Tarqatma materiallar



Download 59,18 Kb.
Sana30.01.2017
Hajmi59,18 Kb.
#1441
Tarqatma materiallar


O’rta Osiyo yerlarining mustaqil xonliklarga bo’linib ketishi

Xiva xonligi - 1512 yil.

Qo’qon xonligi - 1512 yil.

Buxoro xonligi - 1533 yil





Shayboniylar davrida Movaraun - nahrda o’tkazilgan muhim islohotlar:

  1. Davlat boshqaruvida;

  2. Ta’limda;

  3. Harbiyda;

  4. Soliqlar tizimida.





Shayboniylar davrida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Saroyda quyidagi mansablar mavjud bo’lgan:

Naqib – davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchasi.

Devonbegi – bosh vazir bo’lib, davlat mol –mulklari, soliq, yer – suv masalalari bilan shug’ullangan.

Otaliq – shahzodalarning rahnomalari.

Parvonachixon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul ijrochilarga yetkazgan.



Dodxoh – tushgan arizalarga javob qaytargan.

Ko’kaldosh – milliy xavfsizlik ishlari bilan shug’ullangan.

Xon yasovuli– xon va shahzodalar o’rtasidagi masalalar bilan shug’ullangan.

Eshikog’aboshi – dargoh xavfsizligi va uning tartibiga javobgar bo’lgan.

Shayxulislom – shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilgan.

Qozikalon – sud ishlariga yetakchilik qilgan va h.k.





Xonliklarning ma’muri boshqaruvi quyidagicha: viloyatlar –tumanlar – bekliklar. Faqat Xiva xonligida farqli ravishda ikkita noiblik, ya’ni Qiyot–qo’ng’irot va Beshariq bo’lgan.

Xonliklardagi soliq turlari: xiroj, juz’ya,zakot va h.k. Har bir xonlikning o’zining asosiy soliqlari bo’lgan. Masalan, Buxoro amirligida tanobona (bog’–rog’larga solinadigan soliq), Xiva xonligida salg’ut ( yer solig’i), Qo’qon xonligida xiroj (yer solig’i). Ma’lumotlarga qaraganda xonliklarda 20 dan ortiq soliq va to’lov, majburiyatlar bo’lgan turlari bo’lgan.




Muhammad Rahimbiy 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtiga o’tirdi va o’z hokimiyatini rasman 1756 yil Buxoro amirligi sifatida e’lon qildi. Mang’itlar hokimiyatni 1920 yilgacha idora qildi.

1511 ila mustaqil xonlikka aylangan Xorazmda ashtarxoniylar davrida ancha boshbodoqliklar kuchaygan. Xorazmda hali ham shayboniylar hukmronlik qilar edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda mahalliy urug’lardan bo’lgan qo’ng’irotlarning obro’si oshib bordi va ular hokimiyatni Muhammad Inoq boshchiligida o’z qo’llariga ola boshladi. 1770 yildan boshlab Xivada hokimiyatni amalda mahalliy urug’lardan bo’lgan qo’ng’irotlar boshqara boshladi va bu hokimiyat Xiva xonligi deb ataldi. Bu sulola ham 1920 yilgacha Xiva taxtini boshqargan.



Ashtarxoniylar davridagi ichki ziddiyatlar Qo’qonda ming urug’idan bo’lgan Shohruxning 1709 yilda hokimiyatni o’z qo’liga olishiga sabab bo’ldi. Shu davrdan e’tiboran minglar boshchiligidagi mustaqil Qo’qon xonligi tashkil topdi va ular 1873 yilgacha hokimiyatda amal qildi.

Hamma sulolalarga xos bo’lgan taxt uchun kurash va ichki ziddiyatlar Shayboniylarga ham xos edi. Buning natijasida ularning qarindoshi bo’lgan Ashtarxoniylar 1599 yil Buxoroda hokimiyatni o’z qo’liga oldi. Ular o’z hokimiyatini rasman 1601 yildan e’lon qildi. Ashtarxoniylar davrida mamlakatda taraqqiyot deyarli bo’lmadi. Dunyoviy bilimni o’rganish ikkinchi o’ringa o’tib qoldi, diniy mutaassiblik avj oldi. Lekin ilm–fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolmadi. Ashtarxoniylar davrida Samarqand Registoni shakllandi. Samarqand hokimi Yalangtushbiy Bahodirxon tomonidan 1626 yil Sherdor va Tillakori madrasalari qurildi.



Xonliklarda madaniy hayot. Tarix ilmi. XVIII – XIX asrlarning birinchi yarmida Buxoro amirligi hududida tarix fani sohasida qator asarlar yaratildi. Bu davr tarixchi olimlaridan biri Abdurahmon Tole’ bo’lib, u tarix ilmiga katta hissa qo’shgan. Uning “Tarixi Abulfayzxon” asari nafaqat Abulfayzxon davri bo’yicha, ayni paytda XVIII asrning birinchi yarmidagi O’rta Osiyoning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba hisoblanadi.



Buxoroning yana bir tarixchi olimi Yaqub ibn amir Doniyol Buxoriy edi. U mang’itlar sulolasi ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliqning o’g’li edi. U “Gulshan ul–muluk” degan asar yozib qoldirgan. Tarixchi olimlar – Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Ma’sud ibn Usmon Ko’histoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy”, Binoyining “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbehonning “Mehmonnomayi Buxoro” asarlari hali–hamon o’z qimmatini yo’qotgan emas.



Adabiyot. XVIII – XIX asrlarda shoir va yozuvchilardan Sayido Nasafiy, Turdi Farog’iy, Mirzo Bedil, Junaydulloh Hoziq, Gulxaniy, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy va Ogahiylar ijod qildi.

Tibbiyotda Muhammad Husayn as–Samarqandiy tibbiyot va dorishunoslikka oid “Tabiblik dasturulamali” asarini yozgan.

Me’morchilik. Xonliklarning deyarli barchasida madrasalar qurish avj olgan. Olloqulixon, Baroqxon, Dostum madrasalari, Toshhovli saroy, Pahlovon Mahmud maqbaralari shular jumlasidandir.


Download 59,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish