5. Savdo dasturi, sotish tashkiloti
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati O’zbekiston Respublikasi ichki bozorlarida, barqaror ish yillari davomida qurilish-o’rnatish ishlari hajmining bajarilish sifat ko’rsatkichlari bilan uzoq vaqt aloqalarda qo’shma hamkorlikdagi doimiy biznes hamkorlariga ega.
6. Mehnat va ish haqini tashkil qilish
Tashkilot mustaqilligi, boshqaruvdagi operativlik, ishlab chiqarish va ishlarning sifati va samaradorligini oshirishda Korxona har bir xodimning mehnat ishtirokidagi daraja miqdorini qo’llagan holda jamoaviy shakli bo’yicha mehnat ish haqi to’lovini amalga oshiradi. Ustaxonalarda mehnat ishtirokidagi darajasining belgilangan qarori Boshqaruv yig’ilishida ko’p sonli ovoz bilan qabul qilinadi va Boshqaruv Kengashi bayoni bilan ro’yxatga olinadi.
Qo’shimcha daromadning taqsimi (qo’shimcha foyda) kafolatlangan fond va mehnat ishtirokidagi darajasi ishtirokchilariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati xodimlarining oylik ish haqi fondi Boshqaruv kengashi tomonidan butun korxona bo’yicha qurilish-o’rnatish ishlar bajarilishidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mehnat ishtirokidagi darajasi ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanilishi, shuningdek Boshqaruv Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Qo’shimcha daromadning qiymati (qo’shimcha foyda) butun korxona bo’yicha har oylik ish haqiga tegishli qoldiq qismi hisobida belgilanadi.
Mehnat ishtirokidagi darajasi (qo’shimcha foyda) bo’yicha Boshqaruv Kengashi qarori tuzilmaviy bo’linmalar va butun korxona uchun yakuniy xulosa hisoblanib, faqat shu Kengash tomonidan o’zgartirish kiritilishi mumkin. Mehnat ishtirokidagi darajasiga o’rnatilgan qiymati mo’ljallangan natijalar bo’yicha o'sha oyda amal qiladi.
Ishchi xodimlar, sanoq tarkibi 01.01.2016 yil holatida 223 kishidan iborat bo’lib, turkum va razryadlari bo’yicha quyidagi suratlarda taqsimlangan:
1 razryad - 19 kishi
2 razryad – 3 kishi
3 razryad – 32 kishi
4 razryad – 46 kishi
5 razryad – 43 kishi
6 razryad – 14 kishi
O’rnatish va profilaktik sinov muhandislari – 22 kishi
Haydovchilar – 28 kishi
Barcha ishchi korxonalar tashkiliy belgilari va to’lov tamoyili bo’yicha jamoalarga guruhlangan.
Xizmat usullari yoki vaqtlarni ro’yxatga olish sarhisobi sharoitlarida 123 nafar xodim ishlab kelmoqda.
Korxonada, yomon sharoitlarda 33 nafar xodim ishlagani bois, ularning oylik maoshlariga qo’shimcha ish haqi to’lanadi.
Aksiyadorlik Jamiyati xodimlariga to’lanadigan ish haqi (soatbay ish haqi miqdorlari) “Uzbekneftgaz” MXK tizimida ish haqi to’lash bo’yicha Yagona tarif tizimiga muvofiq faoliyat turlaridagi darajalari orqali farqliklarga asoslangan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |