Terrorizm (lotincha – «qo‗rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qo‗rquv uyg‗otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‗ravonlikdan hamda zo‗ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. SHunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo‗ravonlik yo‗li bilan qo‗rqitish, hatto uni jismonan yo‗q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo‗lsa, u holda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bo‗lmay, bugungi kungacha asrlar qo‗ynidan etib kelgan, deb
hisoblash mumkin. O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta‘rif berilgan: «Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur etkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‗rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‗rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‗diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo‗lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta‘minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‗maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‗-vositalar va resurslar berish yoki yig‗ishga, boshqa xizmatlar ko‗rsatishga qaratilgan faoliyat». YUqorida keltirilgan ta‘riflarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta‘kidlangan
Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati?
Dinlararo bagrikenglik yuyasi — xilmaxil diniy e‘tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi"1. Din qadimqadimdan aksariyat ma‘naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularni birbirlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik yuyalariga asoslanadi, yaxshilik tinchlik do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik mehrshafqat va barrikenglikka da‘vat etadi. Hozirgi zaminda bu g‘oya ezgulik yo‘lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a‘zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azalazaldan diyorimizda turli diniy ta‘limotlar yonmayon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdishdir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasiga amal qshgab yashab kelganlaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shartsharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘grisida"gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo‘lib, ular aslida birbirlariga zid emas.
Kibermakon va din?
Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‗llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‗ziga xos ko‗rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub‘ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‗i orqali bir-biri bilan bog‗langan va bir vaqtning o‗zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma‘lumotlariga o‗ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‗lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‗unchilikni sodir etishga bo‗lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‗z g‗arazli maqsadlari yo‗lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
YOshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta‘sir va tazyiqlarning bosh ob‘ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo‗lmagan, tashqi ta‘sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. YOshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‗lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo‗lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma‘naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‗rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‗l urgan bo‗lasan, kerak bo‗lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e‘tibor berilayotganini ko‗rsatadi. «YOshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‗lishini aytib beraman», - deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. SHu nuqtai nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar ham jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‗zlab ish yuritmoqda deyish mumkin. Ayniqsa, g‗oyalar kurashi avj olgan bugungi kunimizda yoshlar ma‘naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan
ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uyg‗otmoqda. SHuning bilan birga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinish ba‘zan mudhish holatlarning yuz berishiga olib kelmoqda. Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida e‘tibor bilan qaralgan. Mamlakatimizda sog‗lom va ma‘naviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan etuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash hamda voyaga etkazish maqsadida 2000 yilni «Sog‗lom avlod yili», 2001 yilni «Onalar va bolalar yili», 2008 yilni «YOshlar yili», 2010 yilni «Barkamol avlod yili», 2014 yilni «Sog‗lom bola yili» va 2016 yilni «Sog‗lom ona va bola yili» deb e‘lon qilingani ham buning yana bir yorqin hayotiy-amaliy ifodasi bo‗ldi.
Kiberxavsizlik nima?
Kiberxavfsizlik deganda, elektron ma'lumotlarning maxfiyligini va buzilish yoki o'g'irlikdan saqlanishini ta'minlash choralari tushuniladi. Bundan tashqari, ushbu qurilmalar va ma'lumotlar noto'g'ri ishlatilmasligiga ishonch hosil qilish uchun foydalaniladi. Kiberxavfsizlik dasturiy ta'minotga ham, qo'shimcha qurilmalarga ham, Internetdagi ma'lumotlarga ham tegishli bo'lib, shaxsiy ma'lumotlardan tortib murakkab davlat tizimlariga qadar himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Faoliyat haqida ma’lumot berung.
Kiberxavfsizlik deganda, onlayn sozlamalarda elektron ma'lumotni himoya qilish bo'yicha ko'rilgan choralar tushuniladi.
Kiberxavfsizlik turli xil himoya choralarini qamrab olishi mumkin, shu jumladan shaxs o'g'irliklarini kompyuterlarga yoki elektron qurilmalarga kirishdan saqlashga yordam beradi.
Parolni himoya qilish va diskni shifrlash ham kiberxavfsizlik choralarining turlaridan biridir.
Kiberxavfsizlik choralari belgilangan, chunki kompyuterda, elektron qurilmada yoki Internetda saqlangan har qanday ma'lumot buzilishi mumkin. Tegishli choralar ko'rilsa, buning oldini olish mumkin. Dunyo har qachongidan ko'ra kompyuterlarga ko'proq ishonganligi sababli, kiberxavfsizlik muhim ahamiyat kasb etdi.
Tizim xavfsizligini ta'minlash uchun ushbu qurilmaga yoki tarmoqqa xos bo'lgan xavf va zaifliklarni va ushbu zaifliklar xakerlar tomonidan ishlatilishi mumkin yoki yo'qligini tushunishi kerak.
Kiberterrorizm nima?
Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma`lumotlarni maqsadli ravishda yo`q qilish, zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish bilan birga insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qo`rqitish, harbiy nizolar kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatdir. Kiberterrorizmning shiddat bilan o`sib borishining yana bir sababi, u qurol-yarog` yordamida amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan arzonga tushadi, jangovar harakatlar, portlashlar, xunrezliklar bo`lmaydi. Buzg`unchi harakatlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bugun terrorizm terrorchilar yashirinib yurgan yoki bosh qarorgohlari joylashgan muayyan davlat hududi bilan chegaralanib qolayotgani yo`q. Ular allaqachon kiber olamga ko`chib ulgurganlar. Terrorchi tashkilotlar o`z saflarini kengaytirish hamda maqsadlariga erishishda texnika va internetning so`nggi imkoniyatlaridan ustamonlik foydalanmoqdalar. Shu yo`l bilan terrorchilik harakatlari, maqsad va vazifalari haqida ma`lumot berish, o`z g`oya va mafkurasini omma orasida tarqatish bilan birga internet foydalanuvchilariga axborot-psixologik ta`sir o`tkazish,odamlar o`rtasida vahima uyg`otish, terrorchilik harakatlarini qo`llab-quvvatlash uchun mablag` yig`ish, zaharli moddalar, portlovchi vosita va qurilmalar hamda ularni tayyorlash texnologiyasi haqida ma`lumot berish, terrorchilik tashkiloti safiga yangi a`zolarni qabul qilish singari harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Bu kabi harakatlarni “IShID” (“Islom Davlati”) terrorchi tashkiloti tomonidan ustamonlik bilan foydalanilganida ham ko`rish mumkin. Bu tashkilot birinchilar qatorida o`z tizimida g`oya va maqsadlarinitarg`ib qilish bilan shug`ullanuvchi mutaxassislarni birlashtirgan alohida tuzilma tashkil etgan. Bugungi kunda internetda tarqatilayotgan bu kabi ma`lumotlarning 80% Yaqin Sharq hududlarida faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga tegishlidir.
Internet-madaniyati nima
internet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda:
internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir.
Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.
Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda.
Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi.
Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.
Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Virtual o‘yinlarning o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri deganda nimani tushunasiz?
Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketishning jamiyatga zararlari ko’p. Avvalo manaviy zarar bo’lib, kompyuter o’yinlari jamiyatimizni manaviy buzuqlik botqog’iga botirib, insonni o’zlikni anglash baxtidan mosuvo qilmoqda. Islom dinimiz ta`limotlarida ham bu kabi amallar qattiq qoralangan: ”Axir, (qilgan) yomon ishi o’ziga chiroyli ko’rsatilib, uni go’zal (ish) deb o’ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo’larmidi )?!. Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo’ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey Muhammad!) Ularga hasratlar chekib joninggiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh ularning qilayotgan sir sinoatlarini biluvchidir.” (Fotir, 8 ).
Shayton vasvasasiga uchragan ayrim yoshlarning virtual o’yinlariga xatti-harakatlari o’zlariga ziynatli ko’rinadi. O’yinlar quliga aylangan bola o’z-o’zidan ajablanib, qilgan ishi ko’zini quvontirib, borgan sari haddidan oshaveradi.
Kompuyuter o’yinlari yoshlarning vaqtini o’g’irlamoqda. Internet – klublarda yoshlar ayni o’qib, ilm hosil qiladigan paytlarida vaqtlarini bekorchi o’yinlarga, ijtimoiy tarmoqlarda mutlaqo notanish shaxslar bilan qimmatli vaqtini tanishishga sarflayotgani tashvishli holat. Chunki internet va kompyuter o’yinlari asriga aylangan o’smirlar hayotdan, ilm olish, kasb o’rganishdan va ma’naviy qadriyatlardan tamoman uzilib, butunlay manqurtlashib boradi. Hozir kompyuter o’yinlari orqali o’smir yoshlarga salbiy ta’sir qilib, ular ongiga o’z buzg’unchi g’oyalarini singdirish yoki ularni to’g’ri yo’ldan ozdirishga urinadigan yashirin kuchlar juda ko’p. Kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketgan o’smirlar o’zlari bilmagan holda yashirin kuchlarning qo’g’irchog’iga aylanadi. Kompyuterga mute` bo’lgan yoshlarning fikri-xayoli, butun vaqti, hatto uyqusi ham bemani o’yinlar bilan band bo’ladi. Oxir-oqibat bunday manqurt yoshlar tengdoshlari, yaqinlari va hatto ota-onasiga ham qo’l ko’tarishgacha agar mubolag’a bo’lmasa qurol o’qtalishgacha borib yetadi. Bu esa jamiyatda ilimsizlik, johillikning tomir yoyishiga alal oqibat yurt parokanda bo’lishiga olib keladi.
Faoliyat haqida ma’lumot berung.
Kompuyter o’yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho’ng’ishni islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning iymon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo’yicha ish qiladi. Oqibatda o’zi ham halok bo’ladi. Bu borada bir qancha hayotiy misollar keltirishimiz mumkin shuning uchun yoshlarning iymon-e’tiqodi, irodasi mustahkam bo’lsa, turli bema`ni ishlarga chalg’imaydi. Ammo kompyuter va internet tutquniga aylangan inson butun umrini tubanlikka sarflaydi. Go’yoki yaratilishdan maqsad yo’qdek. Axir Alloh taoloning: ’’Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdik-u, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizmi?!’’ (Mu’minun, 115), - degan oyati shunchaki dunyoga keltirilmaganimizni aytib turibdi. Doimo shuni esdan chiqarmasligimiz shart va ushbu oyati karima ila umr guzaronlik qilsak, shundagina ikki dunyoda ham baxtli va saodatli bo’lish sharafiga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |