100
Routing (Yo‘naltirish) – Static (statik) – Network (tarmoq) -
80.0.0.0, Mask (tarmoq osti niqobi)- 255.0.0.0, Next Hop (Keyingi
o‘tish) – 10.0.0.0, Add (Qo‘shish) tugmasi;
Network (tarmoq) - 10.0.0.0, Mask (tarmoq osti niqobi) - 255.0.0.0,
Next Hop (Keyingi o‘tish) - 80.0.0.0, Add (Qo‘shish) tugmasi.
Tarmoqning ishlashini tekshirib ko‘rish
uchun PDU yordamida
paket jo‘natamiz, masalan
P0
dan
P1
ga.
Yaratilgan tarmoq loyihasini saqlang va laboratoriya ishini
rasmiylashtiring.
Natijani guruhingiz, ismi sharifingiz va mustaqil ishi
raqami bilan saqlang: masalan, “
207- Sultonov Farruh
-
Mus5.pkt
”.
Hisobot va elektron faylni o‘qituvchiga topshiring.
Xulosa qilganda, laboratoriya va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini
real sharoitda bajarish talabalarga katta muammolar tug‘diradi.
Muammolarni chetlab o‘tish emas, ularga yechim qidirish zarur.
Talabalarning fanni amaliy va mustaqil o‘zlashtirishda
Cisco Packet
Tracer simulyatoridan foydalanish ushbu muammo echimi hisoblanib,
bunda ular kompyuter tarmoqlarini amaliy loyihalash ko‘nikma va
malakasiga ham ega bo‘ladilar.
101
III BOB. DARS MASHG‘ULOTLARIDA TALABALARNI
BAHOLASH
§ 3.1. “Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha talabalarning
bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarini baholash uchun
o‘quv jarayonini nazorat qilish va monitoringini olib borish
Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum
bosqichida, o‘quv
maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo‘yilgan
mezonlar asosida belgilash, o‘lchash, tahlil qilish jarayonidir.
Mezonga
asoslangan baholash quyidagi afzalliklarga ega: o‘quv maqsadiga
muvofiq baholanadi; ta’lim oluvchining bilimini baholaganda uning yo‘l
qo‘ygan xatolari yaqqol ko‘rsatib
beriladi; baholanuvchi ta’lim olishga
yo‘naltiriladi; baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va
kuchsiz tomonlari
xo-lisona aniqlab beriladi, ularning o‘z bilimi va
malakalariga bo‘lgan ishonchi oshiriladi; hamma uchun bir xil bilim va
malaka talablari o‘rnatiladi; ta’lim
mazmuni aniqlab beriladi;
baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’uliyati
oshiriladi.
Talabalarning nazariy bilimlari va mustaqil o‘zlashtirish darajasini
aniqlash uchun kompyuter dasturini yaratishdan avval, jarayonni amalga
oshirishning mukammal pedagogik ssenariysi (algoritmi)ni tayyorlash
lozim. Talabalarning o‘zlashtirgan yangi bilimlari sifatini kompyuter test
sinovlari yordamida aniqlash va kasbiy rivojlanganlik darajasini tashhis
qilish maqsadida kompyuter tizimiga ekspert tizimi qo‘shimcha qilingan
bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va
natijalarni yetarlicha tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: