Chat.uz, gapim.uz, narod.uz
2- Topshiriq:
Mail.ru Agent dasturini kompyuterga o’rnating. Internet orqali biror tanishingiz bilan unda muloqot qiling. (2-rasm)
2-rasm. Mail.ru Agent
3-Topshiriq:
Skypedasturinioching. Muloqotning matn va audio imkoniyatlaridan foydalanib ko’ring. Uning yordamida kursdoshingizga qo’ngiroq qiling
3-rasm. Skype dasturi
Mavzu: Masofadan o’qitish tizimlari va electron kutubxonalar
Ishning maqsadi: Butun jahon o’qitish tizimiga shiddat bilan kirib kelgan sirtqi o’qishning bir shakli bo’lmish masofadan o’qish samaradorligini o’quvchilarga yetkazishdan iborat. Shu bilan birga masofadan o’qish tizimi bilan birga elektron kutubxonalar ahamiyati va ulardan qay tarzda unumli foydalanish mumkinligi talabalarga ko’rsatib berishdan iborat.
Topshiriq: Masofadan o’qitish uslubiy materiallari
Masofadan o’qitish tizimi
Uslubiy materiallar
Xozirgi kunda ta’lim tizimida masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi- bu sirtqi o’qishning yangi shaklidir. Masofadan o’qitish bu mustaqil o’qishdir. Mustaqil o’qish insonning mustaqil fikrlash holatini xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzalliga shundaki, unda o’quvchi o’ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan holda o’qishi mumkin. Aynan shu avfzalliklari tufayli masofadan o’qitish dunyoda xozirgi kunda keng tarqalgan. Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirish yoki o’zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o’qitishning yana bir avfzallik tomoni unda o’qish muddatini o’quvchining o’zi belgilaydi. Yani talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish o’quvchining topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berlgan programmani qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Programmani o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beradi.
Masofadan o’qitish bu Internet tarmog’i orqali sizga qulay bo’lgan vaqtda o’qishdir. Masofadan o’qitishning tarkibiy belgilari: o’qituvchi, o’quvchi, kommunikatsiyadir.
Masofadan o’qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
Darslik
Audio va darsliklar
On-layn dasrlar(Internet sahifa)
Elektron kutubxonalar
Matnlar
Multimedia-elektron darsliklar
Xozirgi kunda respublikamizda ham masofali o’qish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elekton kutubxonalar, electron darsliklar, on-layn darsliklar odat tusiga kirmoqda. Misol sifatida quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqamiz.
http://www.estudy.uz/,
Multimedia darslik o’zida ko’pgina malumotlarni mujassamlash bilan birga, bu malumotlarni ekranda namoyish etadi hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimediya darsliklarning xususiyati shundan iboratki, u voqea va malumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va malumotlarni hayotiylashtiradi.Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz musiqa yordamida amalgam oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |