1-usul. Tarmoqda asosiy bo`lgan kommutatorni aniq tayinlash:
spanning-tree vlan vlan-id root primary – tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root primary)
spanning-tree vlan vlan-id root secondary - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorga (ildiz kommutatorga) zahira kommutatorni ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root secondary)
Misol uchun tarmoqda asosiy bo`lgan kommutator (root)ni boshqasiga ya`ni Sw2 o`zgartiramiz.
Sw2 konfiguratsiyasi
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw2
sw2(config)#spanning-tree vlan 1 root primary
sw2(config)#exit
sw2#show spanning-tree
5.6-rasmda Sw2 kommutatorning root switch bo`lganligini ko`rishimiz mumkin.
5.6-rasm. Root switchni almashtirish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |