Тармоқ қурилмалари (Маршрутизатор-роутер, концентратор-хаб)



Download 182,15 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2022
Hajmi182,15 Kb.
#395753
1   2   3   4
Bog'liq
M8-TARMOQ QURILMALARI

Tarmoq konsentratori – tarmoq qurilmasi bo`lib, u asosan bir necha Ethernet qurilmalarini bir segmentda birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qurilma koaksil kabel yoki optic tolali o`tkazgichlar bilan bog`lanadi. Hozirgi paytda ular ko`p darajada qo`llanilmaydi- ular o`rnida tarmoq kommutatorlari alohida segment ko`rinishida ishlatiladi. Bu kommutatorlar qo`pol ravishda “intellektual konsentratorlar” deb ham yuritiladi.

Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo`lgan bir necha  qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun konsentrator (concentrator), hab (hub), takrorlagich (repeator). Ular bir- biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy qo`llanilishiga qarab farqlanadi.

Konsentratorlar odatda bir necha portlardan iborat bo`lib, ular tarmoq uzellarininh alohida segment kabellariga ulangan bo`ladi. Konsentratorlar turli mahalliy tarmoq protokolallarini bir segmentda joylashtirishga harakat qiladi, misol uchun Ethernet, Token Ring. Bunga asosiy sabab turli mahalliy tarmoq protokollarining har xilligidadir, misol uchun Ethernet, Tokent Ring, FDDI va 1OOVG- AnyLAN tarmoqlari.

Konsentratorlar tarmoqning OSI modelidagi fizik muhitida ishlaydi, bitta portdan kelgan signalni barcha aktiv portlarga uzatadi. Agar bir vaqtda ikki yoki undan ortiq portlardan kirish bo`lsa, kolliziya hosil bo`lib ma`lumot kadrlari buziladi. Konsentratorlar doimo yarim dupleks rejimida ishlaydi.

Yuqorida aytib o`tilgan kolliziyani yo`qotish uchun  asosan ko`p sonli konsentratorlarni birlashtirish orqali bu muammoni hal etish mumkin.

Konsentratorlarning tavsifi:

·         Portlar miqdori – tarmoqqa bog`lanish uchun odatda 4, 5, 6, 8, 16 portli xablar (odatda oxirgi ikkitasi) ishlab chiqariladiva foydalaniladi va bir necha konsentratorlardan foydalanilganda kaskad usulidan foydalaniladi;

·         Ma`lumot almashinish tezligi – konsentratorlarning ma`lumot almashish tezligi odatda 10 va 100 Mb/s oralig`ida o`zgarib turadi. Tezlik avtomatik ravishda yoki qayta ulagich yordamida o`zgartirilib boriladi. Konsentratorlarning afzallik jihati u barcha portlarga axborotni bir xil tezlikda uzatadi;

·         Tarmoq o`tkazmalarining tipi- odatda maxsus o`tkazgich yoki optic tolali o`tkazgich, ba`zi konsentratorlarda aralashgan o`tkazmalardan foydalaniladi. Misol uchun maxsus o`tkazgichlar va koaksial kabellarni muvofiqlashtirgan holda;

4-портовый сетевой концентратор с портами RJ-45 для витой пары

HUB - tarmoqqa ulanishga qobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo`llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo`lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so`ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi.

Eng oddiy qurilma deyilganiga sabab esa, Switch va Routerlardan farqli o`laroq, Hub marshrutizatsiya, IP Address taqsimlash kabilarni amalga oshirolmaydi. Bu uning asosiy kamchiligi - tarmoqda "shovqin"ning oshib ketishiga sababdir. Yana misol - 8 portli Hubga ulangan 5 ta PC mavjud. Shulardan 1-PC 4-PCdan katta hajmli ma`lumot ko`chiryapti. Hub, ma`lumot jo`natilayotgan packetlarni bir yo`la hamma portlarga jo`natadi, o`zini 4-PC deb "tanishtirgan" qurilmagina qabul qilib oladi, qolgan qurilmalar, "men emas" degan signalni Hubga qaytaradi. Bu paytda boshqa PClar ma`lumot almashinuv jarayonida juda katta sekinlik his etishadi.

Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag’onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAС adresini o’zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.

Сетевой коммутатор на 52 порта (включая 4 оптических комбо-порта)

Marshrutizator  yoki  router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi.Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LANport hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATMva boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda bo’ladi: dinamikmarshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.

Маршрутизатор, использующийся на магистральных каналах

BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).


Download 182,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish