Vaqt orqali cheklash(Time-based ACL).Odatiy vaqt orqali cheklanishli ACL yordamida biz kerakli ruxsat berishlar yozuvini faollashtiridagan maxsus jadval hosil qilishimiz mumkin. Biz bu turdagi ruxsat berishlar ro`yxati xizmatidan ish jarayonini unumdorli tashkil qilishda juda ham ustalik bilan foydalanishimiz mumkin. HTTP so`rovlarni butunlay ta’qiqlovchi qoidalar ro`yxatini yozamiz va uni marshrutizatorga qo`llaymiz va bu orqali ishchi xodimlarning ish vaqti boshlanishi bilan ularning internet xizmatidan foydalanishlari cheklanadi. Ish kuni nihoyasiga yetgach esa HTTP so`rovlarga ruxsat beriladi va ular internet xizmatidan foydalanishlari mumkin bo`ladi.