2. Internet asosiy protokollari
WWW bu giperaloqalar yordamida o’zaro bog’langan minglab har xil hujjatlardir. Web esa, o’zining xususiy aloqa usuli–HTTP protokolidan foydalanadi. Uning yordami bilan sahifalar internetga jo’natiladi va qabul qilinadi. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol)–bu internet protokoli hisoblanib uning yordamida bir formatdagi ikki kompyuter o’zaro bog’lanib, muloqot olib borish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har qanday protokol bu kompyuterlar bilan axborotlar almashuvida qo’llaniladigan qoidalar yig’indisidir. HTTP WWW quvvatlaydigan hozirgi kundagi eng ommabop, lekin yagona protokol emas.
Web va HTMLdan foydalanib, Web–sahifalarga quyidagi internet–ilovalairni kiritish mumkin:
Usenet–butun dunyo bo’yicha yangiliklar guruhiga kirish uchun;
FTP–File Transfer Protocol yordamida fayllarni yuklash uchun;
Gropher (Web versiyasining menyusiga asoslangan)–internetning har xil saxifalarini birlashtirish uchun;
WAIS (Wide Area Information Service)–har xil ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun;
Telnet–internet boshqa kompyuterlarga to’g’ridan –to’g’ri ulanish uchun;
Elektron pochta–butun dunyo bo’yicha xabarlarni elektron usulda uzatish uchun.
Web yuqorida keltirilgan internetning barcha xizmatlariga qulay kirish usullarini tavsiya etadi.
Fayllar qanday qilib, kompyuterdan internetga uzatiladi va aksincha? Buni tushunish juda muhimdir Sizning brauzeringiz kerakli Web–uzel, masalan, http://www.gov.uz/ireate–bu ikki alohida bog’lanish hisoblanadi. (Rasm 2.1.)
Uzel V
Uzel A Protokol 4A-4V Interfeys
3V-4V
Protokol 3A-3V Interfeys
2V-3V
2А Protokol2A-2V
Protokol 1A-1V
Interfeys 1 V-2V
Ba’zi holatlarda Web–sahifalarni ko’rib chiqayotganingizda kutib turishga zaruriyat bo’lmaydi, aksincha, ba’zida bir necha minut kutib qolasiz. Bunga sabab, siz ko’rib chiqayotgan Web–sahifa Web–server bilan yangidan bog’lanishni talab qiladi. Web–server bo’sh bo’lsa, bog’lanish bir zumda bo’ladi. Agar so’roq URL navbatga qo’yilgan bo’lsa, bog’lanishni kutish uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi.
Internet kommunikasiya ishlarining asosiy protokoli TSP/IP(Transmission Control Protocol /Internet Protocol–uzatuvlarni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol) hisoblanadi. (rasm 2)
Uning yordamida har xil tarmoqlar bir-birlari bilan osongina bog’lanadilar. TSP/IP tufayli Internetda “tarmoqlar tarmog’i” yaratildi.1983 yil 1 yanvarni Internet tug’ilgan kun deb hisoblash mumkin, chunki shu kundan boshlab, ARPANET va mudofaa axborot tarmog’i TCP/IP tarmog’idan foydalana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |