Width – qatlamning kengligi.
Height –qatlamning balandligi.
Background Image-fon uchun rasm
Background Color–fon uchun rang
Script Wizard - bu tugmani bosish bilan qatlam uchun turli animatsion effektlarni qo`llash mumkin bo`lgan muloqot oynasi ochiladi va undan turli effektlarni tanlash mumkin.
Masalan, qatlamdagi matn yoki biror qo`yilgan ob’yektga yuguruvchi qator effektini berish uchun Marquee turini tanlang va keyingi muloqot oynasiga o`ting.Bu oynaning Scroll direction bo`limidan yuguruvchi qatorning yo`nalishi, Behavior bo`limidan uning turi tanlanadi. Turli ko`rinishlardagi yuguruvchi qatorni qo`ying va muharrir oynasining Preview bo`limida sinab ko`ring.
4. Hujjatga knopka qo`yish.
Web hujjatlarda gipermurojaatlar uchun knopkalardan keng foydalaniladi. Namo veb muharririda knopkaning ikki turini qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |