Tarmoq texnologiyalari


Мотивацион  Интеллектуал



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/71
Sana20.04.2022
Hajmi4,11 Mb.
#565647
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Begbutayev-Monografiya-2020

Мотивацион 
Интеллектуал 
Фаолиятли 
Мезонлар 
2.1.2- rasm. SMART texnologiyalar asosida «Tarmoq texnologiyalari» 
fanini integratsiyalashgan o‘qitish muhiti 


50 
Mazkur ta’lim muhiti “Tarmoq texnologiyalari” fanini SMART– 
texnologiyalar asosida o‘qitishning funksional tashkiliy-tuzilmaviy 
modelining tarkibiy asoslari (maqsadli, texnologik, o‘quv jarayoni, 
baholash, natijaviy), motivatsion, intelektual hamda faoliyatli malaka 
darajalarini optimal uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirildi. Maqsadli 
komponent – fanni o‘qitishning maqsadi va vazifalarini belgilab beradi. 
Texnologik komponent o‘quv muhitini texnik ta’minlovchi qurilma va 
texnologiyalardan iborat. O‘quv jarayoni komponenti – o‘qitishning 
shakllari, metod va vositalarining o‘zaro qo‘llanilish usullarini 
ta’minlaydi. 
Jumladan, ma’ruza mashg‘ulotlarida - jamoaviy holda nazariy 
shaklda, «Flipped classroom» va muammoli metodlar qo‘llaniladi; 
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari – hamkorlikda amaliy shaklda 
bo‘lib, loyihalash va muammoli metodlar; mustaqil ishlar – yakka 
tartibda amaliy shaklda loyihalash va muammoli metodlar yordamida 
amalga oshiriladi. Dasturiy, texnik va metodik vositalar umumiy 
qo‘llaniladi. Baholash komponenti motivatsion, intellektual va faoliyatli 
mezonlar asosida shakllanib, reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalar 
bilan qiyoslanadi. 
SMART texnologiyalar asosida integratsiyalashgan o‘quv muhiti 
yordamida ta’lim berish – bu ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini, 
qobiliyati, motivi, intellekti va imkoniyatini inobatga oluvchi, 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ta’lim oluvchi 
bilimini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Uning 
yordamida ta’lim berish ta’lim berishni differensiallash va 
individuallashtirishning asosiy tamoyili sifatida qaraladi. 
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, integrativ ta’lim tizimi 
yordamida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagilarni 
bajarilishi lozim deb bilamiz: ta’lim oluvchilarning individual 
psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda fanga motivatsiyani 
shakllantirish; shaxsiy ko‘nikma va malakasini oshirish uchun 
pedagogik usullarni qo‘llash; tartiblangan va mantiqiy tashkillashtirilgan 
mazmunni bayon etish; laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar hamda 
topshiriqlarni bajarish orqali olingan bilimlarni mustahkamlash jarayoni 
ustidan 
boshqaruv; 
ta’lim oluvchilarning yangi materiallarni 
o‘zlashtirish samaradorligini tekshirib borish; individual tarzda o‘quv 
topshiriqlarini 
bajarganda 
rag‘batlantirish; pedagogning o‘quv 
mashg‘ulotidagi ko‘proq faoliyatini tashkil etuvchisi sifatida pedagogik 


51 
metodlar va usullarning ishlatilish; muloqotning turli formalarini 
ishlatish, maqsadli va tezkor teskari aloqani ta’minlash. 
SMART texnologiyalar asosida integratsiyalashgan ta’lim muhiti 
yordamida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali olib borish mezonlari: 
o‘qishga motivatsiya va bilish qiziqishini shakllantirish; ta’lim 
oluvchining kompyuter bilan ratsional, pedagogik nuqtai nazardan tan 
olingan dialogini o‘rnatish; o‘qitishning individual, guruhli va jamoaviy 
shaklini birlashtirish; ta’lim oluvchining bilim, tajribasi, qobiliyati va 
iste’dodini e’tiborga olinishi; bilim berish jarayonida ta’lim oluvchi fikr 
va g‘oyalarining hisobga olinishi; bilim olish strategiyasini o‘rganish va 
rivojlantirish usullari; bilim olish afzalligining aniqlanishi va nazarda 
tutilishi; pedagogning ta’lim berish uslubini aniqlash va rivojlantirish; 
pedagogning ta’lim berish usuli bilan ta’lim oluvchining bilim olish 
usulini moslashtirish yo‘llari; o‘quv jarayoniga moslashgan o‘quv 
mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyasi; bilimlarning aniq bir sohasi 
bilan bog‘langan o‘quv jarayoniga SMART-ta’lim konsepsiyasi va 
texnologiyalari; bo‘lajak kadrlarni ta’limning o‘quv jarayoniga 
moslashuvchi modeli asosida o‘qitish. 
Talabaning Smart – texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv 
jarayonidagi faoliyati algoritmini o‘rganib chiqamiz. (2.1.3-rasm.)

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish