Netscape Communication–bu dunyodagi eng ommabop va eng ko’p ishlatiladigan brauzer hisoblanadi. Netscape kompaniyasi foydalanishda nihoyatda yengil dasturni kashf qilib va ulardan pulsiz foydalanish imkonini yaratib, internet va WWWda inqilob qildi.
Agar siz hamisha bitta brauzerdan foydalanishni xohlasangiz, u holda Netscapeni yuklang va ishga tayyorlang. Buning uchun quyidagi manzil bo’yicha Netscapening uy saxifasiga tashrif buyuring: http://home.netscape.com va qo’llanma (instruksiya)ga rioya qiling.
Netscape bozor lideri hisoblanadi, chunki uni keng miqyosda HTML va shu kabi muhim Web–texnologiyalar quvvatlab turadi. Netscape ochiq arxitekturaga ega.
Demak, Netscape Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan va internetga mo’ljallangan Java–tili bilan, Web tadqiqotchilarining maxsus asboblari bilan, Web–sahifalarda mantiqiy proseduralarni qo’llashga imkon beradigan Java Script–tillari bilan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |