Uzatuvchi abonentning tarmoq manzili (identifikator), ya’ni tarmoqdagi har bir uzatuvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi abonentga paket qaerdan kelganligi haqidagi axborotni beradi. Paket tarkibiga uzatuvchi manzilini ko‘rsatilishining sababi bir qabul qiluvchiga galma-galdan turli uzatuvchilardan paket kelishi mumkunligi uchun.
Xizmatchi axborot — bu axborot paket turi, uning nomeri, formati, olib boriladigan yo‘nalishi va qabul qiluvchi qurilma bu paket bilan nima qilish kerakligini ko‘rsatadi.
Axborotlar—bu shunday axborotki, uni uzatish uchun pa- ket hosil qilinadi. Haqiqatdan maxsus boshqarish paket- lari mavjud, ularda axborot maydoni bo‘lmaydi. Bun- day paketlarni tarmoq buyruqlari (KOMaHflbi) deb qabul qilish mumkin. Axborot maydoni mavjud paketlarni, axborot paketlari deb yuritiladi. Boshqarish paketlari aloqa boshlanishini, aloqa tugashini, axborot paketini qabul qilinganligini tasdiqlanishini, axborot paketini so‘rashni va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |