TAROQLILAR (CTENOPHORA) TIPI
Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko ‘pchilik turlari
suv qa’rida, boshqalari suv tubida o ‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi
bo'shliqichlilarga o ‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endoder-
madan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko'pchilik taro
qlilaming yopishuvchi hujayralari bo‘ladi. Shaklan o'zgargan kipriklar
yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.
TAROQLILAR (CTENO PHO RA) SINFI
Tanasi odatda xaltaga o ‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi
(oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan.
Tananing asosiy o ‘qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi. Asosiy o ‘q orqali
ikkita har xil simmetriya yuzasini o ‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun
taroqlilami ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo
ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy
tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi. Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli
va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birin
chi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi pay
do bo'ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat
vazifasini maxsus aboral organ bajaradi Taroqlilar tanasining ikki yonida
shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari joylashgan. Paypaslagichlar cho'zilishi
yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda
joylashgan juda ko'p yopishqoq hujayralar o'ljasini ushlab turish uchun xiz
mat qiladi. Ayrim taroqlilaming paypaslagichlari bo'lmaydi
Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator
taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali
bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me’yorda
silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan
iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo'lib, taroq plastinkalari va
paypaslagichlari ostida joylashgan.
Hazm qilish sistemasi. Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumga
ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xalta
ga o'xshab halqumga perpendikulyar yo'nalishda yassilashgan. Pay
paslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi pay
paslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu
jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo ‘ylab og ‘iz teshi
gi tomonga yo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi. Bu
yerda ikki marta shoxlanib, to'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi.
Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqari
ga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi
tomonga (tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi. Ular shox
lanib, ikkitadan juft vabittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar
yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional nay-
larga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylash
gan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.
Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan
boshlanadigan naylar vapaypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim-
metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni ular simmetriyasi ko'p nurli emas,
balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi.
Nerv sistemasi.
Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan
nerv to'ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig'iz
joylashib, aboral tomonga yo'nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral or
gan murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbon-
at zarrachasidan iborat bo'lib, kiprikchalaming bir-biriga yopishishidan
hosil bo'lgan to'rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit
qopqoqcha bilan yopilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to'rtta egatcha
dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral or
gan tana muvozanatmi saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |