Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

IPv6
turlari
 
foydalanuvchilariga IP-manzillashni sozlashga javob beradi.
13.2-rasm. «Sozdat oblast» joyini sozlash.
Manzillar maydonini sozlash uchun 
IPv4 
qatorini ustida 
turib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosiladi va hosil bo‘lgan 
oynadan «Ñîçäàòü îáëàñò» joyini
 
tanlanadi. Natijada «Ìàñòåðà 
ñîçäàíèÿ îáëàñòè» (Maydon hosil qiluvchi) oynasi ochiladi 
(13.3-rasm).
– 213 –
13.3-rasm. Maydon hosil qiluvchi.
Manzillar maydoni sozlovchi jarayonidan farqli o‘laroq, 
yangi sozlovchi DHCP – serverining avvalgi turlaridan ko‘ra 
yanada imkoniyatlari kengaydi va qulayroq qilib ishlandi.
Aytib o‘tish lozimki, «Ñîçäàíèå îáëàñòè» deganda soz-
lovchi bir necha xil maydon va ularning turli vazifalarini hosil 
qilishni ko‘zda tutadi.
Birinchi bo‘lib, maydonning nomini ko‘rsatib o‘tish lozim 
(13.4-rasm).
13.4-rasm. Maydon vazifasining nomi va ta’rifi.


– 214 –
Maydon nomi hech qanday vazifani bajarmaydi, shuning 
uchun bu narsaga katta ahamiyat berish shart emas. Imkon qa-
dar maydonning nomini va ta’rifini qisqacha ko‘rsatilgandan 
so‘ng, jarayonni davom ettirish uchun «
Dalee
» tugmasini 
bosamiz. Keyingi oynada DHCP – serveri ishlatishi uchun 
manzillar qamrovi ko‘rsatiladi (14.5-rasm).
Manzillar qamrovini kiritish deganda IP – manzillar ning 
boshi va oxiridir, ya’ni qamrovni kerakli muayyan holga kelti-
radi. Tarmoqni doimiy ishlab turishini ta’minlash maqsadida, 
qamrovni kengroq ko‘rsatishga harakat qiling. Bu sizga kela-
jakda tarmoqni kengaytirishga va qo‘shimcha ish joylari hamda 
uskunalarini qo‘shishga imkon beradi. 
13.5-rasm. Manzillar qamrovini ko‘rsatish.
Tarmoq osti maskasi avtomat ravishda shakllantiriladi, am-
mo agar siz bu amallarni ishonch bilan qilayotgan bo‘lsangiz, 
tarmoqosti maskasini o‘zgartirishingiz mumkin. Keyingi muhim 
bosqichlardan biri – mustasnolarni sozlash (14.6-rasm).
Bu erda har bir IP – manzillar, yoki bo‘lmasa manzil-
lar qamrovini umumiy manzillar qamrovidan mustasno qilish 
mumkin, bular DHCP – serverining umumiy IP – manzil-
lashlari jarayonida ishtirok etmaydi. Kerakli joylarda IP –
manzillar qamrovini boshi va oxiri ko‘rsatilgandan so‘ng, 
– 215 –
13.6-rasm. Mustasnolarni sozlash.
«
Dobavit
» tugmasini bosib, ushbu ma’lumotlarni ro‘yxatga 
qo‘shib qo‘yamiz. Bunday manzillar yoki qamrovlar ehti-
yoji sanoqlidir, shuning uchun siz bu jarayonni qancha kerak 
bo‘lsa shuncha martta qaytarishingiz mumkin. Agar siz man-
zilni noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan «
Udalit
» tugmasi 
yordamida o‘chirishingiz mumkin.
13.7-rasm. Manzilning amal qilish vaqtini sozlash.


– 216 –
Odatda amal qilish muddatiga sakkiz kunlik taklif qilinadi, 
lekin siz uni o‘zingizga mos holda o‘zgartirishingiz mumkin. 
Agar har xil turdagi komp’yuterlarni ishini ta’minlash kerak 
bo‘lsa, (masalan: shaxsiy komp’yuterlarni va noutbuklarni) 
hammasini o‘z holidek qoldirish mumkin. Agar tarmoqda aso-
san noutbuklar ishlatilsa va ularni soni ko‘p bo‘lsa, masalani 
eng yaxshi yechimi bu ishlatilmayotgan manzillarni vaqtida 
bo‘shatish uchun 4-6 soatlik amal qilish muddatini ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. 
«Dalee» tugmachasini bosganda 13.8-rasmda ko‘rsatilgan 
keyingi oyna paydo bo‘ladi. Bunda sizga DHCP ko‘rsatkichlarini 
sozlash taklif qilinadi. 
Bu ko‘rsatkichlarni mijoz IP- manzilini dinamik holda olin gan 
hollarda oladi. Bularga masalan: yunalishlar haqida ma’lumotlar, 
WINS-serverini konfiguratsiyasi, va h.k. Bu bosqichni o‘tkazib 
ham yuborsa bo‘ladi, chunki ular domenni kontrolerlarini 
o‘rnatish vaqtida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar ular hozir kiritilsa 
unda eski berilishlar shu oynada ko‘rsatilgan holga o‘zgaradi.
Bu amal manzillar qamrovini sozlashda oxirgi qadam bo‘lib, 
buni «Dalee» tugmasini bosgandan so‘ng mos ko‘rinish paydo 
bo‘lganida bilib olasiz.
13.8-rasm. DHCPni qo‘shimcha parametrlari.
– 217 –
DHCP-Serverni yana bir muhim sozlashlardan biri bu 
zaxiradagi manzillarni aniqlashdir. Ushbu turdagi manzil-
lar DHCP – serveriga lokal tarmoqda muhim turdagi, ya’ni 
doimiy IP-manzillarni talab qiladigan komp’yuterlar va usku-
nalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bu 
turdagi uskunalarga fayl serveri, ma’lumotlar bazasi serveri, 
asosiy marshrutizatorlar va boshqalar kiradi. Bundan tashqari 
DHCP serveri ularni fizik MAS manzilini, ya’ni uskunalarni 
alohida indifikator raqamini aniqlashi lozim. 
Manzillarni zaxiralashni boshlash uchun IPv4 bo‘lagini va 
undan kelib chiqqan nomli bo‘lak ochiladi, bu bundan ol-
dingi bosqichda tarkibiy qismi bo‘lgan ko‘rsatilgan manzillar 
ko‘lami nomlaridir (13.9-rasm).
13.9 rasm.
 
Zaxiradagi manzillarni sozlash va ishga tushirish.
Ushbu bo‘lakda zaxiralash satri joylashgan. Satrda turib 
sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va yangi ochilgan ko‘-
rinishdan «Ñîçäàòü ðåçåðâèðîâàíèå» bandi tanlanadi. Nati-
jada yangi zaxira hosil qilish oynasi ochiladi (13.10-rasm).


– 218 –
13.10-rasm.
 
Yangi zaxira hosil qilish.
Siz bu yerda faqatgina yangi ma’lumotlarni kiritsangiz 
bo‘lgani: zaxiralanadigan IP – manzil, foydalanuvchining nomi 
va uning haqiqiy MAS – manzili. «Dobavit» tugmasini bosib 
yangi qayd qilingan manzillar zaxira maydoniga qo‘shib qo‘yiladi 
va siz obyektlarni qo‘shishni davom ettirishingiz mumkin. Ushbu 
jarayonda DHCP – server sozlashlarni tugatishingiz mumkin: 
chunki sozlangan ishlar DHCP – serveri vazifasini bajarishga 
yetarlidir. Agarda sizga kelajakda mahalliy tarmoqdagi muhim 
obyektlarni zarur ma’lumotlarini ta’minlab bermoq uchun 
yangi manzillar turi kerak bo‘lsa qo‘shishingiz ham mumkin. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish