D:\Webserver\home\
Bu papka ichida «test.uz» deb papka ochamiz va ichida yana «www» papkasini ochamiz, shunda quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
D:\Webserver\home\test.uz\www
Undan so’ng bu papka ichiga WordPress CMS’ni ko’chiramiz va arxivdan ochamiz, buning uchun bizga Winrarkerak bo’ladi. Ko’chirib olingan WordPress faylini ustiga sichqonchani o’ng tomonini bosib «Извлечь в текущую папку«ni tanlaymiz(agar bu menyu chiqmasa, demak siz Winrar dasturini o’rnatmagansiz). Shundan so’ng, wordpress-4.3.1_Ru.zip fayli ochiladi, fayllar «wordpress» nomli papka ichida ochiladi. Bu bizga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun bu papka ichidagi barcha fayllarni olib, «www» papkasi ichiga tashlaymiz, shunda quyidagi ko’rinishga keladi.
D:\Webserver\home\test.uz\www\wp-admin…
Barcha wordpress fayllari aynan «www» ichida bo’lishi kerak
Endi denwer’ni yoqamiz, uning uchun Denwer papkasi ichidan «Run.exe» faylini ishga tushiramiz. Bu fayl quyidagi adresda bo’ladi:
D:\Webserver\denwer\Run.exe
Agar bu ishni qanday qilishni bilmasangiz, Denwer’ni yoqib o’chirishga oid dars bilan tanishib chiqing.
Denwer ishga tushgandan so’ng, MySQL MBBT(ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)da ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi hosil qilishimiz kerak. Bu ishni qanday qilish kerakligini ham yozib o’tganman, agar bilmasangiz «PHPMyAdmin’da baza va foydalanuvchi ochish» nomli darsni qayta o’qib chiqing.
Demak, ma’lumotlar bazasi nomi «test«, foydalanuvchi nomi va paroli bir xil «123456» ko’rinishida bo’lsin.
Darsning davomini o’qish uchun, yuqoridagi ikki ishni to’g’ri qilganingizga va xatosiz bo’lganiga ishoch hosil qiling.
Endi WordPress’ni o’rnatamiz, uning uchun biror brauzer ochib(misol uchun Chrome), adresiga «test.uz» deb yozamiz, quyidagi ko’rinishni brauzer ochib berishi kerak.
WordPress dars: Asosiy katalog va fayllar haqida
WordPress darslarini davom ettiramiz, hozirgacha biz bu CMS’ni o’rnatishni ko’rdik. Biz hosil qilgan test.uzsayti tayyor, shu holda ham bu saytni yuritish mumkin. Agar «test.uz» qayerdan paydo bo’lganini bilmasangiz, oldingi darslar bilan tanishib chiqing.
Saytni tekshiramiz, dastlab Denwer’ni ishga tushiramiz va biror brauzerni ochib u yerga «test.uz» deb yozamiz. Ekraningizda biz hosil qilgan sayt paydo bo’ladi:
Ko’rib turganingizdek, sayt mavjud, faqat biroz oddiyroq. WordPress orqali bu oddiy ko’rinishdagi saytni juda chiroyli va qulay qilish mumkin, bu haqida keyinroq.
WordPress o’rnatilgandan keyin, bu CMS tomonidan har xil papka va fayllar hosil bo’ladi, bu darsizmiz, shu papkalarni qisqa tavsifidan iborat bo’ladi, demak WordPress’ni o’rnatganingizdan so’ng, biz ochgan test.uz papkasi ichidagi www papkasida quyidagi fayl va papkalar bo’ladi(asosiylarini yozaman):
Do'stlaringiz bilan baham: |