Ипнинг асосий хоссалари. Ипнинг номeри
Ilashish kuchlari vositasida o'zaro birikkan va pishitilgan to'qimachilik tolalaridan iborat uzluksiz uzun jism (ip) yigirilgan ip deb ataladi. Yigirilgan ipning uzunligi o'ralgan o'ramlar o'lchamlari bilan belgilanadi.
Yigirilgan ip to'g'rilangan va parallel joylashtirilgan tolalardan iborat pilta (pilik)ni pishitish natijasida hosil bo'ladi. Pishitilganda tolalar bir-biriga qisiladi va o'q chizig'iga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashib vintsimon chiziqlar hosil qiladi. Yigirilgan ipni hosil qiladigan tolalar qancha uzun, ipning ko’ndalang kesimida ular qancha ko’p bo'lsa va pishitilish hisobiga bir-biriga qancha zich qisilsa, tolalarni sug'urib olish shuncha qiyin, demak, yigirilgan ipning pishiqligi, ya'ni uzilishiga qarshilik ko'rsatish shuncha yuqori bo'ladi.
Xomashyo tarkibiga, fizik-mexanik xossalariga, tayyorlanish usuliga va vazifasiga ko'ra, yigirilgan ipning ko'p xillari mavjud. Tolalarning xiliga ko'ra yigirilgan ip paxtadan, jundan, ipakdan, kimyoviy tolalar va har xil tolalar aralashmasidan, masalan, paxta-lavsandan, nitron-jun va boshqa xillarga bo’linadi.
Chiziqli zichligiga ko'ra yigirilgan ip uch turga: zichligi kichik (11 teks va undan kichik), o'rtacha (11-30 teks) va zichligi katta (30 teks va undan katta) iplarga ajratiladi.
Tayyorlanish usuliga ko'ra yigirilgan ip karda, qayta tarash va apparat tizimlarida tayyorlangan iplarga bo'linadi. Karda (oddiy) tizimda tayyorlangan ip eng ko'p hajmda ishlab chiqarilib, u ommabop kiyimliklar va uy-ro’zg’orda ishlatiladigan buyumlar uchun gazlamalarda qo'llaniladi. Qayta tarash tizimida ishlab chiqarilgan iplar eng yuqori sifatli, pishiq, silliq, bir tekis, chiziqli zichligi kichik bo'ladi. Apparat tizimida tayyorlangan ip g'ovak, mayin bo'ladi. Lekin uncha pishiq va bir tekis bo’lmaydi.
Bundan tashqari, yigirilgan iplar (oddiy) pishitilgan va shakldor bo’lishi mumkin. Pishitilgan yigirilgan ip ikkita yoki bir nechta ipni bir-biriga qo'shib, buram hosil qilinadi. Agar pishitish jarayonida iplardan biri kamroq cho'zilsa yoki ko'proq berilsa, u teranroq o'rab halqalar, spirallar, buramalar hosil qiladi. Shunday yigirilgan ip shakldor deb ataladi.
Yigirilgan iplarga ikki xil: texnologik va ekspluatatsion talablar qo'yiladi. Texnologik talablar ipning gazlama va boshqa buyumlar to'qishdagi texnologik jarayonlarda yaxshi qayta ishlanish xususiyatini, ekspluatatsion talablar esa kiyish (ishlatish) paytida buyum (gazlama)ning ma'lum xossalariga ega bo'lishiga aytiladi. Yigirilgan iplar quyidagi asosiy xossalari bilan ta'riflanadi:
Yigirilgan ipning chiziqli zichligi deb grammda o'Ichanadigan massaning metrda o'lchanadigan uzunligiga nisbatiga aytiladi va ko'rsatkich teksda o'lchanadi.
teks
bu ko'rsatkichni ayrim hollarda ipning yo'g'onligi deb ham yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda iplarning ingichkaligini teksga teskari nomer bilan ham belgilanadi.
yoki
ya'ni nomer 1 gr ning necha metrligini ko'rsatadi.
Yigirilgan iplarning shakllanishida uning 1 metr uzunligiga to’g'ri kelgan buramlar (eshimlar) soniga, ipning pishitilganligi deb ataladi. Chiziqli zichligi har xil bo’lgan yigirilgan ipning bir xil uzunlik birligiga to’g'ri keladigan buramlar soni har xil bo'lishi kerak. Pishitish koeffitsienti a bilan baholanadi. Chiziqli zichligi har xil yigirilgan ipning pishitilish darajasini shu koeffitsienti bilan taqqoslash mumkin:
yoki
bundan
yoki
- yigirilgan ipining 1 metr uzunligiga to'g'ri keladigan buramlar soni.
Yigirilgan ip pishiqligining tolalar xossalariga bog'liqligini A.N.Solovyov quyidagicha izohlagan:
- yigirilgan ipning nisbiy uzulish yuklamasi;
Lm - tolaning shtapel uzunligi;
H - ipning solishtirma notekisligi H=5-5,51 karda yigirish tizimi uchun, 3,5-4,5 taroqli yigirish tizimi uchun;
K - pishitilishiga bog'liq bo’lgan koeffisient (0,95-1,0)
– yigiruv mashinalarining texnik holati yaxshi = 1,1; normal =1
Do'stlaringiz bilan baham: |