1-mavzu: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Kompyuter tarmoqlari
Reja:
1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha.
2. Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish.
3. Kompyuter tarmoqlari va uning asosiy tushunchalari
4. Kompyuter tarmoqlari tarixi
5. Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
6. Kompyuter tarmog'i tarkibiy qismlari
Tayanch iboralar:
Kommunikatsiya. Bit-sekund (bod). Aloqa kanali. Aloqa tarmog'i. Telekommunikatsiya. Manba. qabul qiluvchi,Web brouzer, web peyjer, stansiya, abonent tizimi,LAN, MAN,CAN,GAN, mijoz-server
1.Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
«Ta’lim to`g`risida»gi qonun, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini keng miqyosda isloh qilishning boshlanishi bo`ldi. Ta’lim tizimini dunyo standartlari darajasiga yetkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy ta’limning xarakterli tomoni shundaki ta’limni axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu O`zbekiston Respublikasi ta’limida ham ro`y bermoqda, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati «axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyillarini xisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»2. Ushbu holatlar kadrlarni tayyorlash tizimida informatika fanining alohida o`rni muqimligini ko`rsatib beradi.
O`zbekiston Respublikasida milliy kadrlar tayyorlash tizimida informatika nazariy va amaliy informatika sohasidagi mutaxassislarni kasbiy tayyorlash yo`nalishi hamda mutaxassislarning umumta’lim darajasini shakllantirishning muhim elementi sifatida qaraladi. Birinchi yo`nalishning zaruriyati informatikani bugungi kunda metafan sifatida, ya’ni uning ahamiyati olamning zamonaviy manzarasini shakllantirishda, informatika tushunchalarining fundamental xususiyati va metodologiyasining umumiyligida aniq namoyon bo`lmoqda. Ikkinchi yo`nalish doirasida informatika tayyorlanayotgan kadrlarning axboriy madaniyatini shakllantirish vazifasidan iborat bo`lgan umumta’lim fani sifatida namoyon bo`ladi.
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyasidir.
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima kilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o`z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo`yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum xarakatlar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |