18.3. Chet elga chiqish uchun chegara oldi viloyat hududlaridan avtotransportda o’tganligi uchun yig’im. Bozor yig’imi, mehmonxona yig’imlarini undirish tartibi.
Avtotransportda chet elga chiqmoqchi bo’lgan yuridik shaxslardan chegaraoldi hududidan chet elga chiqish uchun avtotransportda o’tganligi sababli yig’im olinadi. Ukrainada yuridik shaxslar va fuqarolar uchun soliq stavkasining chegaraviy miqdori fuqarolar daromadlari soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdorining yarmini tashkil qiladi, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari uchun esa 5$ dan 50$ gacha yig’im undiriladi. Aniq stavkalar avtomashina markasi va ot kuchi quvvatiga bog’liqdir.
Bozor yig’imini bozorlarda ochiq peshtaxtalarda, avtomashinalarda, mototsikllarda, qo’l aravachalarda vaqtinchalik do’konlarda tovar savdo-sotig’i bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar. Bu yig’im alohida binoga ega bo’lgan savdo–sotiq statsionar punktlaridan, umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinmaydi. Soliq stavkasi mahalliy hukumat tashkilotlari tomonidan quyidagi chegaralarda o’rnatiladi: yuridik shaxslar uchun 3 minimal ish haqidan ortiq bo’lmagan; fuqarolar uchun minimal ish haqidan 20 foizdan ortiq bo’lmagan. Mehmonxonada yashovchilar mehmonxona yig’imini to’lovchilar hisoblanadilar. Soliqqa tortish ob’ekti–qo’shimcha xizmatlarsiz ijaraga olingan xonaning bir kunlik qiymati hisoblanadi. Stavka ijaraga olingan xonaning bir kunlik qiymatining 20 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Ukraina qonunchiligi Ukraina davlat byudjetiga kiritiladigan maqsadli fondlariga chegirmalarni ham ko’zda tutadi (pensiya fondi va ijtimoiy sug’urta fondidan tashqari).
Jamoatchilik foydalanadigan avtomobil yo’llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va ta’minlash uchun chegirma hamda yig’imlar 1991 yil 18 sentyabrda qabul qilingan «Yo’l xo’jaligini moliyalashtirish haqida»gi Ukraina qonunida ko’zda tutilgan majburiy to’lovlar hisoblanadi. Mablag’lar tegishli byudjetlarning alohida schyotlariga o’tkaziladi va qat’iy maqsadlarda foydalaniladi. Bu to’lovlar quyidagilarni o’z ichiga oladi :
korxona va tashkilot mablag’lari chegirmalari;
yonilg’i-moylash materiallarini sotishdan olinadigan yig’im;
avtomashinalardan foydalangandan olingan daromadlardan chegirmalar;
Ukraina avtomobil yo’llaridan o’tganlik uchun yig’im;
transport va boshqa uziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq.
Soliqqa tortish ob’ekti, korxonalar va tashkilotlar mablag’lari bo’yicha ajratmalar stavkalari xo’jalik faoliyati turiga bog’liq bo’ladi. Masalan, sanoat, qurilish, transport korxonalari ishlab chiqargan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar hajmidan 0,4 dan 1,2 foizgacha stavka bo’yicha; tayyorlash, ta’minot-mol sotish tashkilotlari tovar aylanmasining 0,03 dan 0,06 foizgacha stavkada chegirmalar ajratadilar. Bunda soliqqa tortiladigan manbaga QQS va aksiz yig’imi summalari kiritilmaydi. Stavkalarning aniq miqdori hukumat tashkilotlari, viloyat va Qrim avtonom Respublikasi boshqarmalari tomonidan aniqlanadi. Yonilg’i-moylash materiallarini sotishdan oldinadigan yig’imni korxonalar va aholi avtomashinalarga yonilg’i quygani uchun tadbirkorlar va korxonalar to’laydilar. Soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, QQS hisobga olinmasdan sotilgan yonilg’i-moylash materiallarining qiymati hisoblanadi. Yig’im 7 foiz stavka bo’yicha undiriladi va sotish narxiga kiritiladi.
Avtomashinalardan foydalanib, olgan daromadlardan soliq to’lovchilar bo’lib, mulkka egalik shaklidan qat’iy nazar, yuk tashishni amalga oshiradigan avtotransport tashkilotlari hamda to’lov tarifi bo’yicha yuk tashishni amalga oshiradigan har qanday boshqa tashkilotlar hisoblanadilar. Avtotransportdan shaxsiy extiyojlar uchun foydalanadigan tashkilotlargina ajratmalarni amalga oshirmaydilar. Soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, QQSsiz, avtomashinadan foydalanib olingan daromad hisoblanadi. Stavka 2 foiz miqdorida belgilangan. Yig’im, tashish tarifiga kiritiladi.
Ukraina avtomobil yo’llaridan o’tganligi uchun yig’im, chet el davlatlari transport vositalari egalaridan Ukraina bojxona chegaralaridan o’tayotganda, Ukraina milliy banki tomonidan belgilanadigan valyutada undiriladi. Shuni takidlash kerakki, shartnomaning etkazib berish bazisli shartiga ko’ra, ushbu yig’im Ukraina korxonasi tomonidan ham to’lanishi mumkin. Yig’im stavkasi transport vositasi turi, uning quvvati va yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra belgilangan. Bundan tashqari, ko’rib chiqilayotgan yig’imni transport vositasining og’irligi va kattaligi, o’rnatilgan me’yorlaridan oshadigan Ukraina rezidentlari ham to’laydilar.
Transport va boshqa o’ziyurar mashina va mexanizm egalaridan olinadigan soliqni barcha yuridik shaxslar bilan birga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan, ammo Ukrainada ro’yxatga olingan shaxsiy transport vositalari bo’lgan shaxslar to’laydilar. Soliq stavkasi dvigatel silindrining 100 sm.kub. hajmiga, elektr dvigateli transport vositalari bo’yicha 10 kvt.ga, yaxta, qayiq va katerlarning 1 sm.ga evroda belgilangan. Soliq stavkasi soliq to’lovi amalga oshirilayotgan chorakning 1-kunidagi milliy bankning rasmiy kursi bo’yicha Ukrainaning milliy valyutasiga qayta hisoblanib o’tkaziladi. Bu soliq ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |