Dinamik (Dynamic ACL). Misol uchun bizda qandaydir serverga bog`langan marshrutizator mavjud. Biz tashqi tarmoqdan marshrutizatorga ulanishni taqiqlab qo`yishimiz kerak, lekin bir vaqtning o`zida serverga ulanishi lozim bo`lgan bir qancha qonuniy foydalanuvchilar ham mavjud. Biz bu muammoning yechimini dinamik ACLdan foydalangan holda topishimiz mumkin. Dinamik ruxsat berishlar ro`yxatini sozlaymiz va uni tarmoqning kiruvchi yo`nalishiga qo`llaymiz. Serverga ulanishi lozim bo`lgan foydalanuvchilar esa marshrutizatorga Telnet orqali bog`lanishlari lozim. Buning natijasida dinamik ruxsat berishlar ro`yxati server uchun yo`lak ochib beradi va foydalanuvchi serverga HTTP orqali murojaat qilishi mumkin bo`ladi.Tartibga ko`ra bu yo`lak xar 10 daqiqada yopiladi va foydalanuvchi qurilmaga ulanishi uchun yana bir Telnetga murojjat qilishi lozim.
Dinamik ACLni sozlash. R3(config)#username Student password 0 cisco — Telnetorqali ulanadigan foydalanuvchilarni yaratamiz.
R3(config)#access-list 101 permit tcp any host 10.2.2.2 eq telnet R3(config)#access-list 101 dynamic testlist timeout 15 permit ip 192.168.10.0 0.0.0.255 192.168.30.0 0.0.0.255— barcha uzellarga serverga Telnetorqali ulanishi ruxsat berish.R3(config)#interface serial 0/0/1
R3(config-if)#ip access-group 101 in —101 ACLni kiruvchi yo`nalishga interfeysga qo`llaymiz.
R3(config)#line vty 0 4
R3(config-line)#login local R3(config-line)#autocommand access-enable host timeout 5 — foydalanuvchi autentifikatsiya jarayonidan o`tishi bilan 192.168.30.0 manziliga ulanish mumkin va 5 daqiqadan keyin seans yopiladi.
4.1-rasm. Dinamik foydalanishga ruxsat berishni nazoratlash ro`yxati
Refleksiv (Reflexive ACL).Bu xolatda vaziyat dinamik ruxsat berishlar ro`yxatiga qaraganda biroz farq qiladi. Lokal tarmoq foydalanuvchisi Internet tarmog`iga TCP so`rov yuborganda, bizda aloqa o`rnatilishi uchun keladigan TCP javob kelishi uchun ochiq yo`lak mavjud bo`lishi kerak. Agar yo`lak mavjud bo`lmasa biz aloqa o`rnata olmaymiz va bundan buzg`unchilar unumli foydalanib lokal tarmoqqa kirishlari mumkin. Refleksiv ACL quyidagicha ishlaydi. Deny any buyrug`i orqali barcha ruxsat berishlar taqiqlanadi va foydalanuvchilar bog`lanishlari parametrlarini o`qiy oladigan lokal tarmoq tomonidan yaratilgan maxsus ACL orqali deny any yo`lagi ochiladi. Buning natijasida internet tarmog`i orqali aloqa o`rnatish imkoniyati cheklanadi va lokal tarmoq tomonidan yaratilgan ulanishlarga esa javoblar kelishi taminlanadi.