini besh daqiqada yozib
tugatadi (boshqariluvchi). Yordamchi o’qituvchi bo’lsa uni o’zingnii ustingda
qattiqroq shug’ullanishing kerak deydi (kuchaytiruvchi).
O’ylaymanki ushbu namunalar boshqariluvchi ko’nikmaning asosiy to’rtta
sabablarini yoritib beradi.
Birinchidan, jarayon javobiy ko’nikmaga nisbatan sinf muhitida keng
qo’llaniladi. Albatta bu fakt o’quvchining bilim salohiyatidagi baholar
o’zgarishlariga (baholari, yutuqlari) bog’liq bo’lgan o’qitish natijalarida
qo’shimcha ma’no kasb etadi.