«tasdiqlandi»



Download 54,05 Kb.
bet7/9
Sana04.02.2022
Hajmi54,05 Kb.
#430093
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yangi ishchi dastur -2020

Yakuniynazoratsavollari
1.Yosh psixologiyasi fani qaysi fanning ilmiy asosini tashkil etadi?
a) umumiy psixologiya; b) ijtimoiy psixologiya; c) pedagogik psixologiya; d) psixofiziologiya.
2.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda ko‘pincha qaysi metod qo‘llanadi?
a) so‘rov; b) faoliyat mahsulini o‘rganish; c)test; d) sotsiometriya.
3.Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi?
a)kuzatish va eksperiment; b)so‘rov va test; c)sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish; d)uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim.
4.B.G.Ananev taklif etgan tasnifga ko‘ra Yosh psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda keng qo‘llanuvchi suhbat, so‘rov, test kabi meetodlar qanday metodlar guruhiga kiradi?
a) tashkiliy metodlar; b) empirik metodlar; c) natijalarni qayta ishlash metodlari; d) interpretatsion metodlar.
5.Gerontopsixologiya Yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bo‘lib hisoblanadi?
a) bolalik davri psixologiyasi; b) o‘smirlik davri psixologiyasi; c) etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.

6.Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani o‘rganadi?


a) turli Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari; b) o‘quv jamoasidagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi; c) o‘qituvchi faoliyati psixologiyasi; d) b va s javoblar to‘g‘ri.
7.Akmeologiya Yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi?
a)bolalik davri psixologiyasi; b) homila davri psixologiyasi; c)etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.
8.“Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy Yosh psixologiyasi fanining asoschisi bo‘lib hisoblanadigan olim kim?
a) U.Djems; b) V.Preyer; c) K.D.Ushinskiy; d) J.J.Russo.
9.Qaysi davrgacha Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan?
a)XIX asrgacha; b)XVII asrgacha; c)XIX asr o‘rtalarigacha; d)XVIII asrgacha.
10.A.Navoiyning qaysi asarida inson umrini Yosh davrlariga ajratishning o‘ziga xos tasnifi keltirilgan?
a) “Mahbubul-qulub”; b) ”Lisonut-tayr”; c) ”Mezonul-avzon”; d) “Hazoyinul-maoniy”.
11.V.Preyerning “Bola ruhiyati” asari qachon va qaerda nashr etilgan?
a) 1889 yil, Fransiya; b) 1888 yil, Angliya; c) 1888 yil, Germaniya; d) 1887 yil, AQSH.
12.Quyidagi olimlarning qaysi biri “Odamtarbiya predmeti sifatida”asarining muallifidir?
a)U.Djems; b)K.D.Ushinskiy; c)P.F.Kapterev; d)J.J.Russo.
13.Quyidagi olimlardan kimning psixik rivojlanish haqidagi ilmiy qarashlari kognitiv yondashuvga asoslangan?
a) E.Erikson; b) J.Piaje; c) Z.Freyd; d) S.Xoll.
14.Rekapitulyasiya nazariyasida 4 Yoshdan 12 Yoshgacha psixik rivojlanish davri insoniyat tarixidagi qanday davrga o‘hshatiladi?
a) yovvoyilik davri; b) ovchilik davri; c) chorvadorlik davri; d) dehqonchilik davri.
15.V.SHtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?
a) psixik rivojlanishda irsiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; b) psixik rivojlanishda ijtimoiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; c) psixik rivojlanishda shaxs faolligi hal qiluvchi ahamiyatga ega; d) psixik rivojlanishda irsiy va ijtimoiy omilning o‘zaro yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
16.Bola psixik taraqqiyotining etakchi omili sifatida L.I.Bojovich qanday ehtiyojni ta’riflaydi?
a) xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; b) shaxsiy imkoniyatlarni namoyon etishga bo‘lgan ehtiyoj; c) yangi taassurotlarga bo‘lgan ehtiyoj; d) e’tibor qozonishga bo‘lgan ehtiyoj.
17.Etakchi faoliyat haqidagi ta’limot qaysi olimning ilmiy qarashlariga asoslanadi?
a) K.D.Ushinskiy; b) D.B.Elkonin; c) L.I.Bojovich; d) P.YA.Galperin.
18.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (o‘zaro to‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi?
a) psixoanaliz; b) bixeviorizm; c) madaniy-tarixiy konsepsiya; d) faoliyat nazariyasi.
19.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birining ishlab chiqilishi P.YA.Galperin nomi bilan bog‘liq?
a) tarixiy-madaniy konsepsiya; b) munosabatlar nazariyasi; c) etakchi faoliyat haqidagi nazariya; d) aqliy harakatlarning bosqichma bosqich shakllanishi haqidagi nazariya.
20.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
a) mustaqil bajara oladigan amallar; b) umuman bajara olmaydigan amallar; c) kattalar yordamida bajara oladigan amallar; d) bajarishni hoxlamaydigan amallar.
21.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi haqidagi g‘oya qaysi ta’limot doirasida ilgari surilgan?
a) faoliyat nazariyasi; b) munosabatlar nazariyasi; c) ustanovka nazariyasi; d) tarixiy-madaniy konsepsiya.
22.L.Kolbergning ahloqiy rivojlanish nazariyasiga ko‘ra konvensional ahloq bosqichi taxminan qaysi Yoshga to‘g‘ri keladi?
a) 0-4 Yosh; b) 4-10 Yosh; c) 10-13 Yosh; d) 13 Yoshdan katta Yosh.
23.D.B.Elkoninning etakchi faoliyat haqidagi nazariyasiga muvofiq “odam-buyum” munosabat tizimi ko‘proq qaysi Yosh davrlari uchun xos bo‘ladi?
a) go‘daklik, ilk bolalik, o‘spirinlik; b) maktabgacha Yosh davri, kichik maktab Yoshi, o‘smirlik; c) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi, o‘spirinlik; d) kichik maktab Yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik.
24.Psixik rivojlanishning qaysi bosqichi psixoanaliz ta’limotiga ko‘ra psixologik va jinsiy rivojlanishning oxirgi to‘rtinchi bosqichi hisoblanadi?
a) oral bosqich; b) anal bosqich; c) latent bosqich; d) genital bosqich.
25.Ontogenezni filogenezning qisqa va siqiq shaklda takrorlanishi deb tushuntiradigan ta’limot qaysi?
a) psixoanaliz; b) genetik epistemologiya ; c) rekapitulyasiya; d) tarixiy-madaniy konsepsiya.
26.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan nazariyaga ko‘ra inson psixik rivojlanishi davomida qaysi Yosh davrida rollarning chalkashuvi xavfi kuchayadi?
a) 3-6 Yosh; b) 6-12 Yosh; c) 13-18 Yosh; d) 20-25 Yosh.
27.J.Piajening intellektual faoliyat taraqqiyoti haqidagi nazariyasida “ramziy (simvolik) intellekt” aqliy rivojlanishning qaysi bosqichiga xos deb hisoblanadi?
a) sensomotor intellekt bosqichi; b) konkret operatsiyalar davri; c) formal operatsiyalar davri; d) barcha bosqichlar uchun xos.
28.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan ta’limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib ko‘rsatiladi?
a) 6 ta; b) 8 ta; c) 4 ta; d) 3 ta.

29.J.Piaje tomonidan ilgari surilgan ta’limotga ko‘ra mavhum tushunchalar bilan mulohaza yurita olish qobiliyati qaysi bosqichda rivoj topadi?


a) formal operatsiyalar bosqichi; b) konkret operatsiyalargacha bo‘lgan bosqich; c) konkret operatsiyalar bosqichi; d) sensomotor intellekt bosqichi.

30.J.Piajening inson intellekti taraqqiyotini tushuntirib beruvchi ta’limotiga ko‘ra sensomotor intellekt bosqichi Yosh davrlarining ana’naviy tasnifiga ko‘ra qaysi davrga to‘g‘ri keladi?


a) go‘daklik; b) ilk bolalik; c) maktabgacha Yosh davri; d) kichik maktab Yoshi.

31.Insonning shakl o‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?


a) konservatsiya; b) klassifikatsiya; c) seriatsiya; d) tranzitivlik.

32.Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?


a) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi; b) maktabgacha Yosh davri, o‘smirlik; c) o‘smirlik, o‘spirinlik; d) go‘daklik, o‘smirlik.

33.Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?


a) psixik rivojlanish davomida turli psixik funksiyalar taraqqiyotining notekis kechishi; b) nisbatan sust rivojlangan psixik funksiyalar vazifasining qisman boshqa funksiyalar tomonidan bajarilishi; c) psixik funksiyalar o‘zaro aloqadorlikda taraqqiy etishi; d) psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi.
34.Hozirda fanda ma’lum Yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
a) tug‘ilish davri inqirozi; b) jinsiy etilish davri inqirozi; c) 3 Yosh inqirozi; d) 7 Yosh inqirozi.

35.Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida ro‘y berishini isbotlaydi?


a) kumulyativlik qonuniyati; b) geteroxronlik qonuniyati; c) senzitivlik qonuniyati; d) kompensatsiya qonuniyati.

36.Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi Yosh davrida etakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi?


a) go‘daklik davri; b) ilk bolalik davri; c) maktabgacha Yosh davri; d) kichik maktab Yoshi.

37.Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi?


a) 1-trimestrda; b) 2-trimestrda; c) 3-trimestrda; d) embrional rivojlanishning hech bir bosqichida bunday hodisa kuzatilmaydi.

38.YAngi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi?


a) ko‘rish, hid bilish, eshitish; b) teri tuyish, ko‘rish, ta’m bilish; c) eshitish, ta’m bilish, hid bilish; d) hid bilish, teri tuyish, ta’m bilish.

39.Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?


a) 1 oy; b) 3 oy; c) 5 oy; d) 7 oy.

40.Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri go‘daklik davrining 3-4 oylarida paydo bo‘ladi?


a) tovush yo‘nalishini payqash; b) musiqiy tovushlarni harakatlar faollashuvi bilan qarshi olish; c) nutq tovushlarini farqlay bilish; d) nutq ohangini payqay boshlash.

41.Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?


a) chaqaloqlik; b) go‘daklik davri; c) ilk bolalik davri; d) maktabgacha Yosh davri.

42.Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni o‘z vazifasiga muvofiq qo‘llay boshlaydi?


a) ilk bolalik davri; b) chaqaloqlik davri; c) go‘daklik davri; d) maktabgacha Yosh davri.
43.Bolalar ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
a) chaqaloqlik; b) go‘daklik davri; c) ilk bolalik davri; d) maktabgacha Yosh davri.

44.Psixik rivojlanish davomida ro‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa qaysi Yosh bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi?


a) maktabgacha Yosh davri; b) tug‘ilish davri inqirozi; c) ilk bolalik; d) go‘daklik.

45.Bolada nutqning rivojlanishi “so‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta so‘zda ifodalanadigan davr taxminan qaysi Yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi?


a) 6 oy-1 Yosh; b) 1-1,5 Yosh; c) 1,5-2 Yosh; d) 2-2,5 Yosh.

46.Ikki Yoshga etgan bolaning faol so‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta so‘zni o‘z ichiga oladi?


a) 10-20 ta; b) 50-100 ta; c) 200-300 ta; d) 500-1000 ta.

47.Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 Yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin?


a) ovoz ohangini farqlay olish; b) onani boshqa odamlardan farqlay bilish; c) muloqotda so‘z-gaplardan foydalana boshlash; d) biror narsa-buyumga nisbatan bir necha xil so‘zni ishlata olish.

48.Psixologiyada “tirilish kompleksi” sifatida ta’riflanadigan hodisa boladagi qanday ehtiyojning ifodasi deb tushuniladi?


a) oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; b) kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj; c) bilishga bo‘lgan ehtiyoj; d) yolg‘iz qolishga bo‘lgan ehtiyoj.

49.Yig‘layotgan bolaning uzoqdan onasi ovozini eshitgach yig‘idan to‘xtashni boshlaydigan davr psixologiyada qanday nom bilan yuritiladi?


a) “xaloskor ona”; b) “umidning tug‘ilishi”; c) “yig‘ining najotkor tili”; d) “masofaviy murojaat”.

50.Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bo‘lgan ehtiyojining etarlicha qondirilmasligi psixologiyada qanday ataladi?


a) sensor deprivatsiya; b) kognitiv deprivatsiya; c) emotsional deprivatsiya; d) sotsial deprivatsiya.



Download 54,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish