“Facebook”, “You tube”, “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida foydalanuvchi Asadov Qandiyor vakili Asadov Nusrat Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti raxbariyati, jumladan, institut direktori Daminov Mirzohid Islomovich sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsituvchi asossiz va isbotlanmagan tuxmatdan iborat videolavhalar joylashtirgan.
Yuqoridagi mavzu bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi:
Fuqaro Q.Asadov “Musiqa ta’limi va san’at” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maxsus fanlardan kirish sinovlari natijalaridan norozi bo‘lib, institut direktori nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktorining 2021-yil 29-iyuldagi 08-U buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasining xulosasidan qanoatlanmagan va institut direktori nomiga 2021-yil 20-avgust kuni ikkinchi marta ariza bergan. Fuqaro Q. Asadovning arizasiga muvofiq yangi tarkibdagi apellatsiya komissiyani tuzish to‘g‘risidagi Institut direktorining 2021-yil 20-avgustdagi 11-U sonli buyrug‘i rasmiylashtirilgan. Mazkur buyruqga muvofiq apellatsiya komissiyasi raisi, Musiqa kafedrasi katta o‘qituvchisi Qo‘shshayev Ilxom Axtamovich va a’zolari Rajabov To‘xtasin Ibodovich va Axtamov Islom Ilhomovichlar belgilangan. Komissiya a’zolari tomonidan Q. Asadovning test varaqasida berilgan 50 ta savoldan 19 tasi fan dasturlarida ko‘rsatilgan adabiyotlarda mavjud emasligi, 1-, 2-, 5-, 22- savollar esa takroriy kelganligi qayd etilgan. Q.Asadovning 024-raqamli imtihon varaqasidagi 19 ta savolning 7 tasi Q. Asadov tomonidan to‘g‘ri ishlangan, 12 ta savol esa dasturda ko‘rsatilmagan adabiyotlardan tuzilganligi inobatga olinib,
Q. Asadovga yig‘ilgan 62 ballga 24 ball(12x2) qo‘shib berish lozimligi to‘g‘risida xulosa berilgan hamda Q. Asadovning umumiy bali 86 ball deb belgilangan. Mazkur xulosa bilan Q. Asadov hamda ishonchli vakil N. Asadovlar tanishib chiqib, e’tirozlari yo‘qligi to‘g‘risida yozma shaklda rozilik bildirganlar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27-moddasida har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi kafolatlangan.
Konstitusiyaning mazkur moddasidan bexabar fuqaro Q.Asadov vakili N.Asadov g’ayriqonuniy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti raxbariyati, jumladan, institut direktori Daminov Mirzohid Islomovich sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsituvchi asossiz va isbotlanmagan tuxmatdan iborat videolavhalar joylashtirganligi holati bo‘yicha institut tomonidan 2021-yil 22 hamda 29-sentabr kunlari Buxoro shahar IIBga ariza berilib, arizalar yuzasidan ma’muriy ish xujjatlari jinoyat ishlari bo’yicha Buxoro shahar sudiga yuborilgan.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasiga ko’ra nashr qilish yoki boshqacha usulda ko’paytirilgan tarzda, jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog’ida joylashtirish orqali tuhmat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Yuqoridagi Kodeks talabi va fuqaro N.Asadovning Internet jahon axborot tarmog’i orqali muntazam ravishda asossiz ravishda institut raxbariyati xodimlariga nisbatan o’zining tuxmat va haqoratdan iborat poyma-poy nutqdan iborat kamsitib kelishi oqibatida institut tomonidan Buxoro shaxar prokurori nomiga 2021 yil 28 oktyabr xamda 9 noyabr kunlari N.Asadovning nojo’ya so’zlar bilan haqorat va tuhmat bilan yo’g’irilgan og’ir jinoyatlarni sodir qilishdagi holatlar tasdiqlangan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish, aks holda tuhmat uchun o’ziga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rish to’g’risida ariza taqdim etilgan hamda mazkur ariza bo’yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |